1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.06.00 Koʻmir qazib olish va sotish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLARNING OʻZ XARAJATLARINI OʻZI QOPLASHIGA BOSQICHMA-BOSQICH OʻTISH MUNOSABATI BILAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Davlat uy-joy fondining fuqarolar mulkiga oʻtishi, uy-joy fondini saqlash shartlarining oʻzgarishi, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlashning oʻzini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish uchun normativ-huquqiy negiz yaratish zarurligi munosabati bilan va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi 1-ilovaga muvofiq;
kommunal xizmatlarga iqtisodiy asoslangan stavkalar va tariflarni hisoblab chiqish metodikasi 2-ilovaga muvofiq;
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha fuqarolarga imtiyozlar berish uchun uy-joyning umumiy maydoni normasi miqdorlari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqni budjetdan qoplash tartibi 4-ilovaga muvofiq;
kommunal-foydalanuvchi tashkilotlarga kommunal xizmatlar koʻrsatishdan daromad oluvchi korxonalar tomonidan binolarning ichidagi vodoprovod, kanalizatsiya, issiqlik va elektr tarmoqlari va qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash tartibi 5-ilovaga muvofiq.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy-kommunal xizmatlarni oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtkazish boʻyicha ishlarda ushbu normativ hujjatlarga amal qilsinlar.
2. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Davlat uy-joy inspeksiyasi tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
3. Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam belgilash va toʻlash toʻgʻrisida Nizomga kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlashga moʻljallangan mablagʻlarning bir qismini ushbu oilalar tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-iyul,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271 son qaroriga 1-ILOVA
Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi
I. Umumiy qoidalar
Mazkur metodika aholi tomonidan kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi va tavsiyanoma tusidadir.
Normativlar — hayot faoliyatini taʼminlash uchun aholi tomonidan xizmatlardan foydalanishning eng kam darajasi turlicha qulaylikdagi va tipdagi uy-joy fondi uchun ishlab chiqiladi.
Bular — uy-joyning umumiy maydoni doirasida aholi uchun zarur boʻlgan kommunal xizmatlardan foydalanishning joriy davrdagi eng kam hajmini tavsiflovchi koʻrsatkichlar guruhi boʻlib, aholi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan hamda kompensatsiyalar hisobidan toʻlanadi.
Normativlar darajasi — oʻzgaruvchan miqdor boʻlib, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻladi va vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda koʻpi bilan bir marta qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Normativlar miqdori — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
II. Suv taʼminoti va suv ajratish
Suv isteʼmol qilish normativi aholining fiziologik, sanitariya-gigiyenik, xoʻjalik ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan kvartira ichki suv sarflari, shuningdek, uy-joy fondi doirasida kvartiradan tashqaridagi suv sarflari va ichki sanitariya-texnika asbob-uskunalari tizimlarida isrof boʻladigan suv miqdori.
Suv isteʼmol qilish normativi turmushda suvdan foydalanishning quyidagi asosiy turlari boʻyicha bir kishiga litr/sutka hisobidagi suv sarfidan shakllanadi (taxminiy maʼlumotlar):
kir yuvish, dush, vanna
— 98,4 l/sutka
kunlik tualet (yuvinish, oyoqni yuvish)
— 28 l/sutka
ovqat tayyorlash va ichimlik sifatida foydalanish
— 10 l/sutka
pol yuvish va namiqtirib artish
— 12 l/sutka
unitazlarni yuvish
— 32 l/sutka
idish-tovoq yuvish
— 10 l/sutka
hisobga olinmagan sarflar
— 19,6 l/sutka
santexnika asboblarida isrof boʻlish
— 60 l/sutka
Jami:
— 270 l/sutka
Isteʼmol qilinadigan suv miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmol qilish normalari boʻyicha, kvartira suv oʻlchagichlari mavjud boʻlgan taqdirda esa ularning koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
Turar joylarning sanitariya- texnik jihozlanganlik darajasi
1 sutka 1 kishi hisobiga umumiy suv sarfi normasi (l/sutka)
Bir oyda bir kishi hisobiga suv isteʼmol qilish normativi (kub m/oy)
1
2
3
1.
Vodoprovod, kanalizatsiya oʻtkazilgan, vannali, markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan turar joylar
270
8,2
2.
Kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda ichki vodoprovod va rakovina (moyka)li
117
3,5
3.
Oʻshaning oʻzi, rakovina va unitazli
147
4,4
4.
Oʻshaning oʻzi, rakovina, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan turar joylar
203
6,1
5.
Oʻshaning oʻzi, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan turar joylar
233
7,0
6.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, kirxonasi boʻlgan yotoqxonalarda (yoʻlakli tizim)
140
4,2
7.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, umumiy dushli yotoqxonalarda (seksiyalar)
230
6,9
8.
Hovlidagi kolonka (krandan suv olinadigan uylar
77
2,3
9.
Oʻshaning oʻzi, yuviladigan hojatxonali
127
3,8
10.
Ichki vodoprovodli, rakovinali, moykali uylar
100
3,0
11.
Oʻshaning oʻzi, unitazli
150
4,5
12.
Mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan ichki vodoprovodli, rakovina, moyka, vanna (hammom) yoki dushli uylar
177
5,3
13.
Oʻshaning oʻzi, unitazli
227
6,9
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy fondida 1995-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra aholining xoʻjalik-ichimlik suv ehtiyojlari uchun suv isteʼmol qilishning mavjud normativlari (Uy-joy-kommunal xoʻjaligi ministrligi bilan kelishgan holda OʻzSSR Davlat narx komitetining 1979-yil 29-martdagi 68/15-son qarori bilan tasdiqlangan)
Turar joylarniig sanitariya- texnik jihozlanganlik darajasi
1 sutka 1 kishi hisobiga umumiy suv sarfi normasi (l/sutka)
Bir oyda bir kishi hisobiga suv isteʼmol qilish normativi (kub m/oy)
1
2
3
1.
Markaziy issiq suv tarmogʻiga ulangan ichki kirishli, rakovina, unitaz, vanna, dushi bor boʻlgan, kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda
350
10,64
2.
Ichki vodoprovod va rakovina (moyka) bor boʻlgan, kanalizatsiya oʻtkazilgan uylarda
117
3,5
3.
Oʻshaning oʻzi, rakovina va unitazli
147
4,4
4.
Oʻshaning oʻzi, rakovina, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan turar joylar
203
6,1
5.
Oʻshaning oʻzi, rakovina, unitaz, vanna (hammom) yoki dushli, mahalliy suv isitish priborlari boʻlgan
233
7,0
6.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, kirxonasi boʻlgan yotoqxonalarda (yoʻlakli tizim)
182
5,53
7.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan, kanalizatsiya oʻtkazilgan, yuz-qoʻl yuvgich, moyka, umumiy dushli yotoqxonalarda (seksiyali)
299
9,09
Suv ajratishning mavjud normalari
III. Issiqlik taʼminoti
1. Issiqlikdan foydalanish normativi obodonlashtirilgan uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan issiqlik energiyasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Normativ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
2. Issiqlikdan foydalanishning normativ miqdori uy ichidagi odam yashaydigan va qoʻshimcha har xil xonalarning har jihatdan qulay boʻlishini taʼminlaydigan normal haroratli boʻlishini taʼminlashi kerak.
3. Isitish:
Ehtiyojning eng kam (Q yil) normativi amaldagi (hisoblab chiqilgan) yillik issiqlik energiyasi sarfini turar joy binolari umumiy maydonini isitishga boʻlish (Q yil) yoʻli bilan aniqlanadi:
Q yil =
Q yil
1 kv. M. Ga G kal/yil,
S umumiy
bunda: S umumiy turar joy binolarining umumiy maydoni.
Issiqlikdan foydalanishning eng kam normativi darajasi joylarning oʻzida belgilanadi.
Hisob-kitob markaziy isitish xizmati uchun aholi bilan hisob-kitoblarda belgilangan tartib hisobga olingan holda bir tildagi binolar guruhi yoki umuman shahar boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Issiq suv taʼminoti:
Aholining xoʻjalik va sanitariya-gigiyena ehtiyojlariga issiq suv tayyorlash uchun talab qilinadigan issiqlik energiyasining eng kam normativi bir oyda bir kishi hisobiga issiq suv isteʼmol qilishning shakllangan normalariga muvofiq belgilanadi.
IV. Gaz taʼminoti
1. Uy-joylarda gazdan asosiy foydalanish — ovqat tayyorlash (gaz plitalari), issiq suv taʼminoti (gaz kolonkalari) va yakka tartibdagi gazli isitgichlar yordamida isitish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi 249-son qaroriga muvofiq gaz isteʼmol qilish normasi isteʼmol qilish xususiyatiga bogʻliq ravishda quyidagichani tashkil etadi:
Gaz priborlarining turlari va sarflanadigan gazning vazifasi
Oʻlchov birligi
Gaz sarfi normasi, oyiga kub. m
1.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan uylarda ovqat tayyorlanadigan roʻzgʻor gaz plitasi
1 kishi
9,0
2.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulanmagan uylarda ovqat tayyorlanadigan roʻzgʻor gaz plitasi
1 kishi
12,5
3.
Markaziy issiq suv taʼminotiga ulangan yoki issiq suv bilan vaqti-vaqti bilan taʼminlanadigan uylarda issiq suv bilan taʼminlash uchun gazli suv isitgich
1 kishi
9,0
4.
Isitish mavsumining besh oyi hisobidan, kalendar yil davomida isitgich gaz priborining turidan qatʼi nazar, uylar yakka tartibda isitilgan sharoitda gazdan bir meʼyorda foydalanish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida
1 kv. m isitiladigan maydon hisobiga
6,0
b) Toshkent shahrida va boshqa viloyatlarda
”—”
5,5
5.
Dagʻal xashak va ildizmevalilarni ivitish, shuningdek suvni chanqoqni qondirish va sanitariya maqsadlarida isitish hisobga olingan holda uy hayvonlari uchun ozuqa tayyorlash
1 bosh mol hisobiga:
ot
5,6
qoramol, shu jumladan
sigir
23,7
choʻchqa
12,5
qoʻy (echki)
2,2
6.
Issiqxonalar va oranjereyalarni avtonom suv isitgichlar, bugʻ qozonxonalari vositasida isitish
Kecha-kunduz ishlaydigan gaz qurilmaning yonadigan—eng yuqori — boʻyicha quvvati
7.
Yakka tartibdagi mehnat faoliyatida foydalaniladigan tandirlar, ovqat pishiriladigan qozonlar
Gaz yonadig an quril maning eng yuqori quvvati va shartnoma bilan belgilangan ish rejasi boʻyicha
1. Uy-joy fondida elektr energiyasini isteʼmol qilishning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
turar joy binolarini yoritish;
mayda maishiy va kichik motorli nagruzkalar;
ovqat tayyorlash;
turar joylarda havoni konditsionerlashtirish.
2. Uy-joylarni, kvartiralarni yoritish.
Turar joylarda, kvartiralarda uy-joylar va qoʻshimcha joylarni yoritishga elektr energiyasining yillik sarfi oila hisobiga (kompensatsiyalar uchun) quyidagilarga bogʻliq boʻladi:
1 kv. m. maydonda nur manbaining quvvatiga;
bir yilda chiroqlarning yonib turish soatlari miqdoriga;
ular ishining bir vaqtdaligi koeffitsiyentiga.
3. Mayda maishiy va mayda motorli nagruzka.
Isteʼmolning ushbu turi boʻyicha elektr energiyasining yillik sarfi roʻzgʻor elektr priborlari va madaniy-axborot maqsadidagi priborlarning bir oila hisobiga eng kam zarur oʻrtacha yillik miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4. Elektr energiyasidan imtiyozli tarif boʻyicha foydalanadigan aholi uchun uni isteʼmol qilish normasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli qaroriga 2-ILOVA
Kommunal xizmatlar uchun iqtisodiy asoslangan stavkalar va tariflarni hisoblash
METODIKASI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu metodika kommunal xizmatlar uchun iqtisodiy asoslangan stavkalar va tariflarni hisoblashning normativ-metodik asosi hisoblanadi.
2. Iqtisodiy asoslangan stavka va tariflar kommunal xizmatlar koʻrsatish va ularni amalga oshirish xarajatlarining hamda ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi korxonalar ishi rentabelligining asosiy koʻrsatkichlari hisoblanadi.
3. Iqtisodiy asoslangan stavka va tariflarni hisoblashning asosiy maqsadlari:
koʻrsatilgan xizmatga uning qiymatiga qarab haq toʻlashga oʻtish;
koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarni tovar sifatida baholash imkoniyati;
xizmatlarni taqsimlash va ularga haq toʻlashda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash.
4. Oʻtish davrida quyidagi tariflar guruhlarini belgilash amaliyoti saqlanib qoladi:
kommunal korxonalar boshqa korxona va tashkilotlarga xizmatlar koʻrsatganda qoʻllanadigan shartnomaviy (erkin) tariflar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan aholi uchun kommunal xizmatlarning stavka va tariflari.
5. Iqtisodiy asoslangan tarif quyidagilardan tashkil topadi:
kommunal xizmatlarning Normativ xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadigan tannarxi;
korxonalarning bir maromda faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratishga zarur boʻladigan foyda.
Kommunal xizmatlar tannarxi materiallar, elektr energiyasi, yoqilgʻi va resurslarning boshqa turlari bahosi va tariflariga, mehnatga haq toʻlash shartlariga bogʻliq boʻladi.
6. Quyidagilar iqtisodiy asoslangan tarif va stavkalarni aniqlash uchun boshlangʻich maʼlumotlar hisoblanadi:
isteʼmolchiga koʻrsatiladigan ish va xizmatlar roʻyxati;
material, mehnat va moliyaviy xarajatlar normativlari, shuningdek kommunal xizmatlardan foydalanish normativlari;
buxgalteriya hisobotlari.
Normativlar boʻlmaganda yoki ular mavjud shart-sharoitlarga muvofiq kelmaganda xizmatlar tannarxi haqiqiy xarajatlar boʻyicha hisoblab chiqiladi va u xizmatlardan foydalanuvchilar bilan kelishib olinishi kerak.
II. Kommunal xizmatlar tannarxini hisoblash metodikasi
7. Suv, issiqlik, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, kanalizatsiya tarmogʻi boʻlmagan uy-joy fondida suyuq iflosliklarni tashib ketish boʻyicha tannarx xarajatlarining asosiy moddalari quyidagilar hisoblanadi:
materiallar;
yoqilgʻi;
elektr energiyasi;
mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar;
amortizatsiya (eskirish);
tuzatish va texnik xizmat koʻrsatish;
avariya-tiklash ishlarini amalga oshirish;
boshqa bevosita xarajatlar;
tarmoq xarajatlari.
8. Xizmatlar tannarxini aniqlashda xarajatlar tarkibiga aholiga xizmatlarni koʻrsatish va sotishni taʼminlaydigan ishlarning butun texnologiya sikliga qilingan xarajatlarni kiritish zarur.
Masalan: suv taʼminoti xizmatlari tannarxiga suv chiqarish inshootlariga, nasos stansiyalariga, tozalash inshootlariga, muhandislik tarmoqlariga, shu jumladan uy ichidagi tarmoqlarga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha xarajatlar kiradi.
9. Xizmatlar tannarxi xizmatlarning material manbai birligi hisobiga aniqlanadi:
suv taʼminoti boʻyicha — kub m;
kanalizatsiya boʻyicha — kub m;
issiqlik taʼminoti boʻyicha — Gkal;
elektr taʼminoti boʻyicha — kVt s;
gaz taʼminoti boʻyicha — kub m.
Kommunal xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi, ularning tavsifi va mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qaroriga 3-ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan fuqarolarga kompensatsiyalar berish uchun uy-joy umumiy maydoni normasi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom uy-joyning sifati va ijtimoiy holatiga qarab uy-joy-kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan kompensatsiyalar berish uchun uy-joy umumiy maydoni normalarini hisoblash tartibini belgilaydi.
Uy-joy umumiy maydoni normasi — bu bir kishi hisobiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni miqdoridir. Shunga koʻra fuqarolarning alohida toifalariga kommunal xizmatlar va xizmat koʻrsatish, uy-joyni tuzatishga oid xarajatlar toʻlovi yuzasidan kompensatsiyalar beriladi.
Uy-joy umumiy maydonining normasi oila tarkibi va sanitariya-gigiyena normalari hisobga olingan holda ushbu hududdagi aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi miqdorida belgilanadi.
Uy-joy umumiy maydoni normasi miqdorini belgilashda alohida holatlarni hisobga olish zarur. Masalan, pensionerlar, nogironlar hisoblanadigan yolgʻiz fuqarolar va qoʻshimcha maydonlardan foydalanish huquqini beradigan kasallikka chalingan boshqa shaxslar uchun, ularning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, umumiy maydonning normasi amalda egallab turilgan bir xonali kvartira maydoni miqdorigacha koʻpaytirilishi mumkin.
Mahalliy hokimiyat organlarining qaroriga koʻra uy-joyning umumiy maydoni normasi boshqa xil mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
Uy-joy umumiy maydoni normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi va vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Bir kishiga toʻgʻri keladigan umumiy maydonning kvadrat metrlar hisobidagi uy-joy umumiy maydoni normasi kommunal xizmatlarning alohida turlaridan foydalanish normativlarini hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qaroriga 4-ILOVA
Aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridan farqlarni budjetdan qoplash
TARTIBI
Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha respublika hududida aholiga koʻrsatilayotgan, ular uchun toʻlovlar kommunal korxonalarning haqiqiy xarajatlarini qoplamaydigan asosiy kommunal xizmatlar (gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv va kanalizatsiya) uchun ishlab chiqilgan.
Kommunal korxonalarning aholiga gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrgan zararlari (xizmatlar xarajatlarining olingan daromadlardan ortib ketishi) boshqa isteʼmolchilar (xalq xoʻjaligi tarmoqlariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun erkin tariflarni belgilash yoʻli bilan ular olayotgan daromadlar hisobiga qoplanadi.
2. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan.
Xarajatlarning fuqarolar mablagʻlari bilan qoplanmaydigan qismini qoplash tartibi
3. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi:
viloyat hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farq;
mahalliy hokimiyat organlarining xususiylashtirilgan va xususiylashtirilmagan uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlarining bir qismi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari korxonalari tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) budjetdan qoplash mazkur energiya korxonaning oʻzi tomonidan ishlab chiqarilganligi yoki chetdan erkin beriladigan narxlarda sotib olinganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi;
b) fuqarolar mablagʻlari bilan qoplanmaydigan, budjetdan qoplanadigan tariflardagi farqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
isteʼmolchilarga beriladigan issiqlik energiyasi uchun shartnoma tarifi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-fevraldagi 54-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda tasdiqlangan belgilab qoʻyilgan tarif oʻrtasidagi farq;
aholi isteʼmol qiladigan kimyoviy tozalangan suv hajmining tannarxi;
issiqlik taʼminoti korxonalarining respublika qonunchiligiga muvofiq fuqarolar ayrim toifalariga kommunal xizmatlar toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlardan koʻradigan zararlari;
v) viloyat hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari tasarrufida boʻlmagan korxonalar va tashkilotlar aholiga issiqlik energiyasini belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha berishdan koʻrgan zararlarini asosiy faoliyat natijalariga kiritadilar.
5. Mahalliy hokimiyat organlarining xususiylashtirilgan va xususiylashtirilmagan uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va ularni saqlash uchun xarajatlar ulushi quyidagi tartibda qoplanadi:
a) kvartira egalari va kvartirani ijaraga oluvchilarning uy-joy fondiga texnik xizmat koʻrsatish va uni tuzatish xarajatlarining qoplanishi lozim boʻlgan umumiy summasini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
turar joy uylaridagi turar joy hisoblanmaydigan joylarni ijaraga berishdan ijarachilardan olinadigan shu uylardan foydalanish va ularni tuzatish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladigan yigʻimlar. Bunda mazkur xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladigan yigʻim summasi turar joy tashkilotlari tomonidan ijarachilar egallab turgan umumiy maydonga qarab aniqlanadi;
uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash va tuzatish xarajatlarining kommunal korxonalar tomonidan qoplangan summalari;
b) uy-joy fondining mukammalligi va obodonlashtirilganligiga qarab, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha kontrakt (shartnomaga koʻra amalga oshiriladigan ishlar roʻyxatidan kelib chiqib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumiy maydonning bir kvadrat metri uchun toʻlovning aniq stavkalarini belgilaydilar;
v) ushbu xizmatlar boʻyicha fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ham budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
6. Oʻz balanslarida oʻzlariga qarashli uy-joy fondi boʻlgan vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan kvartira egalari va ijarachilarning turar joy kvartiralari boʻyicha ularni saqlashga oid xarajatlar ulushi ularning moliyaviy resurslari hisobiga qoplanadi.
Qoplash summalarini mablagʻ bilan taʼminlash va hisobotda aks ettirish tartibi
7. Xarajatlarni qoplash uchun moliya organlari yilning joriy choragi uchun aniqlangan prognoz budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar summasidan uchdan bir qismini avans tariqasida shu oyning 15-kunidan kechiktirmay kommunal korxonalarga oʻtkazadilar.
8. Issiqlik taʼminoti korxonalari va kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha aholiga berilgan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni va kvartira egalari hamda kvartira ijarachilari uy-joylarga xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlari ulushlarini qoplash uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitoblarini tegishli moliya organlariga taqdim etadilar (hisob-kitob shakllari ilova qilinadi).
Hisob-kitoblarda budjet mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlar yil boshidan oʻsuvchi yakunda koʻrsatiladi.
9. Kommunal korxonalar taqdim etgan hisob-kitoblar asosida moliya organlari 5 kun mobaynida, ilgari oʻtkazilgan avanslarni nazarda tutgan holda, budjet mablagʻlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlaydilar.
Oʻtkazilgan avans hisob-kitobga koʻra aniqlangan haqiqiy ehtiyojdan ortiq boʻlgan taqdirda, ortiqcha oʻtkazilgan summa xarajatlarni boʻlajak mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga oʻtkaziladi, va aksincha, xarajatlarning avans bilan qoplanmagan qismi budjetdan qoplanadi.
10. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar xarajatlarining aholi tomonidan qoplanmaydigan, budjetdan toʻlanishi lozim boʻlgan qismi buxgalteriya hisobotida 3-grafa 036-qator boʻyicha yoziladigan 2-son “moliyaviy natijalar va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot” shaklida:
kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlarida “Kvartira egalari va kvartira ijarachilarining turar joyga xizmat koʻrsatish va uni saqlash xarajatlarini budjetdan qoplash”;
viloyat hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari issiqlik taʼminoti korxonalarida “Aholi tomonidan isitish va issiq suv taʼminoti maqsadlarida foydalanilgan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni qoplash”da aks ettiriladi.
11. Kommunal-uy-joydan foydalanish korxonalari budjetdan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda olingan summalarni 51-“Hisob-kitob schyoti” schyoti debeti va 68-Budjet bilan hisob-kitoblar” schyotining krediti boʻyicha alohida quyidagi:
kommunal-uy-joydan foydalanish korxonalarida “Kvartira egalari va kvartira ijarachilarining turar joyga xizmat koʻrsatish va uni saqlash xarajatlari qismini budjetdan qoplash”;
viloyat hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari issiqlik taʼminoti korxonalarida “Aholi tomonidan isitish va issiq suv taʼminoti maqsadlarida foydalanilgan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni qoplash” subschyotida aks ettiradilar.
Budjetdan qoplanishi lozim boʻlgan kompensatsiya summalari xuddi mana shu subschyotda 68-“Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti debeti va 46-“Mahsulotni sotish” schyoti krediti boʻyicha aks ettiriladi.
12. Aholiga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini budjetdan qoplash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning toʻgʻriligi uchun kommunal korxona rahbari va bosh buxgalteri shaxsan javob beradilar.
13. Moliya organlari yiliga kamida bir marta issiqlik taʼminoti korxonalarida va uy-joy tashkilotlarida issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni hamda kvartira egalari va kvartira ijarachilarining turar joyga xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlari ulushini qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanganlikni hujjatli tekshirishni amalga oshiradilar.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
15. Qoidalarni buzish, budjet mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliya organlari, viloyat hududiy-kommunal xizmat koʻrsatish birlashmalari ularni bartaraf etish va notoʻgʻri foydalanilgan mablagʻlarni budjetga qaytarish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
Bunda boshqa maqsadlarda foydalanilgan qoplash va kompensatsiya summalari moliya organlari tomonidan muqarrar tartibda undirib olinadi va ayni bir vaqtda mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻygan korxonaga xuddi shu summada jarima solinadi. Jarima korxonaning moliyaviy holatidan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng korxona ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan undiriladi.
Yilning 1 choragi (1-yarim yillik, 9 oy, yil) koʻrsatkichlari
1.
Jami issiqlik energiyasi
shu jumladan:
Gkal
a) ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi
Gkal
b) chetdan olingan issiqlik energiya
Gkal
2.
Berilgan issiqlik energiyasi hammasi,
shu jumladan:
a) aholiga
Gkal
b) boshqa isteʼmolchilarga
Gkal
3.
Foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov taqdim etilgan (QQSsiz) — hammasi,
ming soʻm
shu jumladan:
a) aholiga
ming soʻm
b) boshqa isteʼmolchilarga
ming soʻm
4.
Quyidagilarga beriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun shakllangan oʻrtacha tarif:
soʻm
a) aholiga (3a-band : 2a-band)
soʻm
b) boshqa isteʼmolchilarga
(3b-band: 2b-band)
soʻm
5.
Tariflardagi farq
(4b-band 4a-band)
soʻm
6.
Aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi boʻyicha tariflardagi qoplanadigan farq summasi (2a-band x5-band)
ming soʻm
7.
Budjetdan qoplanishi lozim
ming soʻm
(6-band 9-band)
8.
Amalda qoplangani
ming soʻm
9.
Natija. Quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
qoʻshimcha oʻtkazish
ming soʻm
budjetga qaytarish yoki boʻlajak xarajatlarni qoplashga oʻtkazish
ming soʻm
Rahbar
Bosh buxgalter
199 yil ____________________________________ da (yil choragi, yarim yillik, 9 oy, yil) aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash HISOB-KITOBI
Yilning birinchi choragi (birinchi yarim yillik, 9 oy, yil) uchun
1.
Tuzilgan shartnomalar (kontraktlarga muvofiq turar joy uylarining va boshqa xonalarning umumiy maydoni xizmat koʻrsatish uchun qabul qilindi— jami
ming kv, m
ulardan:
a) kvartira egalari va kvartirani ijaraga olganlarga tegishli
—”—
b) tashkilotlar, muassasalar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan ijaraga olganlarga tegishli
—”—
2.
Turar joyga xizmat koʻrsatish va uni saqlash harajatlari
ming soʻm
3.
Umumiy maydonning bir kv. metri uchun xarajatlar (1-band)
ming soʻm
4.
Ijarachilar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan qoplanadigan xarajatlar (1-band X 3-band)
ming soʻm
5.
Turar joy tashkilotlari harajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda yoʻnaltiriladigan boshqa daromad manbalari
ming soʻm
6.
Uy egalari va kvartira ijarachilarining uy-joylariga xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlari (2-band— 4-band—5-band)
ming soʻm
7.
Uy egalari va kvartira ijarachilari tomonidan toʻlanadi
ming soʻm
8.
Budjetdan qoplanishi lozim — jami (8a-band+8b-band), ulardan:
—”—
a) uy-joylarga xizmat koʻrsatish va saqlash (6-band X № *) : 100
ming soʻm
b) fuqarolarning alohida toifalariga berilgan imtiyozlarni qoplash summasi
—”—
9.
Amalda qoplangani
—”—
10.
Quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
— qoʻshimcha ravishda qoplash
—”—
— boʻlajak xarajatlar hisobiga oʻtkazish
—”—
Rahbar
Bosh buxgalter
199 yil___________________________________________ dagi (1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr va 1-yanvar) holatga koʻra uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash xarajatlarini budjetdan qoplash HISOB-KITOBI
1 kv. m. foydali maydonga xizmat koʻrsatish tarifi
Alohida fuqarolarga qoʻllaniladigan imtiyozli tarifi
Summa ming soʻm
Xizmat koʻrsatishga qabul qilingan imtiyozli maydon
x
x
x
x
100 foiz
50 foiz
30 foiz
Jami qoplanishi lozim
Rahbar
Bosh buxgalter
199 yil __________________________________________da (yilning 1 choragi, yarim yilligi, 9 oyligi, yil) Fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berilishi munosabati bilan turar joy tashkilotlarining kamayadigan daromadlarini qoplash HISOB-KITOBI
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qaroriga 5-ILOVA
Kommunal xizmatlarni sotishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlariga binolar ichidagi vodoprovod, kanalizatsiya, issiqlik va elektr taʼminoti tarmoqlari hamda qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
1. Kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlarining turar joyga egalikning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, binolar ichidagi vodoprovod, kanalizatsiya, issiqlik va elektr taʼminoti tarmoqlari hamda qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari qoplanishi lozim boʻlib, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ishchilarga ish haqi toʻlovlari sarfi, shu jumladan mukofotlar;
b) mehnat haqi fondidan ijtimoiy sugʻurta fondiga, kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, ish bilan taʼminlash fondiga, mahalliy budjetga tegishli davlat boshqaruv organlari belgilagan stavkalardagi ajratmalar;
v) materiallar va ehtiyot qismlarga qilingan sarflar;
g) maxsus kiyim-bosh, asboblar va inventarning eskirishi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha xarajatlar.
2. Tarmoqlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlar tegishli tarmoqlar va qurilmalar bilan jihozlangan 1 kv. m turar joy maydoni hisobidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
3. Uy ichidagi tarmoqlarga (gaz taʼminoti tarmoqlaridan tashqari) texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash miqdori 1991-yil dekabr oyidagi narxlardagi qoplash miqdori bazis qiymatini uy ichidagi tarmoqlarni joriy tuzatish ishlarining qimmatlashish koeffitsiyentiga koʻpaytirib aniqlanadi.
4. Har bir kvadrat metr turar joy maydoniga 1991-yil dekabr oyidagi narxlarda qoplash miqdorining bazis qiymati:
1) vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaliklari boshqarmalari uchun kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlariga:
a) vodoprovod, kanalizatsiya, vanna (yoki dush) va issiq suv taʼminoti bilan jihozlangan kvartiralarda oyiga 6,0 tiyinni, shu jumladan 0,4 tiyin issiq suv bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan qoplanadi;
b) markaziy issiq suv taʼminoti boʻlmagan vodoprovod, kanalizatsiya, vanna (dush) bilan jihozlangan kvartiralarda oyiga 6,0 tiyinni;
v) vanna (yoki dush) boʻlmagan vodoprovod va kanalizatsiya bilan jihozlangan kvartiralarda oyiga 5,0 tiyinni;
g) kanalizatsiya boʻlmagan (yoki mahalliy kanalizatsiyali) vodoprovodli kvartiralarda oyiga 2,0 tiyinni;
2) elektr taʼminoti tashkilotlari uchun uy ichidagi va elektr tarmoqlaridan foydalanish xarajatlarini kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlariga qoplashga:
a) elektr simlari koʻrinmaydigan qilib oʻtkazilgan uylarda oyiga 0,7 tiyinni;
b) elektr simlari koʻrinadigan qilib oʻtkazilgan uylarda oyiga 0,5 tiyinni;
3) issiqlik taʼminoti tashkilotlari uchun kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlariga markaziy isitishning uy ichidagi tarmoqlaridan foydalanish xarajatlarini qoplash turar joy maydonining har bir kvadrat metriga oyiga 1,9 tiyinni yoki yiliga 23,0 tiyinni tashkil etadi.
5. Uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va asbob-uskunalarni joriy tuzatish ishlarining qimmatlashish koeffitsiyenti kommunal-uy-joydan foydalanish tashkiloti tomonidan uy ichi tarmoqlari va asbob-uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish shartnomalarini tuzish vaqtida qurilish materiallarining shakllangan narxlari, ish haqi va boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
6. Hisob-kitob vaqtida qoplash miqdori shakllangan narxlar va korxonalarning xarajatlarini hisobga olib amalga oshiriladi. Uy ichi tarmoqlari va qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatganlik uchun qoplash miqdorining hajmi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan tasdiqlanadi hamda yil davomida inflyatsiyaning, ish haqi, qurilish materiallari, asbob-uskunalar va yonilgʻi-energetika resurslari qiymatining oʻsishini hisobga olib qayta koʻrib chiqiladi.
7. Xarajatlarni qoplash summalarini hisoblashda faqat xizmatlarning mazkur turi bilan taʼminlangan turar joy maydoni eʼtiborga olinadi.
III. Xarajatlarni qoplash
8. Uy ichi tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash vodoprovod, issiqlik taʼminoti, elektr taʼminoti va boshqa korxonalar tomonidan kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlariga uy xoʻjaligi ehtiyojlarida foydalanilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi uchun taqdim etiladigan schyotlarni hisoblash (qoplanadigan summalar alohida satr bilan koʻrsatiladi) yoki kommunal xizmat koʻrsatuvchi kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari va korxonalariga toʻlov talabnoma-topshiriqlarini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9. 8-bandda koʻrsatilgan hisoblash yoki toʻlov talabnoma-topshirigʻi boʻyicha toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda korxona toʻlov muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun shartnomada belgilangan penyani, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa jarimani ham toʻlaydi.
IV. Pudrat-kommunal-uy-joydan foydalanish tashkiloti tomonidan bajariladigan uy ichi muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari va asbob-uskunalarni joriy tuzatish ishlari asosiy turlarining roʻyxati
10. Markaziy isitish.
Uy ichidagi tarmoqlar (magistral, tirgak (stoyak)lar, shoxobchalarga, turar joyni boshqarish uzeli asboblariga texnik xizmat koʻrsatilishi kerak.
Joriy tuzatish ishlariga tarmoqlar va asbob-uskunalar profilaktikasi hamda mavjud tarmoq va asbob-uskunalarning 20 foizgachasini qisman almashtirish:
quvurlar, tirgak va boshqarish armaturalarining ayrim qismlarini, umumiy foydalanish joylaridagi isitish asboblari seksiyalarini almashtirish;
quvurlar, asboblar, kengaytirish baklari, pantuzlarni oʻrash;
buzilgan issiqlik izolyatsiyasini tiklash;
isitish tizimlarini gidravlik sinash va yuvish;
isitish asboblarini yuvish (tirgak boʻyicha);
isitish tizimlarini tartibga solish va sozlash;
kam quvvatli ayrim elektr motor yoki nasoslarni almashtirish kiradi.
11. Issiq va sovuq suv taʼminoti, kanalizatsiya.
Uy ichi issiqlik taʼminoti tarmogʻiga boshqarish uzelidan, sovuq suv taʼminoti tarmogʻiga suv oʻlchagichdan va kanalizatsiyaga uyning birinchi qudugʻidan boshlab texnik xizmat koʻrsatilishi kerak:
birikish joylarini mustahkamlash, suv oqib turgan joylarni tuzatish, quvurlarni mustahkamlash, oʻrash, suv quvurlarining ayrim qismlarini, shakldor qismlarni, sifonlar, traplarni almashtirish, quvurlarning buzilgan issiqlik izolyatsiyalarini tiklash, tizimlarni gidravlik sinash, toʻlib tiqilib qolgan quvurlarni, kanalizatsiyaning hovlidagi qismini birinchi quduqqacha tozalash, drenajni tozalash;
ayrim suv taqsimlagich joʻmraklarni, armaturaning normativ xizmat muddati tugagan hollarda tirgak armaturasini almashtirish;
ichki oʻt oʻchirish joʻmraklarini almashtirish;
kam quvvatli ayrim nasoslar va elektr motorlarni tuzatish va almashtirish;
drenajni tozalash;
zanglashga qarshi qoplash, markirovkalash;
vodoprovod, kanalizatsiya va issiq suv taʼminoti tizimlarini yuvish.
12. Elektr tarmogʻi.
Uy ichki elektr tarmoqlariga asosiy shchitdan boshlab to har bir kvartira elektr schyotchigigacha texnik xizmat koʻrsatilishi kerak:
bino elektr tarmogʻining buzilgan qismlarini almashtirish, shuningdek yangilarini oʻrnatish;
kvartira ichidagi taʼminot guruh liniyalari, oʻrnatilgan elektr plitalarning shikastlangan qismlarini almashtirish;
buzilgan viklyuchatel, shtepsel, rozetkalar va boshqalarni (turar joy kvartiralaridan tashqari) almashtirish;
ishdan chiqqan yoritgichlar, shuningdek toʻsiq chiroqlari va bayram illyuminatsiyalarini (kvartiradan tashqari) almashtirish;
binolarni yoritishning avtomat yoki masofadan boshqarish fotoviklyuchatellari, vaqt relesi va boshqa qurilmalarini almashtirish hamda oʻrnatish;
texnik qurilmalar elektr uskunalarining elektr dvigatellari va ayrim qismlarini almashtirish;
oʻrnatilgan elektr plitalarning ishdan chiqqan konforkalari, pereklyuchatellari, qizdirish shkafi isitgichlarini va boshqa almashtiriladigan elementlarini almashtirish;
markaziy isitish va suv taʼminoti metall quvurlarini zanglashdan elektr vositasida himoyalash qurilmalarini tuzatish.
13. Mazkur tartibning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, turli nom va mulkchilik shakllaridagi hamda korxonalarning uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va texnik foydalanish bilan shugʻullanuvchi barcha kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlariga joriy qilinadi.