Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga muvofiq hamda biologik chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda)
4-bandiga “shlam toʻplash joylari” soʻzlaridan keyin “biologik chiqindilarni koʻmish joylari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi uch oy muddatda biologik chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha davlat kadastriga tegishli maʼlumotlarni (geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari, iqtisodiy bahosi, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi yangilab boriladigan axborotlar tizimi) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishi davlat qoʻmitasiga taqdim etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.