Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-son “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 194-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 23-bandning
birinchi xatboshisidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
36-banddagi “nogiron bolani” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilititsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida protez qoʻydirgan shaxslarga bemorning markazda boʻlgan barcha davri uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.”.
4.
41-banddagi “nogiron bolaga” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.