toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2025
Hujjat 25.09.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 838-sonli “Baholovchi va rieltorlar malaka sertifikatini, baholovchi toifa guvohnomasini hamda sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-sentabr,
799-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24 sentabrdagi 799-son qaroriga
ILOVA
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy reglament deb ataladi) baholovchilarga toifalar berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
baholovchining toifasi — baholovchining professional malaka darajasi;
baholovchining malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda malaka sertifikati deb ataladi) — jismoniy shaxsga belgilangan tartibda mulkni baholash huquqini beradigan hujjat;
baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari — Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Baholovchilar jamiyati;
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi — yuridik shaxslar — baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega baholash tashkilotlarini birlashtiradigan jamoat tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchilar jamiyati — jismoniy shaxslar — baholovchilarning malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchilarni birlashtiradigan jamoat tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
sertifikatlangan baholovchi (keyingi oʻrinlarda baholovchi deb ataladi) — baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
baholovchi toifasiga talabgor (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) — baholovchi toifasini olishga talabgor boʻlgan sertifikatlangan baholovchi;
baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
3. Vakolatli organ sertifikatlangan baholovchilarga quyidagi toifalarni beradi:
ikkinchi toifali baholovchi;
birinchi toifali baholovchi;
oliy toifali baholovchi.
Baholovchilarga toifa mazkur Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Talabgorlar baholovchi toifalarini olish uchun quyidagi majburiy talablarga javob berishlari lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
ikkinchi toifa — toifa berilish vaqtda baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida bir yillik ish tajribasining mavjudligi, shuningdek, baholash boʻyicha kamida mustaqil 15 ta ish bajarilgani, shu jumladan baholashning turli obyektlarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchsiz deb topilgan hisobotlar soni koʻrsatilgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi toifa — toifa berililish vaqtida baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida uch yillik ish tajribasining mavjudligi, shuningdek, baholash boʻyicha kamida mustaqil 25 ta ish bajarilgani, shu jumladan baholashning turli obyektlarini, xususan, biznesni baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchsiz deb topilgan hisobotlar soni koʻrsatilgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi;
oliy toifa — toifa berilish vaqtida baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida besh yillik ish tajribasining mavjudligi, shuningdek, baholash boʻyicha kamida mustaqil 35 ta ish bajarilgani, shu jumladan baholashning turli obyektlarini, xususan, biznesni baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchsiz deb topilgan hisobotlar soni koʻrsatilgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan boshlab, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun faqat birinchi va oliy toifa baholovchilar jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Toifalarni berish tartibi
5. Talabgor baholovchi toifasini olish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
a) baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma;
b) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar reyestri;
v) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari reyestri;
g) baholovchi malaka sertifikatining nusxasi;
d) Baholovchi toifasini olish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Vakolatli organ baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotidan talabgorga tavsifnomani mustaqil soʻrab oladi.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim miqdori vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Talabgor oʻz xohishiga koʻra oʻzining professional faoliyati haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin:
a) baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotiga aʼzoligi haqidagi guvohnomaning nusxasini;
b) mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tashabbuskorlik tartibida takliflar ishlab chiqilganligi haqidagi axborotni;
v) yangi standartlarni ishlab chiqishda va amaldagi mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda ishtirok etganligi haqidagi axborotni;
g) ommaviy axborot vositalaridagi baholash faoliyati masalalari boʻyicha maqolalar nusxalari, veb-saytlardan skrinshotlar va boshqalarni;
d) oʻzi ishtirok etgan yoki maʼruza qilgan baholash faoliyati masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar materiallari;
e) xorijiy oʻquv markazlarida baholash faoliyati sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqida sertifikatlar nusxalari;
j) xorijda baholash faoliyati boʻyicha konferensiyalardagi ishtiroki haqida sertifikatlar nusxalari;
i) baholash faoliyati sohasidagi xalqaro sertifikatlar (RICS, TEGoVA, Appraisal Institute, ISO 17024, NAMA, CCIM Institute va h.k.) hamda ariza berilgan sanada sertifikatning amal qilishini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (sertifikatni bergan tashkilot tomonidan yoki uning saytidan skrinshot bilan tasdiqlangan);
k) baholash faoliyati boʻyicha fanlar oʻtilganligi haqida taʼlim muassasalaridan maʼlumotnoma.
Talabgor, oʻz xohishiga koʻra, oʻzining professional faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
8. Hujjatlar talabgor tomonidan vakolatli organga ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta yoki elektron aloqa vositasida yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar talabgorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Talabgorning arizasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada talabgor elektron manzilining koʻrsatilganligi uning ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun talabgor qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vakolatli organ ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Talabgorning arizasiga mazkur Maʼmuriy reglamentning 5-bandiga muvofiq ilova qilinadigan hujjatlar toʻplami toʻliq emasligi aniqlansa, talabgorning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ariza qaytarilishining aniq sabablari koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma talabgorga qaror qabul qilingan sanadan keyin ikki ish kuni ichida yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hujjatlari qaytarilgan talabgor rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng mazkur Maʼmuriy reglamentda belgilangan tartibda vakolatli organga oʻn kun muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Qayta murojaat qilinganda, talabgordan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Talabgor oʻn kun muddat oʻtgandan keyin takroran murojaat qilgan taqdirda, ariza yangitdan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yigʻim summasi esa qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Talabgorlarga baholovchi toifasi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan kamida yetti nafar aʼzodan iborat komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan beriladi.
15. Vakolatli organ komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
16. Komissiya tarkibiga vakolatli organning uchta vakili hamda Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatidan ikkitadan vakil kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Komissiyaning yigʻilishlari talabgorlardan arizalar tushishiga qarab, ammo bir oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi. Komissiya yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Komissiya yigʻilishlarida talabgor tomonidan tegishli toifani olish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʻrganiladi.
Har bir komissiya aʼzosi mazkur Maʼmuriy reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqasini toʻldiradi.
19. Toifa berish haqida yoki toifa berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Komissiya qabul qilgan qaror talabgorga u qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida yozma yoki elektron shaklda xabarnoma bilan yuboriladi.
20. Talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandida belgilangan majburiy talablarga javob bergan taqdirda, komissiya tomonidan talabgorga toifa berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
21. Talabgorga tegishli baholovchi toifasini berish haqida qaror qabul qilinganda, unga oʻn ish kuni mobaynida mazkur Maʼmuriy reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklda toifa berilganligi haqida guvohnoma beriladi. Guvohnoma vakolatli organning masʼul shaxsi, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatining raislari tomonidan imzolanadi hamda vakolatli organ, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatining muhrlari bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnoma toifa berish haqida qaror qabul qilingan sanadan boshlab besh yil muddatga beriladi hamda baholovchining malaka sertifikati bilan birga amal qiladi.
23. Baholovchining malaka sertifakati amal qilishi muddatining tugaganligi yoki amal qilishi toʻxtatilganligi, yoki bekor qilinganligi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi.
24. Toifa berilganligi haqida guvohnoma berilgan baholovchining maʼlumotlari toifaga ega baholovchilar reyestriga kiritiladi. Toifaga ega baholovchilar reyestrini vakolatli organ yuritadi.
25. Vakolatli organ komissiyaning har bir yigʻilishi yakunlariga koʻra baholovchilar reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
26. Komissiya tomonidan rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya vakolatli organ nomidan talabgorga yozma yoki elektron koʻrinishda soʻralgan toifani berish rad etilganligi sabablarini koʻrsatgan holda xabar beradi. Bunda komissiya talabgorga mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandi talablariga muvofiq boʻlishi sharti bilan soʻralayotganidan pastroq toifani berishni taklif qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Komissiya tomonidan talabgorga toifa berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
a) talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandiga muvofiq toifa uchun belgilangan majburiy talablarga javob bermasa;
b) talabgor taqdim etgan hujjatlardagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilganligi aniqlansa;
v) talabgor yozma ravishda unga soʻralayotganidan pastroq toifa berilishini rad etsa;
g) ushbu talabgor malaka sertifikatining amal qilishi toʻxtatilsa yoki bekor qilinsa.
28. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali, hozir boʻlgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
29. Komissiya raisi va komissiya aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
30. Komissiya talabgorga soʻralgan toifani berishni rad etgan taqdirda, talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentga muvofiq hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Toifani qayta koʻrib chiqish, baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
31. Vakolatli organ ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish yoki baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini bekor qilish tartiboti tashabbusini bildirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Baholovchi toifasini pasaytirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
qonun hujjatlariga muvofiq baholovchining hisoboti yoki ekspert xulosasi haqqoniy emas deb tan olinganligi haqida yozma axborot kelib tushishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholovchining arizasi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
baholovchi malaka sertifikati amal qilishining vakolatli organ tomonidan toʻxtatilgani yoki bekor qilingani;
baholovchining hisobotlari yoki ekspert xulosalari bir necha marta qonun hujjatlariga muvofiq haqqoniy emas deb tan olinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi muddati tugashi;
baholovchining arizasi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnoma komissiya qarori bilan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
baholovchiga toifa berish haqidagi qarorning sud tomonidan noqonuniy deb tan olinishi;
baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning soxta hujjatlardan foydalanib olinganligi aniqlanishi.
35. Baholovchi toifasini pasaytirish haqidagi masalani koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organdan, baholash tashkilotlaridan, baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlaridan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan, baholovchi ishining natijalari va sifati boʻyicha axborot toʻplanadi va tahlil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Baholovchining amaldagi toifasiga muvofiqligi toʻgʻrisida shubha tugʻdiruvchi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, komissiya baholovchiga ilgari berilgan toifani qayta koʻrib chiqadi.
37. Baholovchini toifasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish komissiya tomonidan baholovchi toifasini berish yuzasidan talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Toifasi pasaytirilgan yoki toifa berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi toʻxtatilgan baholovchi toifasini tiklash yuzasidan komissiyaga toifasi pasaytirilgan yoki baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi toʻxtatilgan sanadan boshlab bir yildan soʻng murojaat etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Toifa berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi bekor qilingan baholovchi guvohnoma bekor qilinganligi haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil ichida qayta toifa berishni soʻrab ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Baholovchining toifasi pasaytirilgan, baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, vakolatli organ baholovchilar reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Baholovchi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanadan bir oy kechiktirmasdan vakolatli organga toifani keyingi besh yilga tasdiqlashni soʻrab ariza beradi. Toifani tasdiqlash haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi toifa berish haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi bilan bir xil.
42. Vakolatli organ tomonidan toifani tasdiqlash haqida qaror qabul qilinganda, ilgari berilgan baholovchi toifasini berish haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati keyingi besh yilga uzaytiriladi va bu haqda guvohnomaga tegishli belgi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Agar baholovchi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashi paytigacha baholovchi toifani tasdiqlash haqida ariza bermagan boʻlsa, guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Komissiyaning baholovchiga toifa berishni rad etish toʻgʻrisidagi, toifasini pasaytirish yoxud toifa berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan baholovchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Komissiya ishi haqidagi axborot, toifalar berilgan, toifalari pasaytirilgan baholovchilarning, shuningdek, guvohnomalarining amal qilishi toʻxtatilgan yoki bekor qilingan baholovchilarning roʻyxatlari vakolatli organning rasmiy veb-saytida hamda Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida muntazam joylashtiriladi.
46. Komissiya aʼzolari baholovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy axborotni oshkor qilishga haqli emas.
47. Komissiya aʼzolari ish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan talabgorlar haqidagi axborotni fosh qilmasliklari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Mazkur Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Baholovchilarga toifalarni berish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizmi

Muddatlar


1-bosqich

Vakolatli organ

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

Maʼmuriy reglament qabul qilingandan keyin


2-bosqich

Talabgor

Toifalar berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli hujjatlarni ilova qilingan ariza bilan murojaat etish.

Malaka sertifikati olingandan keyin, zarur ish staji va bajarilgan ishlar mavjud boʻlganda


3-bosqich

Vakolatli organ

Talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

3 ish kuni mobaynida


4-bosqich

Vakolatli organ

Talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida aniq sabablar koʻrsatgan holda bildirishnoma yuborish va hujjatlarni qaytarib berish.

2 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Talabgor

Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta ariza bilan murojaat qilish.

Hujjatlar qaytarilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida


6-bosqich

Baholovchilarga toifa berish komissiyasi

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va talabgorlarga toifani belgilash yoki toifa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

3 ish kuni mobaynida


7-bosqich

Baholovchilarga toifa berish komissiyasi

Talabgorga toifa berilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.

10 ish kuni mobaynida


8-bosqich

Vakolatli organ

Toifa berish toʻgʻrisidagi guvohnomani olgan baholovchining maʼlumotlarini baholovchilar reyestriga kiritish.

Toifa berish haqida qaror qabul qilingan kunda


9-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi

Talabgorga talab etilgan toifani berishni rad etish va bu toʻgʻrisida rad etish sabablari va talab etilgan toifadan pastroq toifa berish taklifi bildirilgan xabarnoma yuborish.

3 ish kuni mobaynida


10-bosqich

Vakolatli organ

Ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish yoki baholovchiga toifa berilganligi haqida guvohnomaning amal qilishini bekor qilish tartibotining tashabbusini bildirish va mazkur masalalarni baholovchilarga toifa berish komissiyasi koʻrib chiqishi uchun taqdim etish.

Tegishli dalillar kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni ichida


11-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi

Hujjatlarni koʻrib chiqish, baholovchining toifasini qayta koʻrib chiqish yoki baholovchi toifasi berilgani haqidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish, bekor qilish va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida baholovchiga xabarnoma yuborish.

3 ish kuni mobaynida


12-bosqich

Vakolatli organ

Toifasi pasaytirilgan yoki guvohnomaning amal qilish muddati tugatilgan yoki bekor qilingan baholovchi boʻyicha maʼlumotlarni toifaga ega boʻlgan baholovchilar reyestriga kiritish.

Qaror qabul qilingan kunda


13-bosqich

Talabgor

Baholovchi toifasini qayta tiklash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish.

Baholovchi toifasini pasaytirish yoki toifa berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqidagi qaror qabul qilingan kundan 1 yildan kam boʻlmagan muddatda


14-bosqich

Talabgor

Baholovchi toifasini qaytadan tayinlash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish.

Baholovchi toifasi tayinlangan guvohnomasini bekor qilish qarori qabul qilingan kundan 3 yildan kam boʻlmagan muddatda


15-bosqich

Talabgor

Komissiyaning baholovchi toifasini berishni rad etish, toifani pasaytirish, baholovchi toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatish yoki bekor qilish qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish.

Zarurat boʻlgan holatlarda

Keyingi tahrirga qarang.
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar
reyestri

t/r

Baholash obyektining nomi

Hisobot raqami

Hisobot sanasi

Baholash sanasi

Baholash maqsadi

Buyurtmachi

Hisobot haqqoniy/

haqqoniy emas deb tan olindi




Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari
reyestri

t/r

Baholash obyektini baholash haqida ekspert xulosasining nomi

Ekspert xulosasining raqami

Ekspert xulosasining sanasi

Buyurtmachi

Xulosasi haqqoniy/

haqqoniy emas deb tan olindi




Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

BAHOLASH VARAQASI

Talabgor (F.I.O.)_________________________________________________________________________

Komissiya aʼzosi (F.I.O.)__________________________________________________________________

t/r

Talabgorni baholash mezonlari

Baho

1.

Talabgor tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar soni -

1.1.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

1.2.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

1.3.

biznesni baholash boʻyicha -

1.4.

Ulardan haqqoniy emas deb tan olindi -

1.5.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

1.6.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

1.7.

biznesni baholash boʻyicha -

2.

Bajarilgan ekspert xulosalari soni

2.1.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

2.2.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

2.3.

biznesni baholash boʻyicha -

2.4.

Ulardan haqqoniy emas deb tan olingan

2.5.

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -

2.6.

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -

2.7.

biznesni baholash boʻyicha -

3.

Baholash faoliyati sohasi boʻyicha professional jamoat tashkiloti tavsifi

4.

Talabgor tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha axborot:





Komissiya aʼzosining fikri:_______________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________________________


Sana 20___ y. “___” __________ Komissiya aʼzosining imzosi_________________

Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

NAMUNA



‎BANOLOVCNINING TOIFA GUVONNOMASI

‎‎Fotosurat
‎oʻrni

‎‎_____________-son

Toshkent sh.

20___ y. “___” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
‎Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi tomonidan‎‎

____________________________________________________________________________________________
‎(kimga — baholovchining F.I.O.)
‎____________________________________________________________________________________________
‎‎(passport seriyasi, raqami, qachon va kim tomondan berilgan)
____________________________________________________________________________________________‎
‎(amal qilish muddati)

___________________________ toifasi berildi.
‎Mazkur guvohnma baholovchining malaka sertifikati bilan haqiqiy hisoblanadi.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
‎‎aktivlarini boshqarish agentligi

_____________

__________________________

M.Oʻ.‎

(Vakolatli shaxs)

(Imzo)

(F. I. O.)‎

Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati raisi

‎‎_____________

__________________________

M.Oʻ.‎

(Imzo)

(F. I. O.)‎

Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi

_____________‎‎

‎‎__________________________

M.Oʻ.‎‎

(Imzo)

(F. I. O.)‎‎

Baholovchining toifa guvohnomasining amal qilish muddati:
20 ___ y. “____” ____________ dan 20___ y. “____” ____________gacha uzaytirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
‎‎aktivlarini boshqarish agentligi

_____________

‎‎__________________________

M.Oʻ.‎‎‎

(Vakolatli shaxs)

(Imzo)

(F. I. O.)‎

Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati raisi

_____________

__________________________

M.Oʻ.‎‎‎‎

(Imzo)

(F. I. O.)‎

‎‎Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi

_____________

__________________________

M.Oʻ.‎‎‎‎

(Imzo)

(F. I. O.)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 09/19/799/3803-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)