1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning masʼuliyatini yanada oshirish, hududlarda ishbilarmonlik muhitiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligining 2020-yil 1-martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish boʻyicha maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnoma shakllarini hamda oʻtkazish muddatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 1-martga qadar hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin;
baholash natijalari boʻyicha tegishli hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar berib borsin;
Nizomga asosan baholash yakunlari boʻyicha tegishli hududdagi 2-ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlarini, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini namunali koʻrsatkichga ega boʻlganda — ragʻbatlantirish hamda qoniqarsiz koʻrsatkichga ega boʻlganda — intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan har yarim yillik yakunlari boʻyicha 15-avgustga qadar, yil yakunlari boʻyicha 15-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
a) tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish — mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan;
hududlardagi tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga taʼsir etuvchi 2-ilovada nazarda tutilgan tashkilotlar rahbarlari va boshqaruv xodimlarini ragʻbatlantirish — ularning budjetdan tashqari va oʻz mablagʻlari hisobidan;
hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini hisoblash va baholash boʻyicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga teng miqdorlarda amalga oshiriladi;
b) hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash natijalari boʻyicha yarim yillik va yillik maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, shuningdek, Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilib boriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash xizmati koʻrsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan shartnoma tuzish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan birgalikda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash maqsadida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida soʻrovlar, shu jumladan elektron soʻrovlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash koʻrsatkichlarini takomillashtirib borish, zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda Samarqand va Buxoro viloyatlarida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingi uslubiyoti asosida tegishli xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda baholash oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-yanvar,
8-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash (keyingi oʻrinlarda baholash deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Baholash mazkur Nizom asosida yarim yillik va yil yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tashkilotlar — hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga taʼsir etuvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar (ularning hududiy boʻlinmalari);
indikator — tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini aniqlashda baholanishi lozim boʻlgan asosiy koʻrsatkich;
rasmiy statistik maʼlumotlar — baholashga maʼlumotlarni taqdim etish uchun masʼul boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan va ushbu tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan statistik va tahliliy maʼlumotlar;
oʻtkazilgan soʻrovlar boʻyicha maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan birgalikda tasdiqlangan shakldagi soʻrovnomalar asosida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan anonim yoki ochiq soʻrovlar natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar;
“BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “BUSINESS INDICATOR” AAT deb ataladi) — hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminot.
4. Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda amalga oshiriladi
5. Baholash natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar (keyingi oʻrinlarda tegishli hudud deb ataladi) reytingi tuziladi, reytingda yuqori koʻrsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi.
6. Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda baholashga masʼul organlar deb ataladi) tomonidan mazkur Nizom asosida yarim yillik va yil yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklaridagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalar shaklida qoplanilganligi indikatorlarini aniqlashga masʼul hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi daxlsizligining taʼminlanganlik koʻrsatkichi;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda, jumladan litsenziya va ruxsatnomalar berishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi holati;
tadbirkorlik subyektlarining banklardagi hisobvaraqlariga band solinganligi holati;
tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etilganlik holati;
hududdagi tadbirkorlik subyektlarining tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga boʻlgan ishonchi indikatorlarini hisoblashga masʼul hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi indikatorlarni baholashda tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur maʼlumotlarni bepul oladi.
3-bob. Tadbirkorlikning rivojlanganlik indikatorlarini hisoblash va baholash
9. Tadbirkorlikning rivojlanganlik indikatorlarini hisoblash ushbu Nizomda 2-ilovada keltirilgan Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodikaga muvofiq “BUSINESS INDICATOR” AAT orqali amalga oshiriladi.
10. Indikatorlarni hisoblashda rasmiy statistik va oʻtkazilgan soʻrovlar boʻyicha maʼlumotlardan foydalaniladi.
11. Rasmiy statistik maʼlumotlar ushbu Nizomning ilovasidagi Metodikada nazarda tutilgan masʼul tashkilotlar tomonidan I yarim yillik uchun 1-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 1-martga qadar “BUSINESS INDICATOR” AATga kiritilishi shart.
13. Baholashga masʼul tashkilotlar taqdim etilgan maʼlumotlar va oʻtkazilgan soʻrovlarning natijalari asosida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash yakunlarini umumlashtiradi, hisobot yakuni boʻyicha yarim yillik maʼlumotlarni joriy yil 15-avgust va yil yakunlariga oid maʼlumotlarni keyingi yil 15-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari Kengashlariga taqdim qiladi, doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
14. Reyting bahosining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida tanqidiy muhokama qilinadi.
15. Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi aniqlangan indikatorlarning miqdoriga qarab 1 balldan 10 ballgacha reytingda baholanib, “namunali”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” deb topiladi.
16. Hududlarda indikatorlarni baholash natijalariga muvofiq tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi reyting bali boʻyicha:
9 balldan 10 ballgacha boʻlgan hudud — “namunali”;
7 balldan 9 ballgacha boʻlgan hudud — “yaxshi”;
5 balldan 7 ballgacha boʻlgan hudud — “qoniqarli”;
5 ballgacha boʻlgan hudud — “qoniqarsiz” deb topiladi.
4-bob. Baholash natijalari boʻyicha tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish
17. Baholash natijalari boʻyicha tegishli hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari deb ataladi), tashkilotlar boshqaruv xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek “qoniqarsiz” deb topilganda intizomiy chora koʻrish har yarim yillikda 25-avgustga qadar hamda yil uchun kelgusi yilning 25-martiga qadar baholashga masʼul organlar takliflariga asosan amalga oshiriladi.
18. Ragʻbatlantirish tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilgan hududdagi:
tashkilotlar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va hokimlarning birinchi oʻrinbosarlariga — lavozim maoshlarining 25 foizi miqdorida;
tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga — lavozim maoshlarining 50 foizi miqdorida pul mablagʻlari berish orqali amalga oshiriladi.
19. Intizomiy chora koʻrish tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “qoniqarsiz” deb topilgan hududdagi tashkilotlar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va hokimlarning birinchi oʻrinbosarlariga — lavozim maoshlarining 25 foizi miqdorida jarima qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
20. Ragʻbatlantirish va intizomiy chora koʻrish masalasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga — Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrsatma beriladi;
tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkilotlari rahbarlari va boshqaruv xodimlariga — ularning respublika boshqaruvi idoralari tomonidan, tuman (shahar) tashkilotlari rahbarlari va boshqaruv xodimlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqaruvi idoralari tomonidan qarorlar qabul qilinadi.
21. Baholash yakunlari boʻyicha tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilgan hududlarning ijobiy ish tajribasi boshqa hududlar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi
Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnoma shaklini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Qaror qabul qilingandan kundan boshlab
1 oy ichida
2-bosqich
Hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasining koʻrsatkichlarini hisoblash hamda baholash imkonini beruvchi “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (ATT)ni ishlab chiqish va ishga tushirish.
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
2020-yil
1-martgacha
3-bosqich
Rasmiy statistik maʼlumotlarni “BUSINESS INDICATOR” AATga kiritish.
Nizomning ilovasidagi Metodikada nazarda tutilgan masʼul tashkilotlar
I yarim yillik uchun 1-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 1-martga qadar
4-bosqich
Oʻtkazilgan soʻrov natijalarini umumlashtirishva maʼlumotlarni “BUSINESS INDICATOR” AATga kiritish.
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Markaziy bank
I yarim yillik uchun 1-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 1-martga qadar
5-bosqich
“BUSINESS INDICATOR” AAT orqali hududlarning reyting koʻrsatkichini hisoblash hamda hududlar kesimida natijani aniqlash.
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
I yarim yillik uchun 10-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 10-martga qadar
6-bosqich
Statistik maʼlumotlar va oʻtkazilgan soʻrovlar natijalari asosida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash yakunlarini umumlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari Kengashlariga taqdim qilish, oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borish.
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
I yarim yillik uchun 15-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 15-martga qadar
7-bosqich
Vazirlar Mahkamasi majlisi hamda Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijalarini muhokama qilish.
Vazirlar Mahkamasi,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari
I yarim yillik uchun 20-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 20-martga qadar
8-bosqich
Baholash natijalari boʻyicha tegishli hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tashkilotlar boshqaruv xodimlarini moddiyragʻbatlantirish, shuningdek,“qoniqarsiz” deb topilganda intizomiy chora koʻrish.
Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari,
mazkur qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan tashkilotlarning respublika boshqaruvi idoralari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqaruvi idoralari
I yarim yillik uchun 25-avgustga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 25-martga qadar
9-bosqich
Baholash yakunlariga koʻra tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi “namunali” deb topilgan hududlarning ijobiy ish tajribasini boshqa hududlar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish.
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
I yarim yillik uchun 1-sentabrga qadar, yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 1-aprelga qadar
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha
METODIKA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu metodika Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash tartibini belgilaydi.
2. Hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash ushbu Metodika va uning 1 va 2-ilovalariga muvofiq hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tizimlari asosida tashkil etiladi.
3. Mazkur Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
indikatorni hisoblash metodikasi — indikatorning miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan usul;
indikatorni baholash metodikasi — miqdori aniqlangan indikatorga mutanosib boʻlgan bahoni berish usuli;
ijobiy indikatorlar — indikator darajasining ortib borishiga mos ravishda yuqori baholanadigan indikatorlar;
salbiy indikatorlar — indikator darajasining ortib borishiga mos ravishda past baholanadigan indikatorlar;
kredit portfeli — muayyan vaqtga bankda mavjud boʻlgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz qismining qoldigʻi;
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir (ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar, fermer va dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno).
2-bob. Rasmiy statistik maʼlumotlar asosida indikatorlarni hisoblash tartibi
1-§. Boʻsh turgan bino-inshootlar va uchastkalarni tadbirkorlik faoliyati uchun berish koʻrsatkichini hisoblash
4. Yarim yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududidagi (keyingi oʻrinlarda tegishli hudud deb ataladi) boʻsh turgan, foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalardan (davlat aktivlaridan) samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha aniqlangan natijalar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I1 = (Idm + Iyeu) / 2
bunda:
I1 — davlat aktivlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha indikator miqdori (foizda);
Idm — davlat koʻchmas mulkidan samarali foydalanish boʻyicha subindikator miqdori (foizda);
Iyeu — boʻsh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha subindikator miqdori (foizda).
Davlat koʻchmas mulkidan samarali foydalanish boʻyicha subindikator miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Idm = (Sdm / Bdm) × 100
bunda:
Sdm — samarali foydalanish tashkil etilgan davlat koʻchmas mulki obyektlari soni;
Bdm — tegishli hududda mavjud boʻlgan davlat koʻchmas mulki obyektlari soni (davlat foydalanuvidan boʻlganlardan tashqari).
Boʻsh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha subindikator miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Iyeu = (Syeu / Byeu) × 100
bunda:
Syeu — samarali foydalanish tashkil etilgan yer uchastkalari maydoni (gektarda).
Byeu — tegishli hududda mavjud boʻlgan davlat yer uchastkalari maydoni (davlat foydalanuvida boʻlganlardan tashqari, gektarda).
5. Boʻsh turgan, foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish ushbu yer uchastka va obyektlarni ijaraga berish, faoliyatini tiklash, sotish, davlat-xususiy sheriklik asosida berish, kichik sanoat (erkin iqtisodiy) zona tashkil etish, foydalanishga yaroqsiz obyektni buzish orqali boʻshagan yer maydonini tadbirkorlik subyektlariga berish va obyektni turar joy sifatida foydalanishga berish orqali amalga oshiriladi.
6. Tegishli hududda boʻsh davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari mavjud boʻlmagan taqdirda indikator miqdori 100 foizga teng deb hisoblanadi.
2-§. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridan samarali foydalanish koʻrsatkichini hisoblash
7. Tegishli hududda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar sonining ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I2.1 = (Lek / Thf) × 1000
bunda:
I2.1 — indikator miqdori (sonda);
Lek — tegishli hududdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
8. Tegishli hududda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar summasining ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I2.2 = (Sek / Thf) × 1000
bunda:
I2.2 — indikator miqdori (soʻmda);
Sek — tegishli hududdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar summasi;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
3-§. Tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi daxlsizligi taʼminlanganligi koʻrsatkichini hisoblash
9. Yarim yil davomida tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlaridan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari Kengashlari qarorlari sonining* ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I3 = (Qb / Thf) × 1000
bunda:
I3 — indikator miqdori (sonda);
Qb — tegishli hududdagi tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari Kengashlarining tadbirkorlik subyektlaridan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
* Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan har yarim yillikda qarorlarni xatlovdan oʻtkazish orqali aniqlanadi.
10. Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etmagan holda koʻrsatilgan davlat xizmatlarining ushbu hududda ularga koʻrsatilgan jami davlat xizmatlaridagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I4 = (Dqb / Djk) × 100
bunda:
I4 — indikator miqdori (foizda);
Dqb — tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartib buzilgan holda koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni;
Djk — tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilgan jami davlat xizmatlari soni.
5-§. Tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi darajasi koʻrsatkichini hisoblash
11. Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga amalda ajratilgan kredit miqdorining ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha kredit miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I5.1 = (Kha / Thf) × 1000
bunda:
I5.1 — indikator miqdori (soʻmda);
Kha — tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga amalda ajratilgan kredit miqdori (soʻmda), agar kreditlar xorijiy valyutada ajratilgan boʻlsa, ularning soʻmdagi ekvivalenti indikator hisoblanayotgan vaqtdagi Markaziy bank kursi boʻyicha aniqlanadi;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
6-§. Tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi koʻrsatkichini hisoblash
12. Hisobot yili yakuni boʻyicha tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqargan mahsulotlari hajmining ushbu hududdagi har bir faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan hajmini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I6 = Mt / Thf
bunda:
I6 — indikator miqdori (soʻmda);
Mt — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari umumiy hajmi (soʻmda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
7-§. Tadbirkorlik subyektlarining Davlat budjetiga kelib tushgan tushumlardagi ulushi koʻrsatkichini hisoblash
13. Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlaridan Davlat budjetiga (Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar) kelib tushgan tushumlarning ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I7 = (Tt / Thf) × 1000
bunda:
I7 — indikator miqdori (soʻmda);
TT — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat budjetiga toʻlangan umumiy toʻlovlar (soliq va boshqa majburiy toʻlovlar) miqdori (soʻmda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
8-§. Tadbirkorlar subyektlaridan kelib tushgan murojaatlar koʻrsatkichini hisoblash
14. Yarim yil davomida tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlari sonining ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I8 = (Mj / Thf) × 1000
bunda:
I8 — indikator miqdori (sonda);
Mj — yarim yil davomida tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hududdagi tashkilotlari, shuningdek mahalliy ijro hokimiyati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlari soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
9-§. Majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq nizolar koʻrsatkichini hisoblash
15. Yarim yil davomida tegishli hududdagi iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida koʻrib chiqilgan nizolar (fuqarolik va ommaviy huquqiy munosabatlarga oid) sonining ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I9.1 = (Nj / Thf) × 1000
bunda:
I9.1 — indikator miqdori (sonda);
Nj — yarim yil davomida tegishli hududdagi iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida koʻrib chiqilgan nizolar (fuqarolik va ommaviy huquqiy munosabatlarga oid) soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
16. Yarim yil davomida tegishli hududdagi iqtisodiy sudlarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan chiqarilgan sud buyruqlari sonining ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I9.2 = (Bj / Thf) × 1000
bunda:
I9.2 — indikator miqdori (sonda);
Bj — yarim yil davomida tegishli hududdagi iqtisodiy sudlarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan chiqarilgan sud buyruqlari soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
10-§. Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy madaniyati darajasi koʻrsatkichini hisoblash
17. Yarim yil davomida tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlarining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzdorligining (bundan majburiy ijro jarayonidagilar mustasno) ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Qh — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlarining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzdorligining (bundan majburiy ijro jarayonidagilar mustasno) miqdori (soʻmda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
18. Yarim yil davomida tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar foydasiga undirilishi lozim boʻlgan, lekin undirilmagan majburiy ijro jarayonida boʻlgan qarzdorlikning ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I10.2 = (Uh / Thf) × 1000
bunda:
I10.2 — indikator miqdori (sonda);
Uh — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar foydasiga undiriladigan majburiy ijro jarayonida boʻlgan qarzdorlik miqdori (soʻmda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
19. Yarim yil davomida tadbirkorlik subyektlarining 90 kundan ortiq muddati oʻtgan kredit qarzdorlik summalarining tegishli hududdagi banklar (tijorat va xususiy) kredit portfelidagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I10.3 = (Kmoʻ / Kp) × 100
bunda:
I10.3 — indikator miqdori (foizda);
Kmoʻ — tadbirkorlik subyektlarining tegishli hududdagi banklarda (tijorat va xususiy) mavjud boʻlgan 90 kundan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik summalari (soʻmda), agar kreditlar xorijiy valyutada ajratilgan boʻlsa, ularning soʻmdagi ekvivalenti indikator hisoblanayotgan vaqtdagi Markaziy bank kursi boʻyicha aniqlanadi;
Kp — tegishli hududdagi banklarning (tijorat va xususiy) kredit portfeli hajmi (soʻmda).
11-§. Yangi tashkil etilgan, faoliyat yuritmayotgan va tugatilgan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning yashovchanligi koʻrsatkichini hisoblash
20. Tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ushbu hududdagi har 1 000 nafar aholiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I11.1 = (Thf / Ah) × 1000
bunda:
I11.1 — indikator miqdori (sonda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni;
Ah — tegishli hududdagi jami aholi soni.
21. Tegishli hududda yarim yil davomida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I11.2 = (Tya / Tfyu) × 100
bunda:
I11.2 — indikator miqdori (foizda);
Tya — tegishli hududda yarim yil davomida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni;
Tfyu — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
22. Tegishli hududda yarim yil davomida faoliyat yuritishni toʻxtatib turgan va (yoki) “nol” soliq hamda boshqa hisobotlarni topshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining ushbu hududda roʻyxatga olingan jami tadbirkorlik subyektlaridagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I11.3 = (Tft / Tjr) × 100
bunda:
I11.3 — indikator miqdori (foizda);
Tft — tegishli hududda yarim yil davomida faoliyat yuritishni toʻxtatib turgan va (yoki) “nol” soliq va boshqa hisobotlarni topshirayotgan tadbirkorlik subyektlari soni;
Tjr — tegishli hududda roʻyxatga olingan jami tadbirkorlik subyektlari soni.
23. Tegishli hududda uch yil davomida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ushbu hududda har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I11.4 = (Tuf / Thf) × 1000
bunda:
I11.4 — indikator miqdori (sonda);
Tuf — tegishli hududda uch yil davomida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
12-§. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan aholini ish bilan taʼminlanganligi koʻrsatkichini hisoblash
24. Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasman ish bilan taʼminlangan aholining ushbu hududda band boʻlgan har 1 000 nafar aholiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I12 = (Bt / Bha) × 1000
bunda:
I12 — indikator miqdori (sonda);
Bt — tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasman ish bilan taʼminlangan aholi soni;
Bha — tegishli hududda band boʻlgan aholi soni.
13-§. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish koʻrsatkichini hisoblash
25. Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish hamda taftishlarning ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I13 = (Tj / Thf) × 1000
bunda:
I13 — indikator miqdori (sonda);
Tj — yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish hamda taftishlar soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
14-§. Tadbirkorlik subyektlarining banklardagi hisobvaraqlariga band solinganligi koʻrsatkichini hisoblash
26. Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlarining banklardagi band solingan (inkasso, davlat ijrochilari qarori, ijro hujjati asosida) hisobvaraqlari sonining ushbu hududda asosiy hisobvaraqlari mavjud boʻlgan har 1 000 nafar tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I14 = (Hb / Hj) × 1000
bunda:
I14 — indikator miqdori (sonda);
Hb — tegishli hududda tadbirkorlik subyektlarining banklardagi band solingan (inkasso, davlat ijrochilari qarori, ijro hujjati asosida) hisobvaraqlari soni;
Hj — tegishli hududda asosiy hisobvaraqlari mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlari soni.
15-§. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun joylashtirilgan asosiy kapital qoʻyilmalari koʻrsatkichini hisoblash
27. Tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ustav kapitalida shakllangan mablagʻlarning ushbu hududdagi har 1 000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I15.1 = (Kj / Thf) × 1000
bunda:
I15.1 — indikator miqdori (soʻmda);
Kj — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shasxlar ustav kapitalida shakllangan mablagʻlar yigʻindisi (soʻmda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
28. Yarim yil davomida tegishli hududdagi jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar summasining ushbu hududdagi har 1 000 nafar aholi soniga toʻgʻri keladigan miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I15.2 = (Ih / Ah) × 1000
bunda:
I15.2 — indikator miqdori (soʻmda);
Ih — tegishli hududda jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar summasi (soʻmda);
Ah — tegishli hududdagi jami aholi soni.
16-§. Tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv-seminarlar tashkillashtirilganligi koʻrsatkichini hisoblash
29. Yarim yil davomida tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank va boshqa sohalar boʻyicha oʻquv-seminarlar umumiy sonining har 1 000 nafar tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I16 = (Sh / Thf) × 1000
bunda:
I16 — indikator miqdori (sonda);
Sh — yarim yil davomida tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank va boshqa sohalar boʻyicha oʻquv-seminarlar umumiy soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
17-§. Tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklardagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalar shaklida qoplanilganligi koʻrsatkichini hisoblash
30. Yarim yil davomida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklardagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari qoplanilgan summaning ushbu hududda faoliyat yuritayotgan har 1 000 nafar tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kkh — yarim yil davomida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklardagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari qoplanilgan summa (soʻmda);
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
3-bob. Oʻtkazilgan soʻrovlar boʻyicha maʼlumotlar asosida indikatorlarni hisoblash tartibi
1-§. Tadbirkorlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining doimiy taʼminlanganligi koʻrsatkichini hisoblash
31. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlariga muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari amalda yetkazib berilganligi indikatori 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I18 = ((Eu + Gu + Su) / Tsq) / 3
bunda:
I18 — indikator miqdori (sonda);
Eu — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasiga berilgan ballar yigʻindisi;
Gu — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetkazib berilgan tabiiy gazga berilgan ballar yigʻindisi;
Su — tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetkazib berilgan ichimlik suviga berilgan ballar yigʻindisi;
Tsq — tegishli hududda soʻrovnomada ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni.
2-§. Tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari koʻrsatilishi sifati koʻrsatkichini hisoblash
32. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifati indikatori 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I5.2 = Bu / Tsq
bunda:
I5.2 — indikator miqdori (sonda);
Bu — tadbirkorlik subyektlari tomonidan bank xizmatlari sifatiga berilgan ballar yigʻindisi;
Tsq — tegishli hududda soʻrovnomada ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni.
3-§. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etilganligi darajasi koʻrsatkichini hisoblash
33. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy homiylik va boshqa tadbirlarga jalb etish 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I19 = Hu / Tsq
bunda:
I19 — indikator miqdori (sonda);
Hu — hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy homiylik va boshqa tadbirlarga jalb etish darajasiga berilgan ballar yigʻindisi;
Tsq — tegishli hududda soʻrovnomada ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni.
4-§. Tadbirkorlik subyektlarining davlat tashkilotlarga boʻlgan ishonchi koʻrsatkichini hisoblash
34. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlarining tashkilotlar va mahalliy ijro hokimiyati organlariga boʻlgan ishonchi indikatori 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I20 = Iu / Tsq
bunda:
I20 — indikator miqdori (sonda);
Iu — tadbirkorlik subyektlari tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan ishonchning darajasiga berilgan ballar yigʻindisi;
Tsq — tegishli hududda soʻrovnomada ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni.
36. Ijobiy indikatorlar ega boʻlgan I1, I2.1, I2.2, I5.1, I6, I7, I11.1, I11.2, I11.4, I12, I15.1, I15.2, I16, I17, I18, I5.2 va I20 indikatorlariga quyidagi formula asosida ball beriladi:
37. Salbiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan I3, I4, I8, I9.1, I9.2, I10.1, I10.2, I10.3, I11.3, I13, I14 va I19 indikatorlariga quyidagi formula asosida ball beriladi:
Bsi = 10-[((Ih - Imin) / (Imak - Imin)) × (10-1)]
bunda:
Bsi — salbiy indikatorlarga beriladigan ball;
Ih — baholanayotgan tegishli hududning indikator miqdori;
Imin — baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng past koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori;
Imaks — baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori.
38. Quyidagi indikatorlarga oshirilgan koeffitsiyent asosida ball beriladi:
I6 — 1,5 koeffitsiyent;
I7 — 1,45 koeffitsiyent;
I12 — 1,4 koeffitsiyent;
I11.4 — 1,35 koeffitsiyent;
I15.1 — 1,3 koeffitsiyent;
I20 — 1,25 koeffitsiyent;
I1 — 1,2 koeffitsiyent;
I3 — 1,15 koeffitsiyent.
Indikatorlarga oshirilgan koeffitsiyent quyidagi tartibda hisoblanadi va ushbu Metodikaning 39-bandida nazarda tutilgan oʻrtacha ballni hisoblashda inobatga olinadi:
Boi = Bii/si × Km
bunda:
Boi — indikatorning oshirilgan koeffitsiyent boʻyicha hisoblangan bali;
Bii/si — ijobiy yoki salbiy indikator uchun berilgan ball;
Km — indikatorlar uchun tegishli boʻlgan koeffitsiyent miqdori.
39. Tegishli hududning oʻrtacha balini hisoblash quyidagi ketma-ketlikdagi formulalar asosida aniqlanadi:
Biioʻ = (Bii1 + Bii2 + ... +Bii17) / 17
Bsioʻ = (Bsi1 + Bsi2 + ... +Bsi12) / 12
Buoʻ = (Biioʻ + Bsioʻ) / 2
bunda:
Biioʻ — ijobiy indikatorning oʻrtacha bali;
Bii1 ... Bii17 — ushbu Metodikaning 36-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan ijobiy indikatorlarning bali;
Bsioʻ — salbiy indikatorning oʻrtacha bali;
Bsi1 ... Bsi12 — ushbu Metodikaning 37-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan salbiy indikatorlarning bali;
40. Tegishli hududlarning reyting bali bir xil boʻlgan taqdirda, I6, I7, I12, I11.4, I15.1, I20, I1 va I3 indikatorlar boʻyicha olingan oʻrtacha ball miqdoridan kelib chiqib, ushbu ketma-ketlik asosida yaxshiroq boʻlgan hududlarga yuqoriroq oʻrin belgilanadi.
Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodikaga 1-ILOVA
Rasmiy statistik koʻrsatkichlarga asosan hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash
TIZIMI
T/r
Indikator (koʻrsatkich)ning nomi
Oʻlchov birligi
Indikator (koʻrsatkich)ni hisoblash metodikasi
Indikatorni baholash
Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
1.
Boʻsh turgan bino-inshootlar va uchastkalarni tadbirkorlik faoliyati uchun berish koʻrsatkichi
foiz
Yarim yil davomida tegishli hududdagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalardan (davlat aktivlaridan) samarali foydalanish koʻrsatkichlari oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
2.
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridan samarali foydalanish koʻrsatkichi
son
Tegishli hududda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar sonining ushbu hududdagi har 1000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (kichik sanoat zonalari boʻyicha),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha)
soʻm
Tegishli hududda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar summasining ushbu hududdagi faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (kichik sanoat zonalari boʻyicha),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha)
3.
Tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi daxlsizligi taʼminlanganligi koʻrsatkichi
son
Tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlaridan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari sonining ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda, jumladan litsenziya va ruxsatnomalar berishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi
foiz
Tegishli hududda belgilangan tartib buzilgan holda tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilgan xizmatlarning jami koʻrsatilgan davlat xizmatlaridagi ulushi
1 balldan
10 ballgacha
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
5.
Tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi holati
soʻm
Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit miqdorining ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan kredit miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Markaziy bank,
Davlat statistika qoʻmitasi
6.
Tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi
soʻm
Tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqargan mahsulotlari hajmining ushbu hududdagi har bir faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan hajmi
1 balldan
10 ballgacha
Davlat statistika qoʻmitasi
7.
Tadbirkorlik subyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga kelib tushgan tushumlardagi ulushi
soʻm
Hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushirilgan tushumning ushbu hududdagi faoliyat yuritayotgan har 1000 ta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Moliya
vazirligi
8.
Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlar salmogʻi
son
Tegishli hududdagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga Qabulxonalar orqali tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlari sonining ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi
(kelishuv asosida),
Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari
9.
Majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq nizolar
son
Tegishli hududdagi iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida koʻrib chiqilgan nizolar (fuqarolik va ommaviy huquqiy munosabatlarga oid) sonining ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Oliy sud
(kelishuv asosida)
son
Tegishli hududdagi iqtisodiy sudlarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan chiqarilgan sud buyruqlari sonining ushbu hududdagi har 1000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Oliy sud
(kelishuv asosida)
10.
Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy madaniyati darajasi
soʻm
Tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlarining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzdorligining (bundan majburiy ijro jarayonidagilar mustasno) ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Davlat soliq
qoʻmitasi
soʻm
Tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar foydasiga undirilishi lozim boʻlgan, lekin undirilmagan majburiy ijro jarayonida boʻlgan qarzdorlikning ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi
(kelishuv asosida)
foiz
Hududda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit summalarning 90 kundan ortiq muddati oʻtgan kredit qarzdorlik summalarining kredit portfelidagi ulushi
1 balldan
10 ballgacha
Markaziy
bank
11.
Yangi tashkil etilgan, faoliyat yuritmayotgan va tugatilgan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning yashovchanligi
son
Tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ushbu hududdagi har 1000 ta aholiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Davlat statistika qoʻmitasi,
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
foiz
Tegishli hududda yarim yil davomida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi ulushi
1 balldan
10 ballgacha
Davlat statistika qoʻmitasi,
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
foiz
Tegishli hududda yarim yil davomida faoliyat yuritishni toʻxtatib turgan va (yoki) “nol” soliq hamda boshqa hisobotlarni topshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining ushbu hududda roʻyxatga olingan jami tadbirkorlik subyektlaridagi ulushi
1 balldan
10 ballgacha
Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat statistika qoʻmitasi
son
Tegish�i hududda uch yil davomida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ushbu hududda har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Davlat statistika qoʻmitasi,
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi,
Davlat soliq qoʻmitasi
12.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan aholini ish bilan taʼminlanganligi
son
Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish bilan taʼminlangan aholining ushbu hududda band boʻlgan har 1000 ta aholiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat statistika qoʻmitasi
13.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish ahvoli
son
Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish hamda taftishlarning ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Vakil
(kelishuv asosida)
14.
Tadbirkorlik subyektlarining banklardagi hisobvaraqlariga band solinganligi
son
Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlarining banklardagi band solingan (inkasso, davlat ijrochilari qarori, ijro hujjati asosida) hisobvaraqlari sonining ushbu hududda asosiy hisobvaraqlari mavjud boʻlgan har 1000 ta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Markaziy
bank
15.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun joylashtirilgan asosiy kapital qoʻyilmalari
soʻm
Tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shasxlar ustav kapitalida shakllangan mablagʻlarning ushbu hududdagi har 1000 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi,
Davlat statistika qoʻmitasi
soʻm
Tegishli hududdagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar summasining respublika miqyosida jalb qilingan mazkur turdagi investitsiyalarning ushbu hududdagi har 1000 nafar aholi soniga toʻgʻri keladigan miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Davlat statistika qoʻmitasi
16.
Tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil qilinganligi
son
Tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank va boshqa sohalar boʻyicha oʻquv-seminarlar umumiy sonining har 1000 ta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Savdo-sanoat
palatasi
17.
Tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklardagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalar shaklida qoplanilganligi
soʻm
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklardagi kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari qoplanilgan summaning ushbu hududda faoliyat yuritayotgan har 1000 ta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdori
1 balldan
10 ballgacha
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodikaga 2-ILOVA
Soʻrovnoma natijalariga asosan hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash
TIZIMI
T/r
Indikator (koʻrsatkich)ning nomi
Oʻlchov birligi
Indikator (koʻrsatkich)ni hisoblash metodikasi
Indikatorni baholash
Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
1.
Tadbirkorlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining doimiy taʼminlanganligi
son
Tadbirkorlik subyektlariga muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari amalda yetkazib berilganligi 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisining oʻrtachasi
1 balldan
10 ballgacha
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
2.
Tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari koʻrsatilishi sifati
son
Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifati 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisining oʻrtachasi
1 balldan
10 ballgacha
Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
3.
Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etilganligi
son
Tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy homiylik va boshqa tadbirlarga jalb etish 1 dan 5 gacha boʻlgan ballar yigʻindisining oʻrtachasi
1 balldan
10 ballgacha
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
4.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari, tashkilotlari, muassasalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga boʻlgan ishonchi
son
Tadbirkorlik subyektlarining tegishli hududdagi davlat organlari, tashkilotlari, muassasalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga boʻlgan ishonchi darajasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 2-ILOVA
Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga taʼsir etuvchi tashkilotlar
ROʻYXATI
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy va maʼmuriy sudlari*.
2.
Respublika davlat boshqaruvi organlarining litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalarini amalga oshiruvchi hududiy boʻlinmalari.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boʻlinmalari.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boʻlinmalari.
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlinmalari*.
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari.
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari.
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari.
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boʻlinmalari.
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boʻlinmalari.
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning hududiy boʻlinmalari*.
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari.
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning hududiy devonlari.*
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari*.