Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori, 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017-yil 20-iyundagi 411-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2899, 2017-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 718-modda) bilan tasdiqlangan Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bosh direktorining buyrugʻiga asosan Agentlik, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari orasidan kamida toʻqqiz aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.”.
2.
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirmagan Agentlik, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti, “Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK va muvofiqlikni baholash organlarining mutaxassislaridan besh kishidan iborat tarkibda tuziladi.”.