1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2333-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek yangi huquq institutlari tashkil etilganligi va mavjud huquq institutlarining takomillashtirilganligi munosabati bilan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi (A. Madaminov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi (D. Sufiyeva) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari X. Meliyev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-sentabr,
397-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-sentabrdagi 397-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“01.08.03.06 Deputatlik birlashmalari (fraksiyalar va deputatlik guruhlari)” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“01.08.03.06 Fraksiyalar”;
“01.08.08.07 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“01.08.03.07 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni”;
“01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi”;
“01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boshqa organlar va muassasalar” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar”;
“03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitob” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob”;
g) 07.00.00.00 MOLIYA VA KREDIT TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIK. BANK FAOLIYATI boʻlimida:
“07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari”;
“07.24.04.01 Brokerlik faoliyati — 07.24.04.12 Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari” kodlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“07.24.04.01 Investitsiya vositachisi
07.24.04.02 Investitsiya maslahatchisi
07.24.04.03 Investitsiya fondi
07.24.04.04 Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi
07.24.04.05 Transfer-agent
07.24.04.06 Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi
07.24.04.07 Depozitariy
07.24.04.08 Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari”;
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“07.28.06.01 Investitsiya dasturlari
07.28.06.02 Investitsiya loyihalari”;
d) 09.00.00.00 TADBIRKORLIK VA XOʻJALIK FAOLIYATI boʻlimida:
“09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash”;
“09.15.11.00 Transport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. Haydovchilik guvohnomasi” kodidan “. Haydovchilik guvohnomasi” soʻzlar chiqarib tashlansin;
“09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchiga malaka talablari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish”;
“09.17.03.00 Savdoda bahoni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)”;
“09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari. Maishiy xizmatlar” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish. Maishiy xizmatlar”;
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“09.20.07.00 Atom energetikasi
09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari”;
17.05.02.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish
17.05.03.00 Daʼvo ishi
17.05.04.00 Alohida tartibda ish yuritish
17.05.05.00 Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki
17.05.06.00 Sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va qayta koʻrib chiqish
17.05.07.00 Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish
17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik
17.06.01.00 Umumiy masalalar
17.06.02.00 Iqtisodiy sudida birinchi instansiyada ish yuritish
17.06.03.00 Hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritish
17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish
17.06.05.00 Qarorlarni qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish
17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish
17.07.00.00 Mediatsiya”;
i) 18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI. FHDY ORGANLARI boʻlimida:
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar”;
“18.01.06.00” kodi “18.01.07.00” kodi bilan almashtirilsin;
“18.05.00.00 Adliya organlari. FHDY organlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18.05.00.00 Adliya organlari”;
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“18.06.00.00 FHDY organlari”;
k) 19.00.00.00 XALQARO MUNOSABATLAR. XALQARO HUQUQ boʻlimida:
“19.12.00.00 Fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha huquqiy yordam” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19.12.00.00 Fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha huquqiy yordam”;
“19.12.02.00 Xoʻjalik ishlari boʻyicha chet el sudlarining (arbitrajlarning) qarorlarini ijro qilish” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19.12.02.00 Iqtisodiy ishlar boʻyicha chet el sudlarining (arbitrajlarning) qarorlarini ijro qilish”;
l) quyidagi mazmundagi boʻlimlar bilan toʻldirilsin:
“20.00.00.00 KADRLAR MASALALARI, MUKOFOTLAR, FAXRIY UNVONLAR, ESDALIK NISHONLAR, FAXRIY YORLIQLAR BILAN TAQDIRLASH, AMNISTIYA VA AFV ETISH MASALALARI HAMDA FUQAROLIK BERISH BOʻYICHA INDIVIDUAL AKTLAR
20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar
20.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida qarorlar
20.03.00.00 Amnistiya va afv etish toʻgʻrisida qarorlar
20.04.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish toʻgʻrisida qarorlar
20.05.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida qarorlar
21.00.00.00 OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH BOʻYICHA KOMPLEKS TUSDAGI HUJJATLAR:
21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari”.
2. 2-ilova ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini rivojlantirish boʻyicha
MAXSUS KOMISSIYA TARKIBI
1. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi, maxsus komissiya rahbari
2. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi boshligʻi, maxsus komissiya rahbarining oʻrinbosari
3. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi
4. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi
5. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi
6. Lavozimi boʻyicha — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori (kelishuv asosida)
7. Lavozimi boʻyicha — “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat muassasasining direktori (kelishuv asosida)
8. Lavozimi boʻyicha — Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori (kelishuv asosida)
9. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi katta maslahatchisi, maxsus komissiya kotibi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 10/19/2333-2/3742-son)