1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONALARIDA SAVDO-IQTISODIY MASALALAR BOʻYICHA MASLAHATCHI LAVOZIMINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, diplomatiya vakolatxonalari tomonidan savdo-iqtisodiy tusdagi masalalarni samarali hal etish, hamkorlikning yangi sohalari va istiqbolli shakllarini aniqlash, shuningdek, chet el investitsiyalarini jalb etishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1-ilovaga muvofiq chet ellardagi elchixonalarining shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalarining shtat jadvaliga 1-ilovaga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1-ilovaga muvofiq savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarning shtat birliklarini moliyaviy taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.