1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xoʻjalik funksiyalarini birga qoʻshib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ijtimoiy taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotganligiga, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga, qabul qilinayotgan qarorlar sifatining pastligiga olib kelayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni taʼminlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga boʻlgan talablarni belgilovchi toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir kuchiga ega qonun mavjud emas.
Davlat fuqarolik xizmati masalalari boʻyicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari oʻz vaqtida egallanishiga yoʻl qoʻymayapti.
Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida koʻtarilib borishni taʼminlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan.
Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yoʻq qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishning munosib darajasini kafolatlash choralari joriy etilmagan.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
1. Belgilansinki:
oʻz faoliyatini Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi;
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan oʻrnatilgan tartibda davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimini egallashi mumkin;
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanadi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
2. Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin:
kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini qoʻllash;
kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilarini toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat karyerasining lavozim pogʻonalaridan bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatining “karyera modeli”ni joriy etish;
nomzodning barcha fazilatlari va ustunliklarini, shu jumladan uning maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini obyektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish;
davlat organi va tashkiloti darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar), xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashga nisbatan unifikatsiyalashtirilgan talablar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish;
milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga eng malakali nomzodlarni saralab olish uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb etish va zamonaviy autsorsing shakllaridan foydalanish;
davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, ularni oʻz kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) tashkil qilinsin, u davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi bir vaqtning oʻzida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori hisoblanadi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
4. Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining gʻoyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish;
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
5. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimi kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga oʻtkazilsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida yuridik shaxs tuzmagan holda Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilinsin.
davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimidan foydalanish, texnik qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda tajriba orttirishlarini, shuningdek, geraldika fani rivojlanishi bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida oʻqitish tadbirlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qaroriga binoan har oylik ustamalarni toʻlash;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
9. Quyidagilar belgilansin:
a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno:
2020-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tartibida, 2-ilovaga muvofiq butun vertikal boʻylab — davlat boshqaruvi organlarida va hududlardagi barcha davlat tashkilotlarida;
2021-yil 1-yanvardan boshlab — davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida;
b) ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas;
v) davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishib olinishi lozim;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
d) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar boʻlinmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
e) davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining rahbarlari:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq:
davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30 — 60 soatli) malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi shart;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish qonun bilan belgilanadigan tartibda ajratiladigan Jamgʻarmaning grant mablagʻlari, davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tegishli davlat organi va tashkilotining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchisining ish joyidagi lavozimi, oʻrtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlab qolinadi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga oʻrgatishni tashkil etishga shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, belgilangan tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat taʼlim muassasalari jalb etiladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish boʻyicha xizmatlarning davlat xaridlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish boʻyicha respublika “Taraqqiyot” tanlovini oʻtkazish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
respublika oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan majburiy tartibda kelishib olinadi.
11. Barcha darajalardagi davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat huquqlariga soʻzsiz rioya etish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish holatlariga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini obroʻsizlantiradigan boshqa xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida qattiq ogohlantirilsin.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mazkur band talablariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin va ushbu talablarning buzilishiga yoʻl qoʻyadigan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflar kiritsin.
12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-oktabr,
PF-5843-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5843-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
DASTURI
T/r
Hal etilishi lozim boʻlgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Moliyalashtirish manbai
Ijro etish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimining konseptual asoslarini ishlab chiqish
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini xorijiy ekspertlarning tavsiyalari va keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomillashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatining asosiy tushunchalari, reglamentlari va kafolatlarini qonun bilan mustahkamlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
Talab etilmaydi
2020-yil 1-fevral
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar
2.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish:
mamlakatni innovatsion rivojlantirishning uzoq istiqbolga moʻljallangan maqsad va vazifalariga mos, davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining gʻoyaviy platformasini yaratish;
tabaqalashtirilgan yondashuvni inobatga olgan holda, xodimlarni integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida boshqarish va faoliyatini baholashning zamonaviy usullarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qoʻllash orqali har yerda tatbiq etish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida korrupsiyaga qarshi madaniyatni va korrupsiyaga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish;
istiqbolli va iqtidorli shaxslarni, ayniqsa, yoshlar orasidan izlab topish va saralab olish, davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini (mahallalarni) keng jalb qilish orqali ushbu jarayonda gender tengligini taʼminlash;
taʼlim muassasalarida tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish;
yosh kadrlar uchun davlat organlari va tashkilotlaridagi tajribali rahbarlar va mutaxassislar tomonidan ustozlik institutini joriy qilish;
davlat fuqarolik xizmatida islohotlarni amalga oshirish boʻyicha eng muhim prognoz koʻrsatkichlarni va ularni taʼminlash mexanizmlarini tasdiqlash, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy taʼminlash, ularning hayoti va salomatligini davlat tomonidan majburiy sugʻurtalash;
davlat fuqarolik xizmatchilarini rotatsiya qilish va xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish mexanizmini joriy qilish;
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2020-yil 1-aprel
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirliklar va idoralar
II. Kadrlar siyosati sohasida va davlat fuqarolik xizmati tizimida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
3.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozimlarini vakolatlarga (siyosiy, maʼmuriy va texnik) va ularning darajalariga (milliy, respublika, viloyat va tuman (shahar) qarab tasniflash asosida Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini tasdiqlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2019-yil 1-dekabr
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
4.
Kadrlarni markazlashtirilgan tarzda tanlov asosida saralab olish, davlat fuqarolik xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat pogʻonalarida oʻsishini monitoring qilish va qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga olgan Milliy kadrlar zaxirasi tizimini shakllantirish va faoliyat yuritish tartibini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2019-yil 1-dekabr
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
5.
Davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bilan ishlash boʻlinmalarining nomlanishi, ularning tuzilmasi, shtatlari soni, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini aniqlashga qoʻyiladigan unifikatsiyalashtirilgan talablarni belgilash.
Vazirlar Mahkamasi qarori
Talab etilmaydi
2019-yil 1-dekabr
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi
6.
Quyidagilarni:
“boshqaruv xodimlari” va “ishlab chiqarish xodimlari” tushunchalarini davlat fuqarolik xizmatchisi toifasiga oʻtkazish, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar yagona yondashuvni taʼminlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlaridagi tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomini unifikatsiyalashtirishni nazarda tutuvchi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari klassifikatorining tuzilmasini (matritsasini);
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar davlat fuqarolik xizmatchilarining egallab turgan lavozimi va malaka martabasi (darajasi) uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan ustamalarning aniq miqdorlarini hisobga olgan holda yagona bazaviy lavozim maoshlarini;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ishchilarning oylik mehnat haqi fondiga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan belgilanishi mumkin boʻlgan shaxsiy ustamalarning eng koʻp miqdorini tasdiqlash.
Aholi soni, iqlim sharoitlari va boshqa tabaqalashtiruvchi omillarni hisobga olgan holda mehnatga haq toʻlash miqdorlarini belgilashga unifikatsiyalashtirilgan yondashuvlar asosida mehnatga haq toʻlash boʻyicha viloyatlar va tumanlar guruhlarini qayta koʻrib chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2019-yil 1-dekabr
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi
7.
Davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlarini egallash uchun tanlovlar oʻtkazishning yagona tartibi va talablarini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2019-yil 1-dekabr
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
8.
Davlat fuqarolik xizmatchilariga ularning mehnat staji, egallab turgan lavozimi, kasbiy sifatlari, alohida xizmatlari, murabbiylik sifatlari, shuningdek, malaka oshirish boʻyicha imtihon natijalarini hisobga olgan holda malaka martabalarini (darajalarini) berish tartibini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2020-yil 1-yanvar
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi
9.
Uzoq muddatli oʻqitish kurslari hajmini maqbullashtirish va qisqa kurslarni keng joriy etishga eʼtibor qaratishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini takomillashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2020-yil 1-yanvar
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
10.
Davlat xizmatini tashkil etishga qoʻyiladigan yangi talablarni inobatga olgan holda davlat maxsus xizmatini oʻtash masalalarini muvofiqlashtiruvchi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Normativ-huquqiy hujjatlar
Talab etilmaydi
2020-yil 1-yanvar
Xavfsizlik kengashi apparati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari
11.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining, shu jumladan xorijda malakasini oshirish, ularni imtihondan oʻtkazishni tashkil qilish tartibini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Talab etilmaydi
2020-yil 1-fevral
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi
12.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan davlat fuqarolik xizmatchisi sifatida ishlagan fuqarolarga pensiya imtiyozlarini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Talab etilmaydi
2020-yil 1-fevral
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi
13.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish sohasida xizmat koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim muassasalarini litsenziyalash tartibini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
Talab etilmaydi
2020-yil 1-fevral
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi
14.
Davlat xizmatchilari tomonidan daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiyalashni bosqichma-bosqich joriy qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Talab etilmaydi
2020-yil 1-iyun
Moliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi
III. Davlat fuqarolik xizmati tizimining salohiyatini yuksaltirish
15.
Milliy kadrlar zaxirasi, vakant lavozimlar va ularga tayinlash uchun oʻtkazilayotgan tanlovlar, davlat organlari va tashkilotlarining son va sifat tarkibi toʻgʻrisida axborot maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimini yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Texnik topshiriq
Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish
Talab etilmaydi
Talab etilmaydi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari
2019-yil 1-dekabr
2019-yil 1-dekabr
2020-yil 1-mart
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
16.
Davlat fuqarolik xizmati va geraldika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari roʻyxatini shakllantirish, ushbu roʻyxat asosida Oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga yangi istiqbolli mutaxassisliklarni kiritish.
Tahliliy maʼlumotnoma va takliflar
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
2020-yil 1-fevral
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Mehnat vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
17.
Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimini Oʻzbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Yagona milliy mehnat tizimi, davlat organlari va tashkilotlarining boshqa axborot tizimlari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Personallashtirish markazining axborot tizimlari bilan integratsiyalash.
Texnik
chora-tadbirlar kompleksi
Talab etilmaydi
–
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi
18.
Istiqbolli kadrlarni Milliy kadrlar rezerviga qoʻshish uchun tanlov saralashlarini tashkil qilish.
Amaliy
chora-tadbirlar kompleksi
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
2020-yil 1-mart
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi
19.
Tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda respublika, viloyat va tuman darajasidagi davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.
Reja-jadval
Talab etilmaydi
2020-yil 1-aprel
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, masʼul vazirlik va idoralar
20.
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish uchun grantlar ajratish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
2020-yil 1-aprel
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
21.
Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida yaqin xorijiy mamlakatlar bilan davlat xizmatini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish boʻyicha mintaqaviy platforma yaratish.
Ijrochilarning qarori
Talab etilmaydi
2020-yil 1-aprel
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
22.
Davlat fuqarolik xizmati va geraldika fanini rivojlantirish sohasida tadqiqotlar olib borish, shu jumladan xorijga chiqib xalqaro tajribani oʻrganish uchun davlat grantini olish boʻyicha respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish.
Ijrochilarning qarori
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
2020-yil 1-may
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
23.
Tanlov saralashlari natijalari hamda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar zaxirasini integratsiyalash asosida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Texnik
chora-tadbirlar kompleksi
Talab etilmaydi
2020-yil 1-dekabr
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar
24.
Istiqbolli davlat fuqarolik xizmatchilari hamda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarning, shu jumladan xorijiy stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha milliy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish.
Stajirovka dasturlari
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Har chorakda
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, masʼul vazirlik va idoralar
25.
Malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashovchi vatandoshlarni va xorijiy davlatlarning fuqarolarini saralab olish hamda davlat organlari va tashkilotlarida ishlash uchun jalb etish boʻyicha faoliyatni tashkillashtirish.
Monitoring,
muzokaralar
Talab etilmaydi
Har chorakda
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Komissiya*
26.
Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimini ishlatish va texnik qoʻllab-quvvatlash sohasida mutaxassislarni tayyorlash va oʻqitish boʻyicha metodik materiallar tayyorlash, shuningdek, seminar-treninglar oʻtkazish.
Ijrochilarning qarori
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Har chorakda
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
27.
Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat fuqarolik xizmati va geraldikani rivojlantirish sohasidagi masalalarni muhokama qilish va tajriba almashish boʻyicha respublika va xalqaro darajadagi tadbirlarni (konferensiyalar, simpoziumlar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va boshqalar) tashkil etish.
Ijrochilarning qarori
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Har yili
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
* — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi va Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish komissiyasi.