Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-son “Qishloq xoʻjaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tanlovda ishtirok etish huquqiga oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shu jumladan faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklarining boshliqlari ega.”.
“Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida uch kun mobaynida fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.”.
“a” kichik bandining
ikkinchi xatboshisidagi“nostrifikatsiyalangan” degan soʻz “tan olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganligi, fermer xoʻjaligini sudning qaroriga muvofiq tugatish uchun asos hisoblanadi.”.
“Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadilar.”.
5.
2-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Eng kam oylik ish haqining:” degan soʻzlar “Bazaviy hisoblash miqdorining:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.