1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5890-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublika yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
ustav fondidagi davlat ulushi “Yoʻlqurilish” AJga oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi korxonalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Qoʻmita markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi mustaqil korxonalar va boshqa korxonalar, shu jumladan qoʻshma korxonalar tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qoʻmita tarkibidagi korxonalarni birlashtirish va tugatish.
2. Belgilansinki:
Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
avtomobil yoʻllari va yoʻl xoʻjaligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Transport vazirligi bilan albatta kelishilishi lozim;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
tuman yoʻl-ekspluatatsiya korxonalari, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UKning hududiy boʻlinmalari, koʻpriklardan foydalanish korxonalari va Qoʻmitaning boshqa yoʻl-ekspluatatsiya korxonalarini saqlab turish, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularga ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq hamda ustamalar toʻlash ushbu korxonalar tomonidan bajariladigan ish hajmlari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]
Qoʻmita tomonidan jalb qilinadigan xalqaro konsultantning mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasini rivojlantirish va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtomobil yoʻllari boʻylab ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yigʻimlar undirish va ruxsatnomalar berish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qoʻmita bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi;
avtomobil yoʻllarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikatsiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yoʻllari bilan koʻndalang kesishishi bundan mustasno.
a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chet davlatlar avtotransport vositalarining, shu jumladan respublikaga kirib kelayotgan ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar va toʻlovlar amalga oshirilishi, shuningdek, tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi;
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
10 foizi — Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir oʻqqa tushadigan ogʻirlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojxona postlari hududidagi ichki avtomobil yoʻllarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5273-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2021-y., 07/21/5273/1014-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 31-dekabrga qadar quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Qoʻmita tomonidan avtomobil yoʻllarida avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
xorijiy yuk avtotransport vositalarining respublika avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish tartibi;
oʻlchov vositalarini jihozlash boʻyicha ishlarni 2021-yil oxirigacha yakunlashni nazarda tutgan holda avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha turgʻun va koʻchma postlar tashkil etish dasturlari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.02 Yer uchastkasiga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqining oʻtishi]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalaridagi yer uchastkalari Qoʻmitaga bosqichma-bosqich biriktirilishini taʼminlasin.
6. Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, unga muvofiq:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) Qoʻmita ruxsati asosida quriladi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasidagi yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obyektlar Qoʻmita bilan kelishuv boʻyicha joylashtiriladi va quriladi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari boʻyicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlar 60 foiz miqdorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi hududiy maqsadli jamgʻarmalarga, 40 foiz miqdorida Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
7. Belgilansinki, Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliyalashtirishning belgilangan limitlari doirasida avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlarining tasdiqlangan manzilli roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar yoʻl boʻyi servisi obyektlarini joylashtirish va ekspluatatsiya qilish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
9. 2020-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida pulli avtomobil yoʻllarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining va moliya vazirining birinchi oʻrinbosarlariga ularni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
“Yoʻlqurilish” AJ ustav kapitali 2019-yil 1-iyuldagi aktivlarni hisobga olish holati boʻyicha Qoʻmita tarkibidan chiqariladigan korxonalar ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarini nominal qiymati boʻyicha 2020-yil 1-dekabrga qadar oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
“Yoʻlqurilish” AJ aksiyalarining davlat paketi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan boshqariladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda quyidagi yoʻnalishlarda “Yoʻlqurilish” AJ faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin:
xalqaro standartlar asosida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash;
zamonaviy avtoyoʻl konstruksiyalari va uskunalarini, shuningdek, yuqori sifatli yoʻl-qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashda mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish;
avtomobil yoʻllari boʻylab servis xizmatlari va infratuzilmalarini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
jamiyat tarkibiga kiradigan yoʻl-qurilish va boshqa korxonalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish choralarini amalga oshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
12. “Yoʻlqurilish” AJ:
emissiya qimmatli qogʻozlari chiqarishni davlat tomonidan roʻyxatga olish va qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
qayta tashkil etilayotgan korxonalarning oʻtkazib berilayotgan avtotransport vositalarini qayta roʻyxatga olishda avtotransport yigʻimlarini toʻlashdan ozod etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
13. “Oʻzavtosanoat” AJ 2020-yil 1-martga qadar yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda arzon narxlarda, ichki bozor ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hajmda yuqori sifatli samosvallar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika shaharlari va tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining yoʻl-koʻprik xoʻjaligini ekspluatatsiya qilish boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilishda Qoʻmita boʻlinmalari bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini belgilash boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajriba asosida, mamlakatimizning iqlim xususiyatlarini va harakatlanish intensivligini hisobga olgan holda avtomobil yoʻllari va yoʻl infratuzilmasini qurish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni faollashtirsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
bir oy muddatda avtomobil-yoʻl sohasida kadrlar tayyorlash tizimini avtomobil yoʻllari qurishning xalqaro standartlariga muvofiq tubdan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2020-yil 1-yanvarga qadar manfaatdor idoralar bilan birgalikda avtomobil yoʻllari boʻyicha yetakchi xalqaro tashkilotlarga (Xalqaro yoʻllar federatsiyasi, Xalqaro yoʻl uyushmasi va boshqalarga) aʼzo boʻlishning, shuningdek, avtomobil yoʻllari sohasidagi xalqaro shartnomalarga (Xalqaro avtomagistrallar toʻgʻrisidagi Yevropa bitimiga (Jeneva shahri, 1975-yil 15-noyabr) va boshqalarga) qoʻshilishning amaldagi ahamiyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2020-yil 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikaning avtomobil yoʻllarida yuk avtotransport vositalarining ayrim toifalari harakatlanishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, yilning harorat yuqori boʻlgan vaqtlarida ularning harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar joriy etilishini nazarda tutsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
PQ-4545-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari
“Xorazmyoʻlindustriya” UK
“Qoʻyliq koʻpriklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi” UK
“Bekobodyoʻlindustriya” UK
“Buxoroyoʻlgranit” UK
“Yangiyoʻlqurilish” UK
“Oʻzyoʻlmashservis” ilmiy-ishlab chiqarish tajriba korxonasi” UK
“Olmazor tajriba-mexanika, taʼmirlash-yordamchi korxonasi” UK
“1-avtotaʼmirlash zavodi” UK
“10-avtotaʼmirlash zavodi” UK
“Avtoyoʻlnurtaʼmir” UK
“Avtomagistral” UK*
“Transyoʻlqurilish” DUK*
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK
“Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti” UK
“Buxoro yoʻl xoʻjaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi” UK
“Namangan yoʻl xoʻjaligi xodimlari malakasini oshirish oʻquv markazi” UK
“Yoʻl loyiha ekspertiza” UK
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” UK
“Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK
14
“Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK*
“Tuman yoʻllardan foydalanish
korxonalari” UK
161
“Doʻrmonavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK
“Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK
“Quvasoy yoʻllardan foydalanish korxonasi” UK
“Toshkent xalqa avtomobil yoʻli” yoʻllardan foydalanish boshqarmasi” UK
“Bardankoʻl yoʻllardan foydalanish
boshqarmasi” UK
“Oʻzyoʻlbutlash” RTB UK
“Respublika dispetcherlik markazi” UK
“Oʻzyoʻlloyiha” loyiha-
qidiruv instituti” DUK
“Maʼmuriy binodan foydalanish direksiyasi” UK
Kasb-hunar kollejlari
4
“Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUK
“Vaxshivor”, “Yoʻlchi” va “Avtoyoʻlsoz” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari
“Avtoyoʻlservis” UK
“Yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalari” UK
39
“Avtoyoʻlinvest” agentligi**
“Koʻpriklardan foydalanish
korxonalari” UK
13
* tarkibida yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmalar mavjud;
** Respublika yoʻl jamgʻarmasi “Avtoyoʻlinvest” agentligiga aylantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar