1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKADEMIK V.VOHIDOV XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Tibbiyot Fani rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasini hisobga olib, oʻzbek jarrohlik maktabining asoschilaridan biri akademik Vosit Vohidov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va tibbiyot jamoatchiligining Respublika jarrohlik ilmiy markaziga akademik V.Vohidov nomini berish haqidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-apreldagi 179-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
2. Toshkent shahar hokimligi va Madaniyat ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Respublika jarrohlik ilmiy markazi binosiga akademik V.Vohidov siymosi tushirilgan memorial lavha oʻrnatsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
3. Toshkent shahar hokimligi poytaxt koʻchalaridan biriga akademik V.Vohidov nomini berish masalasini koʻrib chiqsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.06.00 Xalqaro kongresslar. Konferensiyalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasi har yili Respublika jarrohlik ilmiy markazida jarrohlikning dolzarb masalalari boʻyicha “Vohidov oʻqishlari” — Respublika ilmiy-amaliy anjumanini oʻtkazsinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-iyul,
257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 7-son, 23-modda)