1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.10.00.00 Xalqaro xavfsizlik huquqi / 19.10.02.00 Qurollanishni cheklash va qisqartirish. Qurolsizlanish]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olish va yadroviy hamda boshqa radioaktiv moddalarning noqonuniy aylanishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida hamkorlik boʻyicha loyihani amalga oshirish choralari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati oʻrtasida 2001-yil 5-iyundagi Mudofaa sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish va ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ishtirokchilar) oʻrtasida 2017-yil 1-avgustdagi Yadroviy va boshqa radioaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumi (keyingi oʻrinlarda — Memorandum) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.02.00 Maxsus vakolatli xalqaro tashkilotlar (VTO, INTELSAT, YuNSITRAL, YuNKTAD, INTERPOL, MAGATE va boshqalar);
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari boʻyicha hamkorlik]
a) Bitim va Memorandum doirasida Amerika Qoʻshma Shtatlari Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — AQSH Energetika vazirligi) Yadroviy xavfsizlik boʻyicha milliy maʼmuriyat orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlarida Ishtirokchilar bilan birgalikda aniqlanadigan maxsus yadroviy va boshqa radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishini aniqlash va oldini olish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va materiallar, shuningdek, oʻqitish va xizmatlar koʻrsatish koʻrinishida texnik koʻmaklashishi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
b) AQSH Energetika vazirligi tomonidan “Apogee/URSFSII” (AQSH) konsorsiumi Loyiha ijrochisi sifatida belgilangani;
v) Loyihani amalga oshirish doirasida Bitim shartlariga muvofiq:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
AQSH Hukumati hisobidan import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona va boshqa majburiy toʻlovlar hamda yigʻimlardan ozod etilishi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.01.00 Eksport va import vaqtida bilvosita (ichki) soliqlarning qoʻllanilishi;
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
“Apogee/URSFSII” (AQSH) konsorsiumi, uning pudratchi tashkilotlari, shuningdek, ushbu konsorsium va uning pudratchi tashkilotlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod etilishi;
“Apogee/URSFSII” (AQSH) konsorsiumi va uning pudratchi tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlarni toʻlashdan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Loyihani amalga oshirish uchun ijro etuvchi masʼul organ etib belgilansin va unga oʻrnatiladigan asbob-uskunalardan samarali foydalanish, ularni hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgarlik yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihada ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari Loyihani amalga oshirish muddatida konsullik yigʻimlar va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirish muddatida unda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga va jalb etiladigan pudratchi tashkilotlarning xodimlariga chegara oʻtkazish punktlariga kirish-chiqish imkoniyatini belgilangan tartibda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tovarlarni sertifikatlashtirish]
6. Loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, sarflash va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar, priborlar, ehtiyot qismlar va asboblar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotidan ozod etilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV