Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanishni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 10-maydagi 143-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794, 2016-yil 7-iyun) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“abonent — raqamli televideniye xizmatlari koʻrsatilishi uchun provayder bilan yoki uning dileri orqali shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;”;
beshinchi xatboshi operator degan soʻzdan keyin “yoki provayder” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“familiyasi, ismi va sharifi (jismoniy shaxslar uchun);
nomi, manzili, yuridik manzili, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);”;
beshinchi xatboshi “elektron pochta manzili” degan soʻzlardan keyin “ — agar mavjud boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3.
11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxsning talabi boʻyicha provayder yoki diler vakillari uning yashash joyiga borib raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishi mumkin.”.
4.
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga rasmiylashtiriladi. Operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddati uzaytirilganda shartnoma litsenziyaning yangidan belgilangan amal qilish muddatigacha uzaytirilgan deb hisoblanadi.”.
5.
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Abonent raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi tuzilgan va tanlangan tarif rejasiga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yoki abonentning xohishiga koʻra undan koʻproq muddatda provayder tomonidan aktivatsiya qilinadi va raqamli televideniye tarmogʻiga ulanadi.”.
6. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.