1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda milliy anʼana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulugʻ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, ilm-maʼrifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib eʼtirof etilib, diniy bagʻrikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uygʻotadigan davlatlar roʻyxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir.
Shunga qaramay, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta gʻoyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosogʻlom aqidani singdirish holatlari kuzatilmoqda.
Diniy-maʼrifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda “jaholatga qarshi — maʼrifat” degan ulugʻvor gʻoya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bagʻrikenglik ruhini keng targʻib qilish, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etilsin.
Quyidagilar yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish;
vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar koʻrish;
aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantirish;
ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan radikal gʻoyalarga qarshi milliy anʼana va qadriyatlarimizning keng targʻib etilishini taʼminlash.
2. Quyidagilar Qoʻmitaning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.02 Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.06 Jamoat va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar]
jamiyatda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-maʼrifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi]
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
fuqarolarning xorijiy davlatlarga va chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha sotsiologik soʻrovlarni tashkil etish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Qoʻmita:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
jamiyatda “jaholatga qarshi — maʼrifat” degan ulugʻvor gʻoya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targʻib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash masalalarini oʻrganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish choralarini koʻradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
b) ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini mustahkamlash, ular orasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida respublika, viloyat, tuman (shahar), mahalla darajasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining targʻibot guruhlari faoliyatini tashkil etish orqali oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish amaliyoti joriy etiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari Qoʻmitaga tegishli hudud boʻyicha vijdon erkinligi kafolatlari hamda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash, davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirib borishda koʻmaklashadi hamda bu borada Qoʻmita raisiga hisobdor hisoblanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
4. Qoʻmita boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 58 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoʻmita raisiga, zarurat boʻlganda, Qoʻmita markaziy apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
5. Belgilansinki, Qoʻmitaning markaziy apparatiga qoʻshimcha kiritilayotgan 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari markazlashtirilgan buxgalteriyasining tegishli shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Qoʻmita xodimlari faoliyatini har tomonlama oʻrganib chiqib, diniy-maʼrifiy sohada chuqur bilimlarga hamda amaliy ish tajribasiga ega halol, tartib-intizomli va malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diniy-maʼrifiy sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni xalqaro jamoatchilikka yetkazishda Qoʻmitaga doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudi oʻzining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar roʻyxatini eʼlon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3668-son qarorining 1-bandi va unga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qoʻmitaning yangilangan nizomini, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-sentabr,
PQ-4436-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi PQ-4436-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita markaziy apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 58 shtat birligi.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.