1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3177]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
1. Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. NORQOBILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-avgust,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 1-avgustdagi 7-son qaroriga ILOVA
Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvonlarning egalaridan undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
1. Mazkur Nizom qoidalari tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun saqlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻpaytirayotgan, boqayotgan hayvonlari identifikatsiya obyekti boʻlib hisoblanadi.
2-bob. Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori va shartlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.11.00 Uy hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlash]
3. Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvon egalaridan quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
har bir qoramol, ot, eshak va tuyalar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda BHM deb yuritiladi) 2 foizi;
har bir qoʻy, echki va choʻchqalar uchun — BHMning 1,5 foizi;
har bir it va mushuklar uchun — BHMning 1 foizi.
Qoʻy va echkilarga guruh usulida veterinariya pasporti rasmiylashtirilganda, identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlovlar qoʻy va echkilarning har biriga alohida undiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
4. Veterinariya pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati bepul beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
5. Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari va hayvon egalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
6. Shartnomada hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatini koʻrsatish muddatlari, narxi, hisob-kitob tartibi, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
7. Toʻlov tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriga koʻra, cheklanmagan holda, tijorat banklari, elektron toʻlov tizimi va boshqa toʻlov turlari orqali, naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
8. Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari tasdiqlangan shakldagi kirim orderi va ikki nusxada kvitansiyani rasmiylashtiradi hamda pullik tushumlarning hisobini olib boradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Kvitansiyaning bir nusxasi hayvon egasiga beriladi, ikkinchi nusxasi tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari buxgalteriyasida saqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
9. Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari boʻyicha tushumlarning statistik, buxgalterlik hisobi va hisobotini olib boradi hamda hududiy Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga topshiradi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi ushbu hisobotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga yuboradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
10. Hayvonlarni identifikatsiya qilishda veterinariya muassasasi va hayvon egalari oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar muzokara oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal etiladi.
11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
12. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2019-yil 1-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 1-avgust
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2019-yil 1-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/3177/3646-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)