Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi
birinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining uchdan” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.