1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqeyi va nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni ragʻbatlantirishning shaffof tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
823-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilarga taʼlim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda maktab-internatlarda (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb ataladi) tashkil etiladi.
2-bob. Jamgʻarmani tashkil etishning maqsad va vazifalari
3. Jamgʻarma umumtaʼlim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.
4. Jamgʻarmaning vazifalari quyidagilardan iborat:
umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining (ular umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yoʻli bilan ularni moddiy ragʻbatlantirish;
tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu mablagʻlar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.
3-bob. Jamgʻarmani shakllantirish tartibi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
6. Jamgʻarma umumtaʼlim muassasasi mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ustamalar hamda boshqa turdagi ragʻbatlantirish bilan bogʻliq toʻlovlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan xodimlarga ish haqi toʻlash uchun mablagʻlarni moliyalashtirish bilan bir vaqtda moliyalashtiradi.
8. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tayinlangan ustamalar, moddiy yordam va mukofotlar summasi umumtaʼlim muassasasining mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi. Jamgʻarma hisobidan olingan daromadlarga qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinadi.
4-bob. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berishni tashkil etish
9. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda ishchi guruhi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Ishchi guruh umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa direktorining buyrugʻi bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
Ishchi guruhi rahbari — umumtaʼlim muassasasi direktori;
Ishchi guruh aʼzolari — oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashi va oʻquvchilarning ota-onalaridan vakillar.
Umumtaʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari — Ishchi guruhning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni taʼminlash maqsadida ushbu ishchi guruh tarkibi har oʻquv yili boshlangunga qadar umumtaʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi. Bunda ishchi guruh tarkibidagi umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlari, umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashi va ota-onalar vakillari har yili oʻzgartirib borilishi shart.
11. Ishchi guruh:
Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri va samarali sarflanishini rejalashtiradi va nazorat qiladi;
oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qoʻshayotgan, oʻz kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarini ularning faoliyatini ushbu Nizomga 1-ilovadagi baholash mezonlari asosida aniqlaydi, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilaydi, umumtaʼlim muassasasi xodimlarini mukofotlaydi hamda ularga moddiy yordam belgilaydi;
pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasasi xodimlarini mukofotlash va moddiy yordam berishda adolat va xolislik prinsiplariga amal qiladi.
12. Ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri va samarali sarflanishini rejalashtirish va nazorat qilish boʻyicha:
bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari soni umumtaʼlim muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan jami pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari umumiy sonining 50 foizidan oshib ketmasligini nazorat qiladi;
har yili 1-iyulga qadar umumtaʼlim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi oʻquv yili uchun yuqori natija koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi;
oʻquv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi boʻyicha tizimli ichki monitoring yuritadi;
umumtaʼlim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyati natijalari asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, oʻzgartirish yoki bekor qilish, zarur hollarda, ustamalar miqdoriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qabul qilingan qaror haqida pedagogik kengashda axborot beradi;
b) oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qoʻshayotgan, oʻz kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan oʻqituvchilar va kutubxona xodimlarini ularning faoliyatini baholash mezonlari asosida aniqlash, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasasi xodimlarini mukofotlash hamda ularga moddiy yordam belgilash boʻyicha:
umumtaʼlim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi;
yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi majlisida Jamgʻarma hisobidan tegishli pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan axborot beradi;
umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusiga koʻra moddiy yordam belgilaydi;
v) pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berishda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilish boʻyicha:
oʻqituvchi taʼlim-tarbiya berayotgan oʻquvchilarining bilimi, malakasi va koʻnikmalarining muayyan sinf va oʻquv fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini sinf jurnalidagi qaydlar orqali tahlil qiladi;
mukofotlanadigan va moddiy yordam koʻrsatiladigan xodimlarni, shuningdek, ragʻbatlantirish miqdorini aniqlaydi.
13. Ishchi guruhning ustama haq belgilash boʻyicha majlislari bir yilda kamida bir marta, istisno hollarda zaruratga koʻra, oʻtkaziladi.
Zarur hollarda, ishchi guruh raisining tashabbusi yoki ishchi guruh aʼzolaridan kamida ikki nafarining taklifiga koʻra xodimlarni mukofotlash, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama haqlarni qayta koʻrib chiqish hamda xodimning murojaati yoki boshlangʻich kasaba uyushmasining tashabbusi bilan moddiy yordam berish haqidagi masalada ishchi guruhning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.
Pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlariga mukofotlar berish va ularga moddiy yordam koʻrsatish ishchi guruh majlisi qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamgʻarmada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
14. Ishchi guruh majlisini oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar ishchi guruh masʼul kotibi tomonidan tayyorlanadi hamda majlisga uch kun muddat qolganda ishchi guruh rahbar va aʼzolariga taqdim etiladi.
Ishchi guruh masʼul kotibi hujjatlarning yuritilishi va saqlanishini taʼminlaydi.
15. Ishchi guruh majlislari ishchi guruh aʼzolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmasi va umumtaʼlim muassasasi ota-onalar qoʻmitasi vakillarining ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Ishchi guruh qarori ishchi guruh aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovoz berishi yoʻli bilan qabul qilinadi. Ishchi guruh rahbari barcha aʼzolardan soʻng ovoz beradi. Ovozlar soni teng boʻlib qolganda, ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ishchi guruh aʼzosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, uni mukofotlash yoki unga moddiy yordam belgilash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, ishchi guruhning mazkur aʼzosi masalani koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida ishchi guruh majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
16. Ishchi guruhning qarori majlisda ishtirok etgan uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda umumtaʼlim muassasasining muhri qoʻyiladi.
Ishchi guruh bayonnomalarini rasmiylashtirish uchun alohida umumiy daftar yuritiladi, daftar yuqori tashkilot tomonidan tikiladi va ushbu tashkilot rahbari tomonidan sahifalanib imzolanadi.
Ishchi guruh majlisining bayonnomasi maxsus daftarga qayd etiladi va undan koʻchirma yuqori turuvchi organga yuboriladi.
Umumtaʼlim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatishning toʻgʻri, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun javobgarlik Ishchi guruh rahbari zimmasiga yuklatiladi.
17. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish toʻgʻrisida Ishchi guruhning qarori asosida umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi chiqariladi.
18. Umumtaʼlim muassasasining hammaga koʻrinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.
5-bob. Ishchi guruhga hujjatlarni taqdim etish
19. Bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama belgilash uchun Ishchi guruh masʼul kotibi tomonidan ustama haq olishga daʼvogar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining arizalariga muvofiq ular haqida umumiy va faoliyati mazkur Nizom bilan tasdiqlangan mezonlar asosida baholangan tahliliy maʼlumotlar ushbu Nizomga 2 va 2a va 2b-ilovalardagi jadvallar shaklida Ishchi guruhga taqdim qilinadi.
6-bob. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama belgilash
20. Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va oʻquv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʻnikmalar toʻliq hajmining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirib olinishi darajasiga va oʻquv jarayoniga qoʻshilgan aniq hissa, oʻqitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.
21. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
Umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
22. Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz;
Umumtaʼlim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
23. Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz;
Umumtaʼlim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
24. Umumtaʼlim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega ekanligidan qatʼiy nazar, mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida baholanadi va koʻrsatkichlariga koʻra Ishchi guruh qarori asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga belgilanadigan ustamalar va ragʻbatlantirishning boshqa turlari
25. Umumtaʼlim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida yuqori natijalar koʻrsatgan taqdirda, mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan ustamalar oʻrniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz boʻlgan ustama haq olishlari mumkin.
Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar pedagog xodimlar roʻyxati Ishchi guruhning qarori asosida shakllantiriladi hamda umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga 1-aprelga qadar taqdim etiladi.
100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida oʻtkaziladigan sinovlar natijalariga koʻra, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan tashqi monitoring tarzida baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qoʻlga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “Aʼlo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.
Daʼvogar oʻqituvchi dars mashgʻulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining tashqi monitoring natijalariga koʻra, oʻquvchilar 80 foizdan kam boʻlmagan koʻrsatkichga ega boʻlganda, Ishchi guruh tomonidan oʻqituvchiga yangi oʻquv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama haq belgilanadi.
26. Umumtaʼlim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagog xodimlarga oʻz vaqtida metodik yordamni tashkil etishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan oʻqituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumtaʼlim muassasasining fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 5 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.
Bunda fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashma rahbariga oʻqituvchiligi bilan birga qoʻshib hisoblaganda Jamgʻarma hisobidan beriladigan bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama haq 40 (yoki 100) foizdan oshmasligi lozim.
27. Umumtaʼlim muassasasining rahbar xodimlariga (direktorning oʻquv ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari) va oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida amalga oshiradigan oʻqituvchilarga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi.
28. Umumtaʼlim muassasalari pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar har yili 1-iyulga qadar belgilanadi va oʻquv yilining yarim yillik yakunlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
29. Umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini umumtaʼlim muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi va oʻz faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli toʻlash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ushbu toʻlovlar Jamgʻarma mablagʻlari doirasidan kelib chiqqan holda, yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin.
30. Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishincha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq toʻlanadi.
31. Ishchi guruh oʻqituvchiga oʻquvchilarining xalqaro olimpiadalaridagi natijalari uchun ustama belgilashda, xalqaro olimpiadalarning sovrindorligini tasdiqlovchi diplom (sertifikat) asosida qaror qabul qiladi.
32. Prezident maktablarining 5-sinfiga tanlov asosida qabul qilingan oʻquvchilarning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari mazkur nizomning 28-bandidan tashqari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida bir martalik mukofot puli toʻlash yoʻli bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
33. Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga koʻra yoki umumtaʼlim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda koʻrsatiladi (yaqin qarindoshi vafot etganda, ogʻir jarohat olinganda, ogʻir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar koʻrilganda).
34. Umumtaʼlim muassasasi rahbariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish yuqori turuvchi tashkilot tavsiyasi asosida berilishi mumkin.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini
BAHOLASH MEZONLARI
1. Oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida ustama haq belgilanadi:
Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha taʼrifi, uning natijalari (samaradorligi), qoʻllanilayotgan shakli va uslubi, oʻtkazilgan mashgʻulotlarning soni, oʻquvchilar qamrovining oʻrtacha soni
Reyting bahosi
Maksimal ball
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar
Koʻrsatkichlar
Sinf jurnallaridagi choraklik baholarning oʻrtacha qiymati
Joriy va oraliq nazorat baholar asosida choraklik, shuningdek, yillik baholari oʻrtacha qiymati, oʻzlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) koʻrsatkichi.
5
0
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 0 — 55 foizini tashkil etganda.
3
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 56 — 70 foizini tashkil etganda
4
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 71 — 85 foizini tashkil etganda
5
Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 86 — 100 foizini tashkil etganda
*“Fan olimpiadasi”, “Bilimlar bellashuvi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki
Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqituvchi faoliyatining tizimliligi, oʻquvchilarning olimpiada, koʻrik-tanlovlar, musobaqalarda va boshqa tadbirlarda ishtiroki, ushbu tadbirlarning oʻtkazilish bosqichlari (maktab, tuman, shahar va boshqalarda) koʻrsatilgan holda qamrab olingan oʻquvchilar soni va erishilgan natijalar, oʻquvchilar uchun ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish samaradorligi.
20
0
Tanlovlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisi toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 0 — 55 foizini tashkil etganda
10
Tanlovlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisi toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 56 — 70 foizini tashkil etganda
15
Tanlovlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisi toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizini tashkil etganda
20
Tanlovlarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisi toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizini tashkil etganda
**Boshlangʻich sinf oʻqituvchi-larining faolligi, umumtaʼlim muassasasidagi kichik tanlovlar, tadbirlarda oʻquvchilari bilan faol qatnashishi
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining faolligi, umumtaʼlim muassasasidagi kichik tanlovlar, tuman (shahar) miqyosidagi seminar va tadbirlarda oʻquvchilari bilan faol qatnashishi natijalari asosida amalga oshiriladi.
20
0
Oʻqituvchining faollik koʻrsatkichi hamkasblariga nisbatan 0 — 55 foizini tashkil etganda.
10
Ochiq darslarning samaradorligi, maktabda oʻtkazilgan tanlovlarda oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizini tashkil etganda
15
Ochiq darslarning samaradorligi hamda maktabdagi tadbirlarda faol ishtirok etish koʻrsatkichi, oʻquvchilarining maktab miqyosidagi tanlovlarda toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizini tashkil etganda
20
Tuman (shahar) darajasidagi tanlovlar va tadbirlarda oʻquvchilari bilan faol ishtirok etishi natijasida toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizini tashkil etganda
Oʻqituvchi ish tajribasining maktab, tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashti-rilganligi.
Oʻqituvchi ish faoliyati davomida maʼlum bir yutuqlarga erishsa, dars oʻtayotgan sinflarida oʻquvchilarining bilim samaradorligi yuqori boʻlsa, uning dars oʻtish uslublari ommalashtiriladi
10
4
Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtiril-ganda
6
Ish tajribasi tuman miqyosida ommalashtiril-ganda
8
Ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtiril-ganda
10
Ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtiril-ganda
Pedagogik ish staji.
Umumtaʼlim muassasalaridagi pedagog xodimning qoʻnimlilik darajasiga qarab
10
4
Umumtaʼlim maktablaridagi ish staji 1 — 5 yil boʻlganda
6
Umumtaʼlim maktablaridagi ish staji 6 — 10 yil boʻlganda
8
Umumtaʼlim maktablaridagi ish staji 11 — 15 yil boʻlganda
10
Umumtaʼlim maktablaridagi ish staji 16 yil va undan yuqori
Sinf rahbarligining samaradorligi
Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha taʼrifi, ularni tatbiq etish shakl va uslublari, oʻquvchilarning ahloqiy fazilatlarini, irodasini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy soatlar, tadbirlar, uchrashuvlar tizimi, hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlarning oʻtkazilishi. Shuningdek, pedagogik nazoratga muhtoj oʻquvchilarning rahbarlik qilayotgan sinfida mavjudlik holati yuzasidan amalga oshirgan ishlari, yil davomida oʻquvchilarning sinfdagi davomat holati
15
5
Oʻquv yili davomida oʻquvchilarining darslarga qatnashish davomati 95 foizi va undan yuqori boʻlsa
10
Oʻquv yili davomida oʻquvchilarining darslarga qatnashish davomati 95 foiz va undan yuqori boʻsa, sinfdagi oʻquvchilari jamoa sifatida yutuqlarga erishsa
15
Oʻquv yili davomida oʻquvchilarining darslarga qatnashish davomati 95 foiz va undan yuqori boʻlsa, sinfdagi oʻquvchilari jamoa sifatida yutuqlarga erishsa, xulqi ogʻir oʻquvchi sifatida IIB roʻyxatida boʻlmasa
Oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtganligi.
Reja asosida har 3 — 5 yilda malaka oshirish kurslarda oʻqish holati
5
0
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtmagan yoki navbatdagi malaka oshirish kurslaridan oʻtib tegishli sertifikatga ega boʻlmasa
5
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa***
Sinfdan tashqari ishlari va toʻgarak mashgʻulotlarining samaradorligi.
Fan toʻgaraklari va sport seksiyalari nomi, toʻgaraklarga jalb qilingan oʻquvchilar soni, boʻsh oʻzlashtiruvchi va iqtidorli oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etilishi, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan ishlarning sifati, toʻgarak aʼzolarining turli musobaqa, koʻrik va tanlovlarda ishtiroki natijalari, oʻquvchilarning sport seksiyalari hamda muntazam sport mashgʻulotlari bilan qamrab olinishi, oʻquvchilar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tadbirlar roʻyxati va qamrab olingan oʻquvchilar soniga koʻra
5
3
Faqatgina boʻsh oʻzlashtiruvchi va iqtidorli oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borsa
5
Dars oʻtadigan sinflaridagi oʻquvchilarning 30 foiz va undan ortigʻini qoʻshimcha mashgʻulotlarga (toʻgaraklar, seksiyalar) jalb etgan va sezilarli natijalarga erishgan boʻlsa
Ilmiy-ijodiy ishlari.
Baholanayotgan oʻquv yilida ommaviy axborot vositalari, taʼlimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallardagi hamda turli konferensiyalarda maqolalar, tezislar, konsepsiyalar, istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid tashabbuslari.
Umumtaʼlim muassasasining jamoasi, ota-onalar va oʻquvchilarning oʻqituvchi faoliyatiga bergan bahosi.
Oʻqituvchining faoliyati davrida oʻquvchilari, ota-onalar va jamoadagi oʻzaro munosabati, ishdagi natijalari, darslarga tayyorgarligi va fidoyiligi yuzasidan ular oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma (“qoniqarsiz”, “qoniqarli”, “yaxshi”, “aʼlo”) natijalari
15
5
Soʻrovnomada qatnashganlar soniga nisbatan “yaxshi” va “aʼlo” koʻrsatkichlar 55 — 70 foiz
10
Soʻrovnomada qatnashganlar soniga nisbatan “yaxshi” va “aʼlo” koʻrsatkichlar 71 — 85 foiz
15
Soʻrovnomada qatnashganlar soniga nisbatan “yaxshi” va “aʼlo” koʻrsatkichlar 86 — 100 foiz
MAKSIMAL BALL:
100
* faqat yuqori sinf (10-11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
** faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
*** oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi;
**** viloyat — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tushuniladi
2. Umumtaʼlim muassasalaridagi kutubxona xodimlarining faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
T/r
Mezonlar
Maksimal ball
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar
Koʻrsatkichlar
1.
Kutubxona boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi.
10 ball
0
Nomutaxassis oʻrta va oʻrta-maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlsa
5
Nomutaxassis, lekin oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlsa
10
Oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlsa
2.
Oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtganligi.
5 ball
0
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtmagan yoki navbatdagi malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlmasa
5
Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa
3.
Kutubxonachi lavozimidagi ish staji.
20 ball
5
Umumtaʼlim maktablarida ish staji 3 yilgacha
10
Umumtaʼlim maktablarida ish staji 4 — 8 yil
15
Umumtaʼlim maktablarida ish staji 9 — 15 yil
20
Umumtaʼlim maktablarida ish staji 16 yil va undan koʻp
4.
Maktabda darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojga koʻra buyurtmalarning toʻgʻri shakllantirilishi va oʻquvchilarning darsliklar bilan taʼminlanish darajasi.
20 ball
0
Darsliklar bilan taʼminlanganlik
80 foizdan past boʻlsa
5
Darsliklar bilan taʼminlanganlik
80 — 85 foiz oraligʻida boʻlsa
10
Darsliklar bilan taʼminlanganlik
86 — 90 foiz oraligʻida boʻlsa
15
Darsliklar bilan taʼminlanganlik
91 — 95 foiz oraligʻida boʻlsa
20
Darsliklar bilan taʼminlanganlik
96 — 100 foiz oraligʻida boʻlsa
5.
Pedagoglar va umumtaʼlim muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xodimlarning kutubxonaga jalb qilinishi.
15 ball
5
Har oyda umumiy pedagog va ishchi-xodimlarning 55 — 75 foiz faol foydalansa
10
Har oyda umumiy pedagog va ishchi-xodimlarning 76 — 85 foiz faol foydalansa
15
Har oyda umumiy pedagog va ishchi-xodimlarning 86 — 100 foiz faol foydalansa
6.
Taʼlim muassasasi miqyosida ommaviy tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazib, maktab kutubxona fondini boyitishdagi tashabbuskorligi
15 ball
5
Oʻquv yili davomida maktab miqyosida kamida bir marotaba tadbir tashkil etsa
10
Kutubxona fondini boyitishda jonbozlik koʻrsatsa va oʻquv yili davomida toʻrttagacha maktab miqyosida tadbirlar tashkil etsa
15
Tuman miqyosida faoliyat yoʻnalishida tanlovlarda faol ishtirok etsa, kutubxona fondini boyitishda jonbozlik koʻrsatsa va oʻquv yili davomida har oyida kamida bir marta maktab miqyosida tadbirlar tashkil etsa
7.
Kutubxona xodimining faoliyati davrida oʻquvchilar, ota-onalar va jamoadagi oʻzaro munosabati, ishdagi natijalari, kasbiga fidoyiligi yuzasidan ular oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma (“qoniqarsiz”, “qoniqarli”, “yaxshi”, “aʼlo”) natijalari
15 ball
5
Soʻrovnomada qatnashganlar soniga nisbatan “yaxshi” va “aʼlo” koʻrsatkichlar 55 — 70 foiz
10
Soʻrovnomada qatnashganlar soniga nisbatan “yaxshi” va “aʼlo” koʻrsatkichlar 71 — 85 foiz
15
Soʻrovnomada qatnashganlar soniga nisbatan “yaxshi” va “aʼlo” koʻrsatkichlar 86 — 100 foiz
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning _______________________ fani oʻqituvchisi ________________________________________ ning 20__-20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan
BAHOLAR
Koʻrsatkichlar
Maksimal ball
Oʻqituvchi faoliyatining qisqacha tasnifi
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball
Sinf jurnallaridagi choraklik baholarning oʻrtacha qiymati
5
“Fan olimpiadasi”, “Bilimlar bellashuvi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki
20
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining faolligi, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining umumtaʼlim muassasasidagi kichik tanlovlar, tadbirlarda oʻquvchilari bilan faol qatnashishi**
Oʻqituvchi ish tajribasining maktab, tuman, viloyat va respublika miqiyosida ommalashti-rilganligi
10
Pedagogik ish staji
10
Sinf rahbarligi samaradorligi
15
Oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtganligi
5
Sinfdan tashqari ishlari va toʻgarak mashgʻulotlarining samaradorligi
5
Ilmiy-ijodiy ishlari
15
Umumtaʼlim muassasasi jamoasi, ota-onalar va oʻquvchilarning oʻqituvchi faoliyatiga bergan bahosi
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning kutubxona xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan
BAHOLAR
Koʻrsatkichlar
Maksimal ball
Kutubxona xodimi faoliyatining qisqacha tasnifi
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball
Kutubxona boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi
10
Oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtganligi
5
Kutubxonachi lavozimidagi ish staji
20
Maktabda darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojga koʻra buyurtmalarning toʻgʻri shakllantirilishi va oʻquvchilarning darsliklar bilan taʼminlanish darajasi
20
Pedagoglar va umumtaʼlim muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xodimlarning kutubxonaga jalb qilinishi
15
Taʼlim muassasasi miqyosida ommaviy tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazib, maktab kutubxona fondini boyitishdagi tashabbuskorligi
15
Kutubxona xodimi faoliyati davrida oʻquvchilar, ota-onalar va jamoadagi oʻzaro munosabati, ishdagi natijalari, kasbiga fidoyiligi yuzasidan ular oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma (“qoniqarsiz”, “qoniqarli”, “yaxshi”, “aʼlo”) natijalari
15
Ishchi guruh raisi: __________________ __________
Ishchi guruh aʼzolari: ____________________ _________, ___________________ _______
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2b-ILOVA
___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning psixolog xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan
BAHOLAR
Koʻrsatkichlar
Maksimal ball
Psixolog faoliyatining qisqacha tasnifi
Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball
Psixologiya boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi
10
Oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtganligi
10
Psixolog lavozimidagi ish staji
20
Psixolog ish tajribasining maktab, tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilganligi
20
Sinfdan tashqari korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar
10
Ish faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi
5
Ilmiy-ijodiy ishlari
10
Umumtaʼlim muassasasi jamoasi, ota-onalar va oʻquvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi
15
Ishchi guruh raisi: __________________ __________
Ishchi guruh aʼzolari: ____________________ _________, ___________________ _______
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Maktab
Maktab pedagogik kengash qarori, muassasa direktorining buyrugʻi bilan umumtaʼlim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish boʻyicha maktab huzurida Ishchi guruh tasdiqlanadi.
Doimiy
Har yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
2-bosqich
Ishchi guruh
Maktabda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar hamda kutubxona xodimlarini faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida oʻrganib chiqib baholaydi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi.
Umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot toʻlash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusiga koʻra moddiy yordam belgilaydi.
Har yili 1-iyulga qadar
Kalendar yili chorak yakunida.
Murojaatga asosan
3-bosqich
Ishchi guruh
Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar oʻqituvchilar roʻyxatini koʻrib chiqib, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim etadi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan tashqi monitoring tarzida baholash natijalari asosida har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz ustamalar belgilaydi.
Har yili 1-iyulga qadar
4-bosqich
Ishchi guruhi
Hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlaganligi uchun Umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilarini direktor jamgʻarmasi hisobidan eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlaydi.
Fan olimpiadalari yakunlariga koʻra
5-bosqich
Maktab
Ishchi guruhning qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan maktab direktorining buyrugʻini chiqaradi.
Doimiy
6-bosqich
Maktab
Umumtaʼlim muassasasining hammaga koʻrinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.
Doimiy
7-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi
Ishchi guruhning qarorlari asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrugʻiga muvofiq umumtaʼlim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalarni, mukofot va moddiy yordam pullarini toʻlab beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 2-bandining toʻrtinchi xatboshi va qarorga 4-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 56-modda) ilova 9-bandining “g” kichik bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 78-bandi.