1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
8.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
9.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
10.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
11.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
12.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
17.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
18.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
19.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
20.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat;
21.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.;
22.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish;
23.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari;
24.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
25.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
26.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
27.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
28.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
29.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
30.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
31.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;
32.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar;
33.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar;
34.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar;
35.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
4.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
5.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
7.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik;
10.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari;
11.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama;
12.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
13.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
14.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
15.Iqtisodiyot / Aloqa;
16.Iqtisodiyot / Energetika;
17.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
18.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar);
19.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar;
20.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
21.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura;
22.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura;
23.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat;
24.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
25.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 148-modda) 19-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
1) 5-moddasidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻrtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi”.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) 4-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) Oʻzbekiston Respublikasi pochta Aloqasi milliy operatorlarining pochta vagonlari va pochta qutilarida”.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda):
1) 4-moddasining sakkizinchi xatboshisidagi “soliq sohasidagi jinoyatlar” degan soʻzlar “soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi”;
nomi va birinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Departament boshligʻining oʻrinbosari” degan soʻzlar “Departament boshligʻining oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
VI. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi, 59-moddasidagi, 81-moddasining uchinchi qismidagi, 95-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 101-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“Oʻzdavstandart”)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “(Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi)” degan soʻzlar “(Davarxitektqurilish” qoʻmitasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”, “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddasining uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi qismlaridagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-moddasi:
birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”, “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzdavstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish xamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar”;
5) 9-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari”.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
“oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — oʻlchovlarni bajarish uslubiyotining unga qoʻyilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazish;
“oʻlchovlarning bajarilish uslubiyoti” — operatsiyalar va qoidalar majmui boʻlib, ularning bajarilishi xatolari maʼlum boʻlgan oʻlchov natijalari olishni taʼminlaydi”;
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“Oʻzdavstandart”)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlash qoidalarini belgilash”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro oʻlchov tizimi va boshqa mamlakatlarning oʻlchovlar tizimlari bilan uygʻunlashuvini taʼminlash;
isteʼmolchilar huquqlarini, fuqarolarning sogʻligʻi va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini notoʻgʻri oʻlchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish”;
3) Qonun quyidagi mazmundagi 41-modda bilan toʻldirilsin:
“41-modda. Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid normativ hujjatlar
Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni “Oʻzstandart” agentligi amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid boʻlmagan normativ hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin”;
“yuridik va jismoniy shaxslarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shugʻullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash”;
oʻlchov vositalarini tayyorlash, taʼmirlash, ularning ijarasi bilan shugʻullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qoʻllanilishi (fizik oʻlchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, oʻlchov tizimlarini qoʻshgan holda);
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 171-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“18-modda. Oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʻullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish
Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doirada qoʻllanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʻullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
8) Qonun quyidagi mazmundagi 181-modda bilan toʻldirilsin:
“181-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doirada qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash, taʼmirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“21-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq toʻlash
Oʻlchov vositalarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, oʻlchovlarning bajarilish sifatini baholash boʻyicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq toʻlanadi”.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7–8, 217-modda):
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan keyin “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”ning” va “Oʻzdavstandart” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar oʻtkazish faoliyatini amalga oshiradilar.
Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi”;
5) 9-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 14-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Oʻzdavstandart”, “Oʻzdavstandart”ni” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 16, 161, 18 va 19-moddalaridagi, 21-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlaridagi “Oʻzdavstandart”ning”, “Oʻzdavstandart” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda):
1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) davlat bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari — tegishincha bojxona, soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha”;
2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 27-moddasining birinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlar” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) Kodeks quyidagi mazmundagi 2001-modda bilan toʻldirilsin:
“2001-modda. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish
Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “171-moddasining birinchi qismi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin; qism “200” raqamidan soʻng “2001” raqami bilan toʻldirilsin;
“Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining Davlat Aloqa inspeksiyasi boshligʻi, shuningdek Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat Aloqa inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir”;
nomi va matnidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “168, 171-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir”;
7) 287-moddasining 8-bandidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 289-moddasining uchinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 290-moddasining uchinchi qismi “soliq” degan soʻzdan keyin “va valyutaga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 291-moddasi birinchi qismining “d” bandidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda) 16-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzdavstandart”da” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 57-moddasining:
uchinchi qismidagi “kreditorlar bilan birgalikda oʻzining bankrotligini eʼlon qilish hamda ixtiyoriy suratda oʻzini tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin” degan soʻzlar “bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “yoki yuridik shaxsning oʻz bankrotligini eʼlon qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(XIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son)
(XV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi OʻRQ-604-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda):
1) 23-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (bundan buyon matnda “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 26-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 27-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda):
1) 14-moddasining birinchi qismidagi “davlat notarial idoralari uchun belgilangan shtatlar soni va ish haqi fondi doirasida mansab okladlari chizmasiga rioya qilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 15-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi, uning ayrim harakatlarini belgilangan tartibda noqonuniy deb topish hollari bundan mustasno”;
“Davlat notarial idoralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlanadi”;
ikkinchi qismi “boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan” degan soʻzlardan keyin “va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ajratmalar oʻtkazib boʻlinganidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“44-modda. Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Uy-joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bogʻ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshoot yoki imoratni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar shu mol-mulk joylashgan hududda tasdiqlanadi”.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
(XIX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 118-modda):
1) 6-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Oʻzdavstandart” degan soʻz “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(XXI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 6-moddasining birinchi qismi:
“12) davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga meros huquqi boʻyicha oʻtgan xazinalarning va mol-mulkning hisobini yuritishlari, ularni baholashlari va ularning oʻtkazilishini nazorat etishlari”;
“121) davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazorat olib borishlari, shuningdek davlat organlariga begʻaraz oʻtkazilgan mol-mulk hisobini olib borishlari”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi va 6-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(XXIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
(XXV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda) 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi va 19-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
XXVII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 16-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq oʻzgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun bir muncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi oʻzgarishlar deb hisoblanmaydi”;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
XXVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 72-modda) 26-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
XXIX. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-moddasi):
1) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash”;
2) 9-moddasi birinchi qismining 5-bandidagi “raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash hamda ularni” degan soʻzlar “raisini tayinlash hamda uni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
XXX. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-moddasi) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-aprel,
482-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son; 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)