Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining
15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2010-yil 12-iyundagi 66-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2119-son, 2010-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va uning quyi tizimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi taʼlim va oʻquv muassasalarining shaxsiy tarkiblari;”.
2.
9-banddagi “yongʻin oʻchirish qismlari” degan soʻzlar “yongʻin-qutqaruv qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
12-banddagi “davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalari” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Yongʻin joyiga borilayotganda yongʻin oʻchirish ekipaji komandiri Navbatchi dispetcherlar xizmati (bundan keyingi oʻrinlarda NDX deb yuritiladi) yoki qism tezkor boshqaruv guruhi dispetcherlik xizmati (bundan keyingi oʻrinlarda QTBG deb yuritiladi) bilan muntazam aloqada boʻlishi shart.”.
5.
16 va
21-bandlardagi “MDX” hamda “QDXga” qisqartmalari tegishlicha “NDX” hamda “QTBGga” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
6. 29-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “davlat yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarining” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 84-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Yongʻin oʻchirish shtabining” degan soʻzlar “Tezkor boshqaruv xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9.
98-banddagi “MDX” va “QDX” qisqartmalari tegishlicha “NDX” va “QTBG” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
10.
102-banddagi “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.