Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-son qarori (roʻyxat raqami 2926, 2017-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 36-son, 972-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2 va
3-ilovalaridan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.