Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 15-mh-son, 30-son qarori (roʻyxat raqami 2691, 2015-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 346-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar
roʻyxatining Psixonevrologik kasalliklar boʻlimi Kasallikning nomlanishi va patologik holatlari ustunidagi “Ruhiy kasalliklar” degan soʻzlar “Ruhiy holati buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.