1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5815-son Farmoniga muvofiq:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Agentlik direktori maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 1 nafar oʻrinbosarga ega;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Agentlikning shtatlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hududiy organlaridagi 57 ta ishlab chiqarish xodimlari shtat birligini optimallashtirish hisobidan jamlanadi.
zarur hollarda, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri bilan kelishilgan holda Agentlik tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida ishga jalb qilish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning tuzilmalarini tasdiqlash va shtatlarini belgilash, shuningdek ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Agentlik direktori bir oy muddatda Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash uchun uni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2019-yilda Agentlik taʼminoti uchun mablagʻlarni ajratsin, 2020-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
4 ta xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin, shuningdek, Agentlikka ularni xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Agentlikka asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra aniq xarajatlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik bazani shakllantirish uchun zarur uskunalarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va maʼmuriy binolarni taʼmirlashga 2019-yilda 3 milliard soʻm, 2020-yilda esa 7 milliard soʻmgacha mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Agentlikning joylashtirilishini taʼminlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-apreldagi 240-sonli qarorining 2-bandi.
Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida nizom.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish va sport uskunalari, anjomlar, inventar va boshqa zarur vositalar bilan jihozlash dasturini tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2022-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy uskunalar, anjomlar, inventar va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi.
2020 — 2025-yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini koʻrib chiqish uchun kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2025-yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda har yili:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining turli fanlardan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishini;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.13.00 Fuqarolarni chet elga oʻqishga yuborish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining xorijiy madaniy-maʼrifiy safarlarini;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog xodimlarining ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini tashkillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
8. Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)