Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari, direksiyalar, injiniring kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda yagona buyurtmachi xizmatlari deb ataladi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-maydagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlarining
izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.