toggle_night_mode
Hujjat 11.09.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
933-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) 38 va 39-moddalariga muvofiq (siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovida ishtirok etish uchun qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda ishtirok etishga ijozat olish va deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiyalar tomonidan saylovchilarning qoʻllab-quvvatlovchi imzolarini toʻplash talab etilmaydi.
2. Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan va oʻzining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini toʻplagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.
Bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya tegishincha imzolar umumiy sonining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.
II bob. Siyosiy partiyalar tomonidan imzolar toʻplash
3. Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingandan keyin MSK tomonidan siyosiy partiyalarga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
4. Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyaning ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash uchun har bir siyosiy partiyaga qirq sakkiz ming imzo toʻplash imkonini beradigan (imzo varaqalarini buzib qoʻyilishi, toʻliq toʻldirilmasligini inobatga olgan holda hamda siyosiy partiyalarga qoʻshimcha imkoniyat yaratish maqsadida) imzo varaqalari blankalari beriladi.
Siyosiy partiyalar soʻroviga koʻra, imzo toʻplash uchun qoʻshimcha imzo varaqalari blankalari berilishi mumkin.
5. Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishga haqli.
6. Imzolar toʻplanishini tashkil etish uchun siyosiy partiyalarning tuman, shahar Kengashlari va ijroiya qoʻmitalari aʼzolari yoxud partiyalarning tuman, shahar tashkilotlari devoni shtatidagi xodimlari orasidan masʼul shaxslar tayinlanadi. Shuningdek, siyosiy partiyalar boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari ham imzolar toʻplashni uyushtirishi mumkin.
7. Imzo varaqasida saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻyilgan sanani koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Imzo varaqasiga maʼlumotlar qoʻlda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga oʻz imzosini qoʻyadigan saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uning iltimosiga koʻra imzo toʻplashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Imzo varaqasi imzolarni toʻplagan shaxs tomonidan oʻz familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi muhri bosilib rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
10. Saylovchilarning imzolarini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.
Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
11. Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida toʻplangan imzo varaqalarini MSKga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
III bob. Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish
12. MSKga tekshirish uchun qirq toʻrt mingtadan koʻp boʻlmagan (zarur qirq ming va koʻpi bilan 10 foiz qoʻshimcha) imzolar taqdim etiladi. Agar siyosiy partiyalar tomonidan qirq toʻrt mingdan koʻproq imzolar toʻplangan boʻlsa, qolgan imzo varaqalari siyosiy partiyada zaxira sifatida qoldiriladi.
13. Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligi MSK tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi.
14. MSK tekshirish oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida siyosiy partiyalarga oldindan maʼlum qiladi.
15. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligining MSK tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etadi.
16. MSK imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining xatshunos ekspertlari, mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi.
17. Imzo varaqalari tanlab olish yoʻli bilan ajratib olinadi. Bunda saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi (6 000 tasi) va imzo varaqalariga imzolarini qoʻygan saylovchilar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar tekshirilishi lozim.
18. Tekshirish uchun saylovchilarning har bir siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir maʼmuriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.
19. Imzo varaqalarini tekshirishda Ekspert guruhi aʼzolari:
kasbiy odob qoidalariga rioya qilishi;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarda belgilangan oʻz lavozim vakolatlari doirasida xolisona, vijdonan, sifatli bajarishi;
xabarlar va xizmat axborotini taqdim etish boʻyicha MSKda belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
20. Ekspert guruhi aʼzolari imzo varaqasining toʻgʻri toʻldirilganligiga, tuzatishlarga yoʻl qoʻyilganiga, oʻchirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan toʻldirilganligiga, oʻxshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga eʼtibor bergan holda har bir imzo varaqasini koʻzdan kechiradi.
21. Vizual tekshiruvda nuqsonlar yoki shubhali holatlar aniqlangan imzo varaqalari puxtaroq, shu jumladan maxsus asboblar yordamida tekshirish uchun saralab olinadi.
22. Quyidagi imzolar haqiqiy emas deb topiladi:
saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingunga qadar toʻplangan imzolar;
imzo varaqasidagi saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saylovchining oʻzi yoki saylovchilar imzolarini toʻplagan masʼul shaxs tomonidan kiritilmasdan qoʻyilgan imzolar;
Keyingi tahrirga qarang.
saylash huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan qoʻyilgan imzolar;
imzo varaqasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlardan birortasi koʻrsatilmasdan qoʻyilgan, shu jumladan sanasi koʻrsatilmasdan qoʻyilgan imzolar;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa shaxsning nomidan qoʻyilgan imzolar;
MSK tomonidan berilgan imzo varaqalaridan boshqa imzo varaqalarida qoʻyilgan imzolar;
saylovchining imzosi va u haqda maʼlumotlar qalam va boshqa yozuv quroli hisoblanmaydigan vositalar bilan kiritilgan imzolar;
imzo varaqasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan holda qoʻyilgan imzolar, basharti ushbu tuzatishlar saylovchi yoki imzo varaqasini tasdiqlovchi shaxslar tomonidan qoʻshimcha imzo bilan tasdiqlanmagan boʻlsa.
23. Agar MSK tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan (1 500 tasi) koʻprogʻini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa:
mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi;
siyosiy partiya tomonidan MSKga taqdim etilgan barcha imzo varaqalari tekshiriladi.
24. Siyosiy partiyalar tomonidan imzo varaqalaridagi kamchiliklar ikki kunlik muddatda bartaraf etilmasa yoxud qoʻshimcha imzo varaqalari taqdim etilmasa, barcha topshirilgan imzo varaqalaridan haqiqiy deb topilganlari inobatga olinadi.
25. MSKga kamchiliklari bartaraf etilib (qoʻshimcha toʻplanib), taqdim etilgan imzo varaqalari toʻliq tekshiriladi va ularning haqiqiy deb topilganlari aniqlanadi.
26. Mazkur Nizomning 23 va 25-bandlarida nazarda tutilgan oldindan taqdim etilgan va qoʻshimcha taqdim etilgan imzo varaqalarining haqiqiy deb topilganlari qoʻshiladi.
Agar qoʻllab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolari soni belgilangan eng kam miqdor (40000)dan yana oz boʻlib chiqsa, MSK siyosiy partiyaga saylovda ishtirok etish huquqini rad etadi.
27. Tekshiruv yakunlangach, siyosiy partiyani yoqlab berilgan imzo varaqalarini taqdim etgan har bir siyosiy partiya boʻyicha Ekspert guruhi tomonidan Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish yakunlari toʻgʻrisida xulosa tuziladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:
saylovchilar imzolari qoʻyilgan va taqdim etilgan imzo varaqalari soni;
saylovchilarning tekshirilgan imzolari soni;
saylovchilar imzolarining haqiqiy emas deb topilgan soni.
28. Xulosaning qalamda toʻldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
29. Xulosaning nusxasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga beriladi.
30. Ekspert guruhi xulosalari MSK tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
31. Imzolarni takroran tekshirish Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish huquqini rad etish toʻgʻrisida MSKning qarori qabul qilinganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida amalga oshiriladi.
IV bob. Yakuniy qoidalar
32. Ekspert guruhining xulosasi asosida MSK:
siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etishga ijozat berish;
siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq kelmaganligi uchun Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish huquqini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
33. MSKning qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

Old tomon

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
‎Qonunchilik palatasiga saylov boʻyicha
‎IMZO VARAQASI

____________________________________________________________________________ (imzo toʻplash joyi)

Biz, quyida imzo qoʻyuvchilar, ________________________________________________ning

(siyosiy partiyaning nomi)

‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaymiz:

T/r‎

‎‎Saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Tugʻilgan yili (agar 18 yoshda boʻlsa, tugʻilgan oyi va kuni)

‎‎Yashash joyi (manzili)‎

Pasport seriyasi va tartib raqami‎

Imzo va imzo qoʻyilgan sana‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

7.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

8.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

9.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎

10.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

11.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

12.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

13.‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎

14.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

15.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

Orqa tomon

16.

17.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

18.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

19.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

20.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

21.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

22.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

23.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

24.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

25.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎

26.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

27.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

28.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

29.‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎

30.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

31.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

32.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

33.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

34.

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

35.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

36.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

37.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎

38.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

39.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

40.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Toʻplangan imzolarning umumiy soni _____________

‎‎___________________________________________________________________________ (saylovchilar imzosini toʻplagan shaxs F.I.Sh., yashash joyi manzili, pasportining seriyasi va raqami, imzosi)

‎‎Imzo varaqasini tasdiqlayman ________________________

M.Oʻ.

‎‎(siyosiy partiya tuman, shahar boʻlinmasi rahbarining F.I.Sh. va imzosi)

Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 7-bandi va 7-ilovasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 7-bandi va 7-ilovasi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshisi va 4-ilovasi.