toggle_night_mode
Hujjat 31.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, innovatsion gʻoyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Shu bilan birga, yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:
iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini taʼminlash;
ishlab chiqarish sohasiga yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish hamda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun platformalar yaratish talab etilmoqda.
Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini taʼminlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar akademiyasi) yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish;
Yoshlar akademiyasiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosariga yuklash;
Keyingi tahrirga qarang.
Yoshlar akademiyasiga oʻzlarining innovatsion loyihalari va gʻoyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni tanlov asosida qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Yoshlar akademiyasining jamoalari aʼzolari Yoshlar akademiyasi aʼzolari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish;
iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini taʼminlash;
ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
yosh olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan ilgʻor texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish;
ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish;
yoshlarning startap loyihalarini xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish boʻyicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;
xalqaro va mahalliy darajada eʼtirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tugatilsin va uning 5 ta shtat birliklari amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vazirlikka oʻtkazilayotgan shtat birliklari hisobidan Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin va u Yoshlar akademiyasining ishchi organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlat ulushi yuqori boʻlgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslarning innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarining jami mablagʻlarini yiliga 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarini har yili Jamgʻarmaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
mazkur qarorning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar;
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining qaroriga asosan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar qismi;
Yoshlar akademiyasi Vasiylik kengashi aʼzolari — xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat ulushi mavjud korxonalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan innovatsion, amaliy va startap loyihalar natijalari asosida tayyorlangan innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlarning bir qismi;
xalqaro moliyaviy institutlar, donorlarning grantlari va kreditlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Yoshlar akademiyasiga biriktirilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar;
tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olingan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltirilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:
innovatsion, amaliy va startap loyihalarni moliyalashtirishga, shu jumladan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etishga, ilgʻor texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga;
Yoshlar akademiyasi faoliyatini tashkil etish, xorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda vatandoshlarni belgilangan tartibda jalb qilishga;
iqtidorli yoshlarni rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga, nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalarni chop etish, shuningdek, xorijiy va mahalliy patentlash xarajatlarini qoplashga;
ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashishga;
Yoshlar akademiyasining mazkur qarorda belgilangan asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarishga.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Jamgʻarma tomonidan Yoshlar akademiyasi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Vasiylik kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi;
Yoshlar akademiyasi aʼzolarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni asosida ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻrnatilgan tartibda moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Yoshlar akademiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va ularni xorijiy stajirovkalarga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlari doirasida buyurtmaga asosan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalari Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Iqtidorli yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish boʻyicha “Yoʻl xarita” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov tasdiqlanayotgan “Yoʻl xarita”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida 2020-yilning 1-apreliga qadar quyidagi platformalarni tashkil etsin:
“Gʻoyalar generatorlari” — Yoshlar akademiyasining asosiy yoʻnalishlariga tegishli boʻlgan maʼlum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion gʻoyaga ega jamoalar platformasi;
“Startaplar” — oʻz gʻoyasi va ushbu gʻoyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish boʻyicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi;
“Biznes vakillari” — faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qoʻllagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega boʻlgan jamoalar platformasi;
“Boʻlajak akademiklar” — yuqoridagi platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qoʻshayotgan yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar platformasi.
Belgilansinki, Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi.
12. Yoshlar akademiyasi aʼzolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilgʻor texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlari Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanish uchun ajratsin;
2020-yil 1-yanvarga qadar Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Yoshlar akademiyasining aʼzolariga dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasi asosida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan “aqlli shahar” hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va ixcham “Science Park” (Saynspark) tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Yoshlar akademiyasi aʼzolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va taʼsis hujjatlarini tayyorlash, sugʻurta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bogʻliq xizmatlarini tashkil etish boʻyicha muntazam mahorat darslarini olib borsin.
14. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga doimiy ravishda Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yoʻnalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish tavsiya etilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3416-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Yoshlar akademiyasining nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-avgust,
PQ-4433-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

I.Yu. Abduraxmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, kengash raisi

2.

A.Z. Saʼdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi v.b.

3.

Q.S. Sanaqulov

Navoiy KMK DK bosh direktori

4.

A.X. Xursanov

Olmaliq KMK AJ bosh direktori

5.

T.T. Azamatov

Oʻzmetkombinat AJ bosh direktori v.b.

6.

O.Sh. Temirov

Oʻzkimyosanoat AJ boshqaruvi raisi

7.

Sh.B. Umurzakov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

8.

B.B. Sidikov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

9.

U.X. Sayidov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

10.

A.I. Maksudov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

11.

X.N. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh direktori v.b.

12.

S.Sh. Rashidova

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori

13.

Sh.Sh. Sagdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori

14.

Oʻ.Oʻ. Ablakulov

“Artel Engineering and Management” MCHJ ilmiy-tadqiqot rivojlantirish markazi direktori

15.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga
3-ILOVA
Iqtidorli yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar akademiyasi) nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizomda shu jumladan:

nomzodlarni tanlab olish va aʼzolikka qabul qilish mezonlarni aniq koʻrsatib oʻtish;

Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini samarali tashkil etish.

1. Jamgʻarma toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Jamgʻarmani Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy tuzilmasi binosida joylashtirish.

2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

3.

Jamgʻarmaga tegishli manbalardan mablagʻlarni uzluksiz kelishini taʼminlash.

1. Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etgan xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar roʻyxatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxatni tegishli xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarga yuborish.

3. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarning Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalarni doimiy ravishda Jamgʻarma hisobiga oʻtkazish.

2019-yil
15-oktabr

Innovatsionrivojlanishvazirligi
(
I. Abdurahmonov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar

Har yil davomida

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Boshqarmani yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

2. Boshqarmani 2019-yil yakuniga qadar boʻlgan ish rejasini tasdiqlash.

3. Boshqarma ishini doimiy ravishda tahlil qilib borish, uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

2019-yil
20-sentabr

Innovatsion
rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Moliya vazirligi
(B. Ashrafxanov)

5.

Yoshlar akademiyasi faoliyatiga hamda akademiya aʼzoligiga qabul qilish shartlariga doir materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish ishlarini tashkil etish.

1. Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yoʻnalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish boʻyicha uchrashuvlar tashkil etish.

3. Yoshlar akademiyasi faoliyati boʻyicha maqolalar chop etish, reklama roliklari, tematik koʻrsatuvlar va eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish.

2019-yil
1-oktabr

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga maqsadli jalb etish.

1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash boʻyicha tanlov eʼlon qilish va oʻtkazish.

2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
(A. Saʼdullayev),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

7.

Yoshlar akademiyasi aʼzolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish hamda ularning intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish.

1. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilgʻor texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlarini Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanishga berish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish.

2. Tanlov natijalariga koʻra Yoshlar akademiyasining aʼzolarini “Gʻoyalar generatorlari”, “Startaplar”, “Biznes vakillari” va “Boʻlajak akademiklar” platformalariga biriktirish.

2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

8.

Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish.

Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish sohasida innovatsiyalarni keng targʻib qilish va yuqori texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Yoshlar akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha memorandumlarni tuzish.

2019-2020
yillar davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov), xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar

9.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan “aqlli shahar” hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va ixcham “Science Park” (Saynspark) tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tashkiliy-amaliy choralar.

2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Toshkent viloyati
hokimligi
(R. Xolmatov)

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yoshlar akademiyasi aʼzolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va taʼsis hujjatlarini tayyorlash, sugʻurta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bogʻliq xizmatlarini tashkil etish boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish.

1. Yoshlar akademiyasi aʼzolarining roʻyxatini va oʻquv rejasini shakllantirish (yoʻnalishlar boʻyicha) va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga taqdim etish.

2020-yil
1-aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimlarini jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil qilish.

Reja asosida

11.

Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlari faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarini koʻrish.

Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlarining muammolarini oʻrganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil
1-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

12.

Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish.

1. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalari tanlovini oʻtkazish.

2. Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi asosida ajratilgan mablagʻlar hamda boshqa manbalar hisobidan Yoshlar akademiyasi aʼzolarining loyihalarini moliyalashtirish.

3. Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan innovatsion, amaliy va startap loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mahorat darslarini tashkil etish.

4. Yoshlar akademiyasiga xorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda vatandoshlarni jalb qilish.

5. Yoshlar akademiyasining iqtidorli va faol aʼzolarini aniqlash va ragʻbatlantirib borish.

2020-yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
(A. Saʼdullayev)

13.

“Innoweek” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ishlanmalari va mahsulotlari koʻrgazmasini, shuningdek, “Yosh akademiklar forumini” tashkil qilish.

1. Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ishlanmalari va mahsulotlarini tanlab olish va koʻrgazmaga tayyorlash.

2. Koʻrgazma va forumni tashkil qilishda zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan “sunʼiy intellekt”dan foydalanish.

3. Chet eldagi yosh olimlar, akademiklar va innovatorlarni koʻrgazmaga hamda forumga taklif etish.

2020-yil
15-sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

14.

Yoshlarni aniq fanlar boʻyicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2. Xalqaro robototexnika tanlovini oʻtkazish boʻyicha dasturini shakllantirish, shu jumladan chet eldan tashrif buyuradigan mehmonlar roʻyxatini tuzish.

3. Xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish va uni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, shuningdek, mazkur jarayonga Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining faol ishtirokini taʼminlash.

2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov)

15.

Yoshlar akademiyasining xalqaro aloqalarini rivojlantirish.

Xalqaro va mahalliy darajada eʼtirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Rejani tasdiqlash — 2019-yil
1-oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov)

Tadbirlarni oʻtkazish — reja asosida

16.

Yoshlar akademiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va xorijiy stajirovkalarga yuborish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida Yoshlar akademiyasi aʼzolarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malakasini oshirish va ularni xorijiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Rejani tasdiqlash — 2020-yil
1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
“El-yurt umidi”
jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov)

Tadbirlarni oʻtkazish — reja asosida

17.

Yoshlar akademiyasini joylashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2019-yil
20-sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

18.

Yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish boʻyicha “Yoʻl xarita”da koʻrsatilgan chora-tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.

2019-yil
20-sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3416-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “105” raqami “110” raqami bilan almashtirilsin;
2. 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarning cheklangan soni — 110 nafar”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 07/19/4433/3673-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)