Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼrifat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son
qarorida:
“Muzey rahbari va ilmiy xodimlarining ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi. Muzey direktori oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi Muzey direktorining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirilgan holda belgilanadi”;
b) 1-ilovaning
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining
TUZILMASI
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga 7-ilova izoh qismi uchinchi xatboshining rus tilidagi
matnidagi “Muzei jertv repressi pri Kabinete Ministrov” soʻzlari “Gosudarstvennogo muzeya Pamyati jertv repressiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan i territorialnix muzeyev “Pamyati jertv repressiy” pri visshix obrazovatelnix uchrejdeniyax” soʻzlari bilan almashtirilsin.