Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 12-iyuldagi 7-mh, 52-son qarori (roʻyxat raqami 2820, 2016-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1, 2-bandlari 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
1.
3-banddagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida bazaviy hisoblash miqdori oʻzgargan hollarda, bazaviy hisoblash miqdori oʻzgargan sanadan boshlab toʻlov qayta hisob-kitob qilinadi.”.
3.
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga va umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.”.
4.
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tarbiyachilarning mehnat haqi va mehnat taʼtili haqiga toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin boʻshab qolgan mablagʻlar ularni moddiy ragʻbatlantirish xarajatlariga, shuningdek kuzatuv kengashining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlarga erkin yoʻnaltirilishi mumkin.”.
5.
25-band “buxgalteriyasi” degan soʻzdan keyin “yoki xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6.
27-band “(buxgalterlari)” degan soʻzdan keyin “yoki xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh buxgalteri” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7.
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Toʻlovlardan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi hamda tegishli hududiy boʻlimlari tomonidan olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari xalq taʼlimi muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.”.