1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 98 — 100-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
969-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Budjet kodeksi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari (bundan buyon matnda OSK deb yuritiladi) va uchastka saylov komissiyalari (bundan buyon matnda USK deb yuritiladi), davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, siyosiy partiyalar uchun majburiydir.
2. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Chet davlatlarning, ular jismoniy va yuridik shaxslarining hamda xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan saylovni moliyalashtirish hamda nomzodlar va siyosiy partiyalarni moddiy jihatdan boshqacha tarzda qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Bunday mablagʻlar yoki moddiy yordam kelib tushgan taqdirda ular kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida xayriya subyektiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda Davlat budjeti daromadiga oʻtkazilishi lozim.
4. Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov oʻtkazish uchun oʻz mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda berishi mumkin. Bu mablagʻlar MSK tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 4-bobida belgilangan tartibda saylov kampaniyasi jarayonida ulardan foydalanish uchun qabul qilib olinadi va foydalaniladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarni va siyosiy partiyalarni saylovda ishtirokini boshqa manbalar hisobidan moddiy va moliyaviy taʼminlash, shu jumladan tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish tarzida hamda moddiy jihatdan boshqacha koʻrinishda qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
2-bob. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish xarajatlarini rejalashtirish
6. MSK kelgusi moliya yili uchun budjet talabnomasini taqdim etayotganda saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblar asosida xarajatlarning prognoz koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Bunda, MSKning markazlashtirilgan xarajatlari mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining (bundan buyon hududiy saylov komissiyalari deb yuritiladi), OSK va USKlarning xarajatlari mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. Prognoz koʻrsatkichlarni belgilashda siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi tashviqoti xarajatlari ham inobatga olinadi.
7. Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingandan soʻng oʻn kunlik muddatda saylov komissiyalarining xarajatlar smetalari MSK tomonidan quyidagi tartibda tuziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha — 14 ta okrug saylov komissiyalari xarajatlar smetasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida uchastka saylov komissiyalari boʻyicha prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi OSK raisiga, ikkinchi imzo huquqi hokimlik bosh buxgalteriga tegishli boʻladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov boʻyicha — 150 ta okrug saylov komissiyalari joylashgan hududdagi tuman yoki shahar hokimligi bilan birgalikda uchastka saylov komissiyalari kesimida prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi va hududlar boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi bilan birga MSK ga taqdim etiladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi OSK raisiga, ikkinchi imzo huquqi tuman (shahar) hokimligi bosh buxgalteriga tegishli boʻladi;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov boʻyicha — hududiy okrug saylov komissiyalarining xarajatlar smetasi tuziladi hamda tegishincha hududiy moliya organlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi hududiy saylov komissiyasi raisiga, ikkinchi imzo huquqi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimliklarining bosh buxgalteriga tegishli boʻladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilganda, hududiy saylov komissiyalarining xarajatlar smetasiga tuman va shaharlar kesimidagi saylov komissiyalari harajatlari yoyilmasi ilova qilinadi (uchastka saylov komissiyalari boʻyicha harajatlar yoyilmasi ilova qilinmaydi).
8. Siyosiy partiyalar va ular tomonidan koʻrsatilgan nomzodlarning xarajatlari MSK tomonidan siyosiy partiyalarning takliflarini oʻrgangan holda aniqlanadi.
9. MSK mazkur Yoʻriqnomaning 7-8-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini tasdiqlaydi va uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
10. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasi MSK qarori bilan tasdiqlanadi.
Qarorda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining bir nomzod hisobiga toʻgʻri keladigan miqdori ham koʻrsatiladi.
11. Saylov kampaniyasida takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov haqida qaror qabul qilinganda, MSK uch kunlik muddatda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojni aniqlaydi.
Bunda qoʻshimcha xarajatlar dastlabki ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. Mablagʻ yetmagan taqdirda qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi hamda takroriy ovoz berish va takroriy saylov oʻtkazilgunga qadar MSK tomonidan xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
3-bob. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish xarajatlarini amalga oshirish
1-§. Saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish
12. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
13. MSKning xarajatlari uning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
14. Hududiy saylov komissiyalari, OSKlarning xarajatlari boʻyicha toʻlovlari tegishli saylov komissiya raislari va hokimliklarning bosh buxgalterlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi hududiy gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bunda, saylov komissiyalari tomonidan tegishli hududiy gʻaznachilik boʻlinmalariga birinchi imzo (saylov komissiyalari raislarining) va ikkinchi imzo (hokimliklar bosh buxgalterlari) namunalari hamda komissiya shaxsiy tarkibi boʻyicha qarori nusxasi taqdim etiladi.
15. Hududiy saylov komissiyalari, OSK va USKlar faoliyatini moliyalashtirish tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining maxsus ochilgan shaxsiy gʻazna hisob varaqlari (bundan buyon matnda maxsus hisob raqam deb yuritiladi) orqali mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha quyidagi tartibda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha — OSK xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus hisob raqami orqali, USK xarajatlari OSK tomonidan tuman (shahar)lar hokimliklarining maxsus hisob raqami orqali;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov boʻyicha — OSK va USK xarajatlari OSK joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimligining maxsus hisob raqami orqali;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimliklarining maxsus hisob raqami orqali amalga oshiriladi.
2-§. Siyosiy partiyalar xarajatlarini moliyalashtirish
16. Siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
17. Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari shu partiyadan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyingi ish kunidan kechikmay roʻyxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan siyosiy partiyaning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlarida saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablagʻlarning bir nomzod hisobiga toʻgʻri keladigan miqdorining 30 foizini siyosiy partiya nomzodning shaxsiy hisobvaragʻiga hisobdorlik sharti bilan oʻtkazib beradi. Qolgan 70 foiz mablagʻlar umumpartiyaviy va boshqa saylovoldi tashviqoti tadbirlariga sarflash uchun siyosiy partiya ixtiyorida qoldiriladi.
Nomzodlarning shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkazilgan mablagʻlarning ishlatilishi boʻyicha nomzodlarning yozma hisoboti siyosiy partiya tomonidan belgilangan tartibda partiyaning tegishlicha respublika, viloyat, tuman, shahar organlariga taqdim qilinadi.
Hisobotga boshlangʻich hisob hujjatlari (toʻlov terminallarining cheklari, chiptalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
19. Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqoti boshlangunga qadar saylovoldi tashviqoti materiallarini tayyorlashda oʻz mablagʻlaridan ularga saylovoldi tashviqoti uchun mablagʻlardan oʻrnini qoplash sharti bilan foydalanishlari mumkin.
20. Siyosiy partiyalar va ular tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar saylovoldi tashviqotini oʻtkazishi uchun ajratilgan mablagʻlardan quyidagi maqsadlarda foydalanishi lozim:
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniye, radio, umumiy foydalaniladigan axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali chiqishlarni tashkil etishga;
bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini tayyorlash hamda tarqatishga;
saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, nomzodlarning ishonchli vakillari va bevosita saylov okrugida saylovoldi tashviqotini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
saylov kampaniyasini oʻtkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga;
saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullarini oʻtkazishga.
21. Siyosiy partiya belgilangan tartibda saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarini amalga oshiradi.
22. Nomzod oʻz maqomidan mahrum etilgan yoki nomzodlikdan voz kechgan hollarda shuningdek, nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻxtatgan taqdirda, siyosiy partiya belgilangan muddatlarda foydalanilmay qolgan mablagʻlar qoldiqlarini MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
3-§. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish
23. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari amaldagi qonunchilikka muvofiq eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
24. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan saylov komissiyalari tomonidan tuziladigan shartnomalar ular tegishli gʻaznachilik boʻlinmalaridan majburiy roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni amalga oshirish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-§. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida saylov komissiyasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash
25. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida komissiya aʼzolari mehnatiga haq toʻlash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
a) asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqini saqlab qolish (26-band);
b) mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi toʻlash (27-band);
26. Saylov komissiyalarining qaroriga binoan komissiya aʼzolari saylovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish vaqtida asosiy ish joyidagi ishlab chiqarish va xizmat vazifalaridan ozod etiladi hamda saylov uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ish haqi toʻlovlari amalga oshiriladi.
Ushbu toʻlovlar komissiya aʼzolari asosiy mehnat faoliyatini olib boradigan korxona, tashkilot yoki muassasa tomonidan xodimning oʻrtacha ish haqlarini tasdiqlagan holda taqdim etgan buyurtmalari (saylov davrida xizmat vazifalaridan ozod qilinganligini tasdiqlovchi buyruq ilova qilingan holda) asosida amalga oshiriladi.
27. Saylov jarayonlarida komissiya aʼzolari boʻlgan, lekin doimiy ish joyiga ega boʻlmagan shaxslarga, pensionerlarga mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq komissiya raisiga 9-razryad boʻyicha, rais oʻrinbosariga 8-razryad boʻyicha, kotib va komissiyaning boshqa aʼzolariga 4-razryad boʻyicha ish haqi hisoblanadi.
28. Saylov komissiyalari raislarining hamda ish beruvchining tegishli qarorlari asosida saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida xodim asosiy ish joyida ish haqi saqlangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan toʻliq yoki qisman ozod qilinadi va komissiya aʼzosi sifatida saylov ishlariga jalb etiladi.
Bunda, saylov jarayonlari uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan komissiya aʼzolariga kompensatsiya (ovqatlanish, transport va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida) toʻlovi amalga oshiriladi. Kompensatsiya miqdori xarajatlar smetasida belgilanadi.
Kompensatsiya toʻlovlari imzo huquqiga ega saylov komissiyalari raislari va bosh buxgalterlari tomonidan tasdiqlangan mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi roʻyxatdagi maʼlumotlarga asoslangan holda saylov komissiyalari aʼzolariga toʻlanadi.
Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish saylov kuniga uch kun qolganga qadar toʻliq taʼminlanadi.
Mazkur Yoʻriqnomaning 26 va 27-bandlari boʻyicha saylov komissiyalari aʼzolariga ish haqi hisoblanganda ularga kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ish beruvchilarga saylovlarni va referendumni oʻtkazish davrida jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan tuman va shaharlar saylov komissiyalari raisi, uning oʻrinbosari yoki kotiblariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar saylov komissiyalarining tavsiyalariga koʻra, oylik maoshiga asosiy ish joyi moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan 50 foiz miqdorida ustama belgilash tavsiya etiladi.
30. Saylov komissiyalari aʼzolariga mazkur Yoʻriqnomaning 26 va 27-bandlar boʻyicha ish haqi hisoblanganda tegishli saylov komissiyalari kotiblari tomonidan komissiya aʼzolarining xaqiqiy ishlaganlik kunlari qayd etib boriladi va tegishli hokimlik buxgalteriyasiga komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan tabel taqdim etiladi.
Bunda tabel tegishli saylov komissiyasining raisi tomonidan saylov yakunlari eʼlon qilinganidan soʻng tasdiqlanadi va tegishli hokimlik buxgalteriyasiga taqdim qilinadi.
Saylov komissiyalari raislari tomonidan komissiya aʼzolariga ish haqi toʻlanishi bilan bogʻliq asoslovchi va tasdiqlovchi hujjatlar (komissiya qarori, pasport nushasi, STIR, JBPX, buyruq nushalari, plastik karta maʼlumotlari, telefon raqami va hokazo) tegishli hokimlik buxgalteriyasiga taqdim etiladi.
31. Saylov komissiyalari aʼzolariga toʻlanadigan ish haqi va kompensatsiyalar tegishli hokimliklar buxgalteriyalari tomonidan saylov komissiyasi kotibiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya aʼzolariga ish haqi toʻlash qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga koʻra plastik kartochkalariga oʻtkazib beriladi.
32. Saylovlarga tayyorgarlik va uni oʻtkazish boʻyicha ishlarni bajarish (buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, komissiya aʼzolari va aʼzolikka nomzodlarni oʻqitish, matbuot markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tarjimonlik qilish va sh.k.) uchun saylov komissiyalariga mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin. Bunda ularning mehnatiga haq toʻlash saylov komissiyasi bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida xarajatlar smetasida belgilangan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
4-bob. Saylov kampaniyasida xayriya mablagʻlarini ishlatish
33. Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar uchun homiylik mablagʻlari (bundan buyon matnda xayriya mablagʻlari deb yuritiladi) MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Xayriya mablagʻlari siyosiy partiyalar, shu jumladan muayyan siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzodning saylovoldi tashviqotini moliyalashtirish uchun MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga maqsadli kelib tushgan boʻlsa, ushbu mablagʻlar uch kunlik muddatda xayriya subyektiga qaytarib beriladi.
34. MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan xayriya mablagʻlari MSKning qarori asosida saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga sarflanadi (siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi tashviqotini moliyalashtirish bundan mustasno) va hisobi alohida yuritiladi.
Agarda xayriya mablagʻlari alohida hududiy saylov komissiyaning muayyan xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida kelib tushgan boʻlsa, MSK qaroriga muvofiq xayriya maqsadida koʻrsatilgan xarajatlarga yoʻnaltirilishi yoki xayriya egasi roziligi bilan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga sarflanishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti davrida ishlatilmagan xayriya mablagʻlari MSK ixtiyorida qoldiriladi va MSK ning tegishli qarorlari asosida tasarruf qilinadi.
35. Saylovoldi tashviqoti davrida saylov bilan bogʻliq harajatlarni moliyalashtirish uchun siyosiy partiyalar hisob raqamiga kelib tushgan xayriya mablagʻlari kirim qilingan kundan boshlab uch kunlik muddatda xayriya subyektiga qaytarilishi lozim.
5-bob. Saylov jarayonlaridagi moddiy qimmatliklar hisobi
36. Saylov komissiyalariga yetkazilgan tovar-moddiy qimmatliklarning qoldigʻi saylov komissiyasining qarori bilan saylov natijalari eʼlon qilinganidan keyin tegishli hokimlik yoki komissiya joylashgan tashkilot yoki muassasa balansiga (5-ilovadagi taqsimot boʻyicha) qabul qilish-topshirish dalolatnomalari boʻyicha haq toʻlamaslik sharti bilan qabul qilinadi.
Tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilgan moddiy javobgar shaxslar ularning saylovdan keyingi saqlanishi uchun masʼul hisoblanadi.
Qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar va moddiy javobgar shaxslar roʻyxatlari tuman va shaharlar kesimida jamlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan shaklda saylov natijalari eʼlon qilingandan keyingi oʻttiz kundan kechikmasdan MSKga taqdim qilinadi.
37. Saylovga ajratilgan mablagʻlar kelib tushishini hisobga olish Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tasniflashning tegishli paragrafiga muvofiq amalga oshiriladi.
38. Saylov komissiyalari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha operatsiyalarning budjet hisobini “OʻzASBO” dasturiy kompleksida belgilangan tartibda yuritadi.
39. Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining hisobini alohida yuritadi.
40. Saylov kampaniyasi davrida ishlatilmagan mablagʻlar qoldigʻi saylov komissiyalari va tegishli hokimlik organlari, shuningdek siyosiy partiyalar tomonidan saylov natijalari eʼlon qilingandan keyin besh kunlik muddatda MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi. Ushbu mablagʻlar jamlanib uch bank ish kuni mobaynida Davlat budjetiga qaytariladi.
41. Saylov natijalari eʼlon qilingandan keyin moliyalashtirilgan, foydalanilgan va qaytarilgan mablagʻlar harakati boʻyicha hisobotlar:
a) tegishli hokimliklar tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli moliya bosh boshqarmalariga va MSKga yigirma kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yigirma besh kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 7-8-ilovalariga muvofiq;
v) siyosiy partiyalar tomonidan — MSKga yigirma besh kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq;
g) MSK tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bir oydan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 7 — 10-ilovalariga muvofiq taqdim qilinadi.
42. Siyosiy partiyalar oʻzining saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi axborotni saylov yakunlari eʼlon qilinganidan keyin bir oy ichida oʻz rasmiy veb-saytlarida va bosma nashrlarida eʼlon qiladi.
43. Saylov oʻtkazish xarajatlari uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha operatsiyalar hamda saylovlar yakuniga koʻra qabul qilingan tovar-moddiy boyliklarining hisobi saylov komissiyalari joylashgan hududlardagi tegishli hokimliklar, tashkilot va muassasalar buxgalteriyasi tomonidan alohida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va ular boʻyicha MSK ga hisobot taqdim etiladi.
44. Saylov komissiyalari raislari va hokimliklar mablagʻlardan maqsadli foydalanish va ular yuzasidan oʻz vaqtida hisobot taqdim qilish uchun masʼuldir.
7-bob. Yakuniy qoidalar
45. Saylovlarga tayyorgarlik va uni oʻtkazish boʻyicha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va qonuniy sarflanishi boʻyicha tegishlicha MSK bosh buxgalteri, saylov komissiyalari raislari, hokimliklarning masʼul mansabdor shaxslari javobgar hisoblanadi.
46. Moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan saylov komissiyalariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Markaziy saylov komissiyasining markazlashtirilgan xarajatlari
6. Bosma mahsulotlar hamda ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar.
7. Xonalarni ijaraga olish boʻyicha xizmatlar va ulardan foydalanish xarajatlari (saylov komissiyalari binolari va xonalari bundan mustasno).
8. Xorijlik mehmonlar, ekspertlar va tadbirlarda ishtirok etish uchun xorijdan kelgan boshqa ishtirokchilar uchun ovqatlanishni (nonushta, tushlik, kechki ovqat, kofe-breyklar) tashkil qilish boʻyicha xizmatlar.
9. Logistika va yetkazib berish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan feldyegerlik xizmati.
10. Beyjiklar (saylov komissiyalari aʼzolari va oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari uchun).
11. Xorijiy delegatsiyalar uchun esdalik sovgʻalar sotib olish.
12. Koʻkrak nishonlari va guvohnomalar.
13. Qogʻoz va kanselyariya buyumlari.
14. Tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan, saylov qutilarini plombalovchi moslamalar hamda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa tovarlar.
15. Shartnoma asosida ishlovchilarga belgilangan tartibda toʻlovlar toʻlash.
16. Ish beruvchilarning ajratmalari.
17. Aloqa (telefon, telekommunikatsiya, axborot va Internet) xizmatlari uchun xarajatlar.
18. Televideniye va radio orqali yoritish bilan bogʻliq xarajatlar.
19. Texnika, kompyuter va ofis jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda saqlab turish xizmatlari.
20. Saylovga oid hujjatlarni arxivga topshirish xizmatlari.
21. MSK xodimlari hamda shartnoma asosida jalb qilingan xodimlarning safar xarajatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining xarajatlari
1. Muhrlar (turli xil); bannerlar (roʻyxat boʻyicha), stendlarni tayyorlash xizmati, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur materiallar va boshqa buyumlar.
2. Texnika vositalarini saqlash va ijaraga olish xizmatlari.
3. Logistika va yetkazib berish xarajatlari.
4. Komissiya aʼzolari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari.
5. Aloqa (telefon, telekommunikatsiya, axborot va Internet) xizmatlari uchun xarajatlar.
6. Saylov komissiyalarining aʼzolariga va xodimlariga belgilangan tartibda toʻlovlar toʻlash.
7. Ish beruvchilarning ajratmalari.
8. Saqlash, ijara va foydalanish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar (saylov komissiyalari binolari va xonalarini saqlash, ijara va foydalanish bundan mustasno).
Izoh: Ushbu roʻyhatga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda MSKning alohida qarorlari bilan oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga saylovlarni moliyalashtirish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylovlar
Moliya vazirligi
Moliya vazirligi
Markaziy saylov Komissiyasi
Hududiy moliya boshqarmalari
Hududiy moliya boshqarmalari
Markaziy saylov Komissiyasi
Hududiy moliya boshqarmalari
Tuman (shahar) moliya boʻlimlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari — 14 ta (Imzo huquqi: komissiya raisi 1-imzo, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bosh buxgalteri 2-imzo). Hududdagi tegishli tuman(shahar) hokimligining Maxalliy kengashlar saylovi boʻyicha aloxida gʻazna hisob raqamiga tuman(shahar) saylov komissiyalari kesimida oʻtkaziladi
MSKning markazlashgan xaridlari va boshqa xarajatlari
Siyosiy partiyalarga
OSK-okrug saylov komissiyalari — 14 ta (Imzo huquqi: OSK raisi 1-imzo, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bosh buxgalteri 2-imzo). Kelib tushgan mablagʻlar USKlari joylashgan hududdagi tuman(shahar)lar xokimliklarining saylov boʻyicha ochilgan gʻazna hisob raqamiga oʻtkaziladi
OSK-okrug saylov komissiyalari — 150 ta (Imzo huquqi: OSK raisi 1-imzo, okrug joylashgan hududdagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari bosh buxgalteri 2-imzo). Okrug joylashgan hududdagi tegishli tuman(shahar) hokimligining Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha aloxida gʻazna hisob raqamiga USKlari kesimida oʻtkaziladi
USK-uchastka saylov komissiyalari — Komissiya aʼzolarining ishga jalb etilishi shartlaridan kelib chiqib, USK raisi va tegishli tuman (shahar) hokimliklari buxgalterlari tomonidan birgalikda komissiya aʼzolari mehnatiga xaq boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi
Tuman (shahar) hokimliklari (Imzo huquqi: Tuman (shahar) saylov komissiyasi raisi 1-imzo, tegishli hokimlik bosh buxgalteri 2-imzo). Roʻyxatga muvofiq komissiya aʼzolarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha toʻl�vlarni amalga oshirilishini taʼminlaydi
Tuman (shahar) hokimliklari (Imzo huquqi: Tuman (shahar) hokimligi masʼul mansabdor xodimi 1-imzo, tegishli hokimlik bosh buxgalteri 2-imzo). OSK tomonidan shakllantirilgan USK aʼzolarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha roʻyxatga muvofiq, tegishli toʻlovlarni amalga oshirilishini taʼminlaydi
USK-uchastka saylov komissiyalari — Komissiya aʼzolarining ishga jalb etilishi shartlaridan kelib chiqib, USK raisi va tuman (shahar) hokimliklari buxgalterlari bilan birgalikda va OSK buxgalteri bilan kelishilgan holda komissiya aʼzolari mehnatiga xaq boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi
MSKning markazlashgan xaridlari va boshqa xarajatlari
Siyosiy partiyalarga umumpartiyaviy tadbirlarga (70 %) va nomzodlarning (30%) saylovoldi tashviqoti xarajatlari uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 4-ILOVA
QoraqalpogʻistonRespublikasi, viloyat, shahar, tuman, okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolarining mehnatiga xaq toʻlanishi boʻyicha
Ishlayotgan ish joyi (yoki ishsiz, pensionerligi va hokazo)
komissiyadagi lavozimi (rais, aʼzo va hokazo)
kompensatsiya toʻlovi amalga oshiriladigan komissiya aʼzolari
*** Tabel asosida ish haqi hisoblanadigan komissiya aʼzolari
Xodimning shaxsiy maʼlumotlari
soni
summasi
asosiy ish joyida vazifasidan toʻliq ozod qilinib oʻrtacha ish haqi hisoblanadigan aʼzolar soni
9 razryad boʻyicha ishlovchilar soni
4 razryad boʻyicha ishlovchilar soni
Pasport raqami, seriyasi
STIR
INPS
Telefon raqami
*** Izoh: Tabel asosida ish haqi hisoblanadigan komissiya aʼzolariga kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirilmaydi. Ularning ish haqi toʻlovlari Saylov yakunlangandan keyin tegishli komissiya raislari tomonidan taqdim etilgan aʼzolarning haqiqiy ishlaganlik kunlari qayd etilgan tabellar asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman, okrug va uchastka saylov komissiyalari raislari (tegishlicha)
imzo
Komissiya joylashgan xududdagi tegishli tegishli hokimlik bosh hisobchilari
imzo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 5-ILOVA
DALOLATNOMA
20__ yil “____” __________________
Komissiya quyidagi tarkibda — Komissiya raisi (lavozim va F.I.Sh.), ____________________________ kotibi (lavozim va F.I.Sh.)_________________________ topshiruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ______________________ (saylov turi koʻrsatiladi)ga oʻtkazilgan saylovlardan soʻng (QR, viloyatlar, shaxarlar, tumanlar, okruglar, uchastkalar) saylov komissiyalarida mavjud boʻlgan quyidagi saylov kabinalari, qutilari, davlat gerbi, bayrogʻi va boshqa tovar-moddiy boyliklari __________ hokimligining (yoki komissiya joylashgan tashkilot, muassasaning) maʼsul mansabdor shaxslari —_________________ (lavozim va F.I.Sh.) ogohligida qabul qiluvchi ____________________ (lavozim va F.I.Sh.) moddiy javobgarligiga topshiradi:
T/r
Tovar-moddiy boyliklar nomi
Oʻlchov birligi
Coni
Ishlab chiqarilan (qabul qilingan) yili
Izohlar
1.
Muhr, dumaloq rezinali
dona
2.
Muhr, dumaloq misdan, surgʻuch uchun
dona
3.
Davlat bayrogʻi (ichki)
dona
4.
Davlat bayrogʻi (tashqari)
dona
5.
Flagshtok (ichki)
dona
6.
Flagshtok (tashqari)
dona
7.
Davlat gerbi
dona
8.
Saylov qutisi (katta)
dona
9.
Saylov qutisi (kichik)
dona
10.
Saylov qutisi (koʻchma)
dona
11.
Saylov kabinasi (4-talik)
komplekt
12.
Saylov kabinasi (2-talik)
komplekt
13.
Saylov qonunchiligiga oid risolalar toʻplami
komplekt
14.
Kanselyariya tovarlari
komplekt
Izoh: Haqiqiy qoldiqdan kelib chiqib boshqa tovar-moddiy boyliklar nomi va sonlarini kiritish mumkin.
2. Ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan tovar-moddiy boyliklar mening ishtirokimda sanab chiqilgan va roʻyxatga kiritilgan, javobgarligimga qabul qilaman va saqlayman.
Dalolatnoma ikki (bir nushasi topshiruvchi tomonga, bir nushasi qabul qiluvchi tomon buxgalteriyasiga) nushada rasmiylashtirildi.
Qabul qiluvchi Hokimlikning (yoki komissiya joylashgan tashkilot, muassasaning) maʼsul mansabdor shaxslari _________________(lavozim)________(imzo)_______________________________(F.I.Sh.)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 6-ILOVA
____________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar) saylov komissiyalari tomonidan Hokimlik, tashkilot va muassasalarga saqlash uchun topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklar roʻyxati (tuman (shahar) uchastka kesimida)
MAʼLUMOTNOMA
T/r
Hududlar nomi
Moddiy qimmatliklar tegishli boʻlgan komissiya nomi
Moddiy qimmatliklar topshirilgan tashkilot yoki muassasa nomi
Tovar moddiy qimmatliklarning saqlashga topshirilgan miqdori, dona
Telefon raqami
Muhr, dumaloq rezinali
Muhr, dumaloq misdan, surgʻuch uchun
Davlat bayrogʻi (ichki)
Davlat bayrogʻi (tashqari)
Flagshtok (ichki)
Flagshtok (tashqari)
Davlat gerbi
Saylov qutisi (katta)
Saylov qutisi (kichik)
Saylov qutisi (koʻchma)
Saylov kabinasi (4-talik) pardasi bilan
Saylov kabinasi (3-talik) pardasi bilan
Saylov kabinasi (2-talik) pardasi bilan
Xudud boʻyicha jami
Tuman va shaharlar ( yoki uchastkalar) kesimida yoyiladi
..........
Izoh: Ushbu jadval moddiy javobgarlikka topshirilgan tovar moddiy qimmatliklarning turlaridan kelib chiqqan xolda oʻzgarishi mumkin
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman, okrug va uchastka saylov komissiyalari raislari (tegishlicha)
imzo
Komissiya joylashgan xududdagi tegishli tegishli hokimlik bosh hisobchilari
imzo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Smeta xarajatlarining ijrosi haqida HISOBOT 200 ___yil__________________holatiga
Boʻlim ____________ bob _________ § ________ Xarajatlar turi _____________________________________________________________
Koʻrsatkichlar
Koʻrsat- kichlar kodi
Qator k�di
Aniqlangan yillik smeta boʻyicha
Hisobot davri uchun moliyalash- tirilgan
Kassa xarajati jami
Haqiqiy xarajatlar
Ish haqi — jami (02+03+04)
01 1 00
01
Ish haqi
01 1 10
02
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida komissiya aʼzolariga kompensatsiya toʻlovlari
01 1 10
03
Hammasi I guruh boʻyicha
X
04
Ish beruvchilarning ajratmalari
02 110
05
Hammasi II guruh boʻyicha (09-qator)
X
06
Xizmat safarlari xarajatlari
01 300
07
X
Telefon, telekommunikatsiya va axborot xizmatlari xarajatlari — jami (20-21 qatorlar)
01 5 00
08
X
Telefon, telegraf xizmatlari xarajatlari
01 5 10
09
Internet Axborot va kommunikatsiya xizmatlari xarajatlari
01 5 20
10
Kompyuter texnikasi va jihozlarini joriy taʼmirlash xarajatlari
01 6 20
11
Benzin va boshqa YoMM xarajatlari
01 7 50
12
X
Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari
01 8 30
13
X
Boshqa joriy xarajatlar
01 9 90
14
Jami IV guruh boʻyicha (07+08+09+10+11+12+13+14-qatorlar)
15
Saylov komissiyasida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan (ishlatilmay qolgan) va budjetga qaytarilgan mablagʻlar
16
X
Xarajatlarning hammasi (08+10+74+75-qatorlar):
17
Rahbar ______________________
Bosh hisobchi _____________________
(imzo)
(imzo)
M.Oʻ.
“____”__________________ 200___ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 8-ILOVA
_________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tuman, shaxar, okrug) saylov komissiyalari tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan harajatlar boʻyicha
HISOBOT
ming soʻmda
T/r
Tuman va shahar xokimliklari nomi
Aniqlangan smeta boʻyicha harajatlar
Moliyalash�irildi
Kassa harajati
Xaqiqiy harajati
Budjetga qaytarilgan mablagʻ
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Xudud boʻyicha jami
Mos ravishda Tuman va shaharlar kesimida yoyiladi
..........
Izoh: Ushbu jadval Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchun aloxida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari uchun aloxida toʻldiriladi.
Moliya organlari rahbarlari (yoki okrug raislari tegishlicha)
Bosh hisobchi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 9-ILOVA
_________________________partiyasi tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari boʻyicha amalga oshirilgan harajatlar
HISOBOT
ming soʻmda
T/r
Partiya xarajatlari
Aniqlangan smeta boʻyicha harajatlar
moliyalashtirildi
Kassa harajati
Xaqiqiy harajati
MSKga qaytarilgan mablagʻ
Jami
nomzodlar soni
shundan
Jami
nomzodlar soni
shundan
Jami
shundan
Jami
shundan
Jami
shundan
umumpartiyaviy tadbirlarga
nomzodlarning shaxsiy hisobvaragʻiga
umumpartiyaviy tadbirlarga
nomzodlarning shaxsiy hisobvaragʻiga
umumpartiyaviy tadbirlarga
nomzodlarning shaxsiy hisobvaragʻiga
umumpartiyaviy tadbirlarga
nomzodlarning shaxsiy hisobvaragʻiga
umumpartiyaviy tadbirlarga
nomzodlarning shaxsiy hisobvaragʻiga
Jami xarajatlar
shundan
1.
Partiyaning markaziy kengashi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar
2.
Partiyaning hududlardagi kengashlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar
QR, Viloyatlar, Toshkent shaxri kesimida
Har bir hudud yozilganda tagiga tuman va shaharlar boʻyicha yoyilmasi koʻrsatiladi
Izoh: Ushbu jadval Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchun aloxida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari uchun aloxida toʻldiriladi.
Raxbar
Bosh hisobchi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga 10-ILOVA
_________________________ tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2019-yildagi saylov kampaniyasida amalga oshirilgan harajatlar
HISOBOT
ming soʻmda
T/r
Xarajatlar
Aniqlangan smeta boʻyicha harajatlar
Moliyalashtirildi
Kassa harajati
Xaqiqiy harajati
Budjetga qaytarilgan mablagʻ
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
1-gurux
2-gurux
4-gurux
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Ish haqi harajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa harajatlar
Jami saylov boʻyicha xarajatlar
shundan:
1.
Markaziy saylov komissiyasining markazlashgan xarajatlari
2.
Siyosiy partiyalarning Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha saylovoldi tashviqoti xarajatlari
3.
Siyosiy partiyalarning QR Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi boʻyicha saylovoldi tashviqoti xarajatlari
4.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha OSK va USK xarajatlari
5.
QR Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari xarajatlari
Izoh: Ushbu jadval Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchun aloxida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari uchun aloxida toʻldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida saylov komissiyalarining aʼzolariga ish haqi toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi 443-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-sentabrdagi 733-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2019-yil 27-maydagi 914-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻzgartirishlar kiritilgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 78-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“78. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 100-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“100. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi”.