1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida
Dori vositalarining noqonuniy aylanishi va ularning suiisteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aylanishini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, aholining sogʻligʻini saqlashni taʼminlash, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash uchun qoʻshimcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
2019-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinishi lozim va ularning chakana realizatsiyasi (berilishi) faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud boʻlgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
shifokor retsepti boʻyicha beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shu jumladan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarining noqonuniy chakana savdosi holatlariga barham berish boʻyicha tekshirishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga xabar berish tartibida, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshirilishi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida tashkil etiladigan idoralararo ekspert guruhi (keyingi oʻrinlarda — ekspert guruhi) takliflari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi tartibini oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati va ekspert guruhining tarkibini tasdiqlasin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarini berish uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.06.00 Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar tibbiyot tashkilotlarida bemorga retseptli dori vositalarini belgilangan tartibda retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
2020-yil 1-yanvardan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishdagi litsenziya talabi hisoblanadi (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno), mazkur talabning muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilishi litsenziyaning amal qilishini oʻrnatilgan tartibda tugatish uchun asos boʻladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
dori vositalarining notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilinishi ustidan doimiy monitoring olib borsin va zarur hollarda ekspert guruhiga tegishli takliflarni kiritish choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni takomillashtirishga oid, shu jumladan retsept boʻyicha dori vositalarini berish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi, Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi xodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida, dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana savdosiga qoʻyiladigan litsenziya talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashga javobgar boʻlgan xodimlarning shtat sonini koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) yaratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning yetarli darajada emasligi va natija bermayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Axborot tizimini belgilangan muddatlarda joriy etish jarayonini faollashtirsin va jadallashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
uch oy muddatda Dori vositalari va tibbiy buyumlarga elektron tarzda retsept berish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Elektron retsept berish tizimi)ni joriy etish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqsin va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKka kiritsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar Elektron retsept berish tizimi, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy etilishini taʼminlasin va uni Axborot tizimi bilan integratsiyalash imkoniyatini nazarda tutsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Elektron retsept berish tizimining buyurtmachisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
2021-yil 1-martdan boshlab Elektron retsept berish tizimi mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalari uchun, 2022-yil 1-martdan boshlab esa bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Elektron retsept berish tizimini ishlab chiqish, joriy etish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan axborotlashtirish obyektlarini tekshiruvdan oʻtkazish, texnik va loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash, server, kommutatsiya va kompyuter uskunalarini xarid qilish “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi uchun ajratiladigan budjet ajratmalari doirasida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarning mablagʻlari, davlat-xususiy sheriklik shartnomasi doirasida xususiy sherik mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha bir oy muddatda axborotlashtirish obyektlarini tekshiruvdan oʻtkazishga, texnik va loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashga hamda Elektron retsept berish tizimini ekspertiza qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yildagi “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar Elektron retsept berish tizimini ishlab chiqish va joriy etishni belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarning mablagʻlari jalb etilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida Elektron retsept berish tizimini ishlab chiqish, joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni mazkur qarorning talablarini hisobga olib hamda masʼul ijrochilar va aniq muddatlarni belgilagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda ikki hafta muddatda dori vositalari, shu jumladan tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini shifokor retseptisiz isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda axborot-targʻibot ishlarini keng koʻlamda tashkil etish boʻyicha media-rejani tasdiqlasin, bunda shu bilan birga jamiyatda sogʻlom turmush tarziga rioya etish yuzasidan maxsus ruknlar va mavzuga oid materiallar joylashtirilishi nazarda tutilsin.
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-sentabr,
PQ-4438-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 07/19/4438/3702-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son; 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)