Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1.“Raanani-Xolding” kompaniyasining mahalliy xomashyodan eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida korxonalarga lizing asosida zamonaviy xorijiy texnologik liniyalar va asbob-uskunalar yetkazib berish yoʻli bilan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 50 mln. AQSh dollari summasidagi dasturni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
tovarlarni oʻrash-joylash va qadoqlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini puxta qayta ishlash;
binokorlik materiallari va buyumlari ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalar va asbob-uskunalar yetkazib berish yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlardan foydalanilishi mumkin boʻlgan faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi;
v) lizing shartlarida xorijiy asbob-uskunalarni yetkazib berishni tashkil etish uchun “Raanani-Xolding” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasida 100 foiz xorijiy sarmoya ishtirokidagi “Osiyo-Yevropa” trast kompaniyasi” shuʼba korxonasini tashkil etadi.
Asbob-uskunalar “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” tomonidan lizing asosida yetkazib beriladi, bunda yetkazib beriladigan asbob-uskunalarning 30 foizgachasi qarz oluvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” shuʼba korxonasi orqali Kanadaning “Raanani-Xolding” kompaniyasining 35 mln. AQSh dollari miqdoridagi valyuta-kredit resurslarini jalb qilish hamda ulardan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq respublika hududida kichik va xususiy biznesni rivojlantirish uchun foydalanish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
7. Toshkent shahar hokimligi “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” ofisini joylashtirish uchun tegishli joy ajratish masalasini ikki hafta muddatda hal etsin.
8. “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi”ga Oʻzbekistonda ushbu dastur mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyihalar boʻyicha soʻmlarda haq toʻlash uchun kelgan xorijiy mutaxassislarning mehmonxonalarda yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun narxnomalar boʻyicha soʻmlarda haq toʻlash huquqi berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” shuʼba korxonasining buyurtmalari boʻyicha “Raanani-Xolding” va “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi”ning respublikaga kelayotgan xodimlariga koʻp martalik vizalar bersinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.