toggle_night_mode
Hujjat 16.09.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4024-son qarori ijrosini taʼminlash hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish tizimining samaradorligini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida:
1. Umumiy shtat birligi 198 nafar, shu jumladan hududiy boʻlinmalarda — 89 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat) markaziy apparati yangilangan tuzilmasi va hududiy boʻlinmalari namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
“Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasini shtat birliklari va amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga berish va uni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlash;
Oʻzkomnazorat taʼsischi hisoblangan davlat unitar korxonasi shaklidagi Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar yaratish, shuningdek, axborot portallari va veb-resurslarni rivojlantirish va jadallashtirish masalalarida texnik koʻmak beradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida “raqamli va axborot jamiyati”ni shakllantirish, shuningdek, texnik infratuzilmani rivojlantirishning muhim masalalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, ular oʻrtasida xavfsiz maʼlumot almashinuvini taʼminlash, tashqi xosting maydonchalari bilan integratsiya masalalari boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatishni tashkil etadi;
axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida qonunlar va normativ hujjatlar loyihalari, texnik shartlar loyihalari, litsenziyalash va tartibga solish meʼyorlari va qoidalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
4. Oʻzkomnazorat bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazining nizomini va tuzilmasini tasdiqlasin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlikni tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi;
Oʻzkomnazorat “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi holatini nazorat qilish, monitoring qilish, oʻrganish va tekshirishni amalga oshiradi.
Oʻzkomnazorat va markazlarning joriy taʼminoti (ish haqining amaldagi tartibi, davlat ustamalari va qoʻshimchalarni saqlab qolgan holda), moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki, Oʻzkomnazorat:
qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik qiladi;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini buzgan axborot sohasi subyektlariga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻradi;
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
7. Oʻzkomnazorat boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Quyidagilar:
Oʻzkomnazorat va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29-uy manzilidagi binoda operativ boshqarish huquqi asosida;
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 31-uy manzilidagi binoda operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
10. Oʻzkomnazorat manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-sentabr,
PQ-4452-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-sentabrdagi PQ-4452-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI

Boshliq

yordamchisi

1

Boshliq

Kengash



Boshliqning birinchi oʻrinbosari

Boshliq

oʻrinbosari

Boshliq

oʻrinbosari

Axborot xizmati

3


Axborot xavfsizligi boʻlimi

11

Telekommunikatsiyalar boʻlimi

4

Pochta aloqasi

boʻlimi

4

Yuridik

boʻlim

4


Axborot texnologiyalari sohasida nazorat qilish boʻlimi

11

Radioaloqa boʻlimi

6

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

9

Buxgalteriya

3


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlash boʻlimi

3

Teleradioeshittirish boʻlimi

8

Moliyaviy sanksiyalarni hisoblash va qoʻllash

boʻlimi

3

Xalqaro aloqalar boʻlimi

4


Xodimlarni boshqarish boʻlimi

3

Ekspertiza

boʻlimi

4

Normativ hujjatlar bilan ishlash boʻlimi

4

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK


Tashkiliy inspektorlik boʻlimi

2

Mualliflik huquqi boʻlimi

4

Maʼmuriy bayonnomalar bilan ishlash boʻlimi

2

Hududiy

inspeksiyalar


Maxsus ishlar boʻlimi

4

Maʼlumotlarni
uzatish boʻlimi

7

Umumiy boʻlim

1

Markaziy apparat xodimlarining umumiy cheklangan soni — 109 nafar, shundan:
boshqaruv xodimlari — 24 nafar;
ishlab chiqarish xodimlari — 85 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-sentabrdagi PQ-4452-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq



Telekommunikatsiyalar, mobil aloqa, teleradioeshittirish boʻlimi

Axborot xavfsizligi
va AKTni joriy etish boʻlimi

Pochta aloqasi, mualliflik va turdosh huquqlar boʻlimi

Hududiy inspeksiyalar xodimlarining umumiy cheklangan soni — 89 nafar, shundan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 7 nafar, shu jumladan ishlab chiqarish xodimlari — 7 nafar;
Toshkent shahrida — 10 nafar, shu jumladan ishlab chiqarish xodimlari — 10 nafar;
qolgan hududlarda — 6 nafardan, shu jumladan ishlab chiqarish xodimlari — 6 nafardan.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 07/19/4452/4207-son; 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)