Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2558, 2014-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 3-bandning
beshinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan va davlat qoʻmitasi vakili boshchilik qiladigan Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
3.
10-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.