toggle_night_mode
Hujjat 22.11.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Birlashgan Arab Amirliklarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yirik korxonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasiga Birlashgan Arab Amirliklaridan (keyingi oʻrinlarda BAA deb ataladi) jalb qilinadigan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni BAA bozoriga eksport qilish hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiyalash, milliy sayyohlik mahsulotlarini faol taklif etish va mamlakatga sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq BAAda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “UzFDI” vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda UzFDI deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. UzFDIga quyida asosiy vazifalar yuklansin:
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan BAA bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik boʻyicha aniq loyihalar va dasturlarning tizimli monitoringi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash uchun BAAning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, ilgʻor texnologiyalar va moliyaviy-texnik koʻmaklashish mablagʻlarining jalb etilishi, shuningdek, samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash;
mahalliy tovarlar va xizmatlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini BAA bozoriga uzoq muddatli eksport qilishni tashkil etish hisobidan oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;
tadbirkorlik subyektlariga salohiyatli investorlarni topish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatish, savdo va investitsiya shartnomalari va bitimlarini tuzish, ishbilarmon doirlar vakillari ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, hamkorlikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirish, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda har tomonlama koʻmaklashish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilishda qabul qiluvchi mamlakat tomonidan imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha amaliy choralar koʻrish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi (UzFDI) uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xarajatlari smetasi doirasida 2019-yilda UzFDIni faoliyatini moliyalashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan mehnat haq toʻlash hisobga olingan holda qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin;
2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini UzFDIni saqlash xarajatlari inobatga olingan holda moliyalashtirsin;
UzFDIga ikkita avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
oʻn kun muddatda UzFDI toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda UzFDI direktori va xodimlarining masʼuliyati va faoliyatini baholash mezonlari nazarda tutilsin;
bir oy muddatda UzFDIni tasdiqlangan shtat jadvaliga binoan mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
2021-yil 31-dekabrga qadar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda UzFDIni Abu-Dabi shahridagi ofisga joylashtirish va jihozlashni taʼminlasin, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni ham hal etsin.
7. Belgilansinki, UzFDI:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining umumiy rahbarligida amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
UzFDIni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi, bunda UzFDI direktori oʻzining maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi va faoliyatini mazkur davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi xorijiy muassasalariga respublikaga investitsiyalar, moliyaviy-texnik koʻmaklashish mablagʻlari va sayyohlarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari va mahsulotlarini eksport qilishga har tomonlama koʻmaklashadi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev, Bosh vazir oʻrinbosari — moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzaqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
933-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 933-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasining shtat jadvali

AQSH dollari

T/r

Lavozimi

Shtat birliklari soni

Oylik
ish haqi

Ish haqi toʻlash fondi

1.

Direktor

1

2 210,0

26 520,0

2.

Energetika sohasidagi investitsiyalar boʻyicha menejer

1

1 560,0

18 720,0

3.

Moliyaviy-texnik hamkorlik boʻyicha menejer

1

1 560,0

18 720,0

4.

Logistika, transport va turizm sohasidagi investitsiyalar boʻyicha menejer

1

1 560,0

18 720,0

5.

Ofis-menedjer — devonxona mudiri

1

1 560,0

18 720,0

6.

Kotib-tarjimon — katta hisobchi

1

1 300,0

15 600,0

7.

Haydovchi

1

1 300,0

15 600,0

Jami

7

11 050,0

132 600,0

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 933-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAA dagi vakolatxonasini (UzFDI) saqlash uchun 2019-yilgi xarajatlar smetasi

T/r

Xarajatlar moddalarining nomi

Toifa

Modda

2019-yilgi
xarajatlar miqdori

AQSH dollarida

soʻmda*

1.

Ish haqi

41

10

33 150,0

2.

Boshqa badallar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar

41

21

5 500,0

3.

Xizmat safarlari uchun xarajatlar

42

10

2 112,0

26959,5*

4.

Kommunal xizmatlar xarajatlari

42

20

4 367,9

5.

Saqlash va joriy taʼmirlash

42

30

7 487,0

6.

Ijara xarajatlari

42

40

85 680,0

7.

Moddiy aylanma mablagʻlar zaxiralari xarajatlari

42

50

5 027,0

8.

Tovarlar va xizmatlar xarid qilish uchun boshqa xarajatlar

42

90

33 913,1

9.

Asosiy fondlarni xarid qilish xarajatlari

43

50

215 419,8

10.

Boshqa xarajatlar

48

00

16 740,0

2 000,0*

Jami:

443 027,82

28 959,5*

* Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.