Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Bojxona xizmati xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining bojxona xizmati xodimlariga Bosh bojxona boshqarmasi tizimining oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi barcha toifadagi shaxslarni pul taʼminoti, pul mukofotidan daromad soligʻi, boʻydoqlar soligʻi toʻlashdan, yolgʻiz va kichik oilali fuqarolardan olinadigan soliq toʻlashdan, xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan ular oladigan boshqa toʻlovlardan soliq toʻlashdan ozod qilish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-noyabrdagi 294-son qarori 3-bandining amal qilishi joriy etilsin.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taklifni belgilangan tartibda taqdim etsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.