Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qatʼiy ravishda ushbu tashkilotlar tomonidan sportchilar trenyerlarining taqdimnomalariga asosan, shuningdek, akademik litseylar, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim hamda oliy taʼlim muassasalarining sportchilariga birinchi sport razryadi — qatʼiy ravishda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qatʼiy ravishda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining mintaqaviy boʻlimlari tomonidan sportchilar trenyerlarining taqdimnomalariga asosan;”.
2. Mazkur buyruq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.