Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi DIREKTORIning
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman
: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining 2019-yil 26-avgustdagi 324-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3187, 2019-yil 3-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3187/3846-son) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari — davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa va tashkilotlar.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.