Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasining 2018-yil 20-noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qarori (roʻyxat raqami 3099, 2018-yil 14-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2018-y., 10/18/3099/2319-son) bilan tasdiqlangan Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshirilgan,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.