Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son
Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “2019-yilda gʻoʻzani navlari boʻyicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-dekabrdagi 1037-son qarorining 3-bandi
birinchi xatboshisidagi “4 000 000 soʻm” soʻzlari “qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan birga 4 300 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2019-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxnomasiga oʻzgartirish kiritsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 2019-yil uchun tushumlar va xarajatlarining tasdiqlangan balansiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.