

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4477887" id="onLBC-4477887">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4477887" id="onLS-4477887">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4481874" id="-4481874">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4481876" id="-4481876">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4481877" id="-4481877">Qoʻqon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4481883" id="-4481883"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481886" id="-4481886">Jahon tajribasini hisobga olgan holda oliy maʼlumotli raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, oʻquv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uzviy bogʻliqligini kuchaytirish, oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakat hududlaridagi yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481887" id="-4481887">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Da Vinci” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) Qoʻqon shahrida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi Qoʻqon universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481889" id="-4481889">2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481890" id="-4481890">Universitetda Oʻzbekiston oliy taʼlim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oliy taʼlim dasturlarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481891" id="-4481891">respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481893" id="-4481893">xorijning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481894" id="-4481894">oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481895" id="-4481895">taʼlim jarayoniga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481896" id="-4481896">taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481897" id="-4481897">professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481898" id="-4481898">3. Muassisning quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481899" id="-4481899">Universitetni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash hamda oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481900" id="-4481900">Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481901" id="-4481901">Universitetni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481902" id="-4481902">har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481903" id="-4481903">4. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481904" id="-4481904">Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481905" id="-4481905">Universitet taʼlim jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481906" id="-4481906">Universitetda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amalda mavjud taʼlim shakllari hamda oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481907" id="-4481907">bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481908" id="-4481908">Universitetga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481909" id="-4481909">Universitetda taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481910" id="-4481910">Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7158806" id="-7158806">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-son “Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4430303">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481911" id="-4481911">5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Adliya vazirligi Universitetni tashkil etish davrida uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻlik tashkiliy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv- uslubiy, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etishda Muassisga koʻmaklashsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481912" id="-4481912">6. Quqon shahri, Turkiston koʻchasi, 28-a uy manzilida joylashgan Quqon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga operativ boshqaruv huquqi bilan berilsin va keyinchalik ushbu joyda Universitet tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481913" id="-4481913">Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻkon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga berilayotgan bino va inshootlarda oʻquv jarayonini davom ettiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481914" id="-4481914">7. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481915" id="-4481915">toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481916" id="-4481916">xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481918" id="-4481918">jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481919" id="-4481919">xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5990808" id="edi-5990808"><a href="/mact/-4477887?ONDATE=17.08.2019 00#-4481920">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5990808" id="-5990808"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5990810" id="-5990810">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5990824" id="-5990824">(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939878">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481921" id="-4481921">8. Universitetga har yili yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar mavjud talab va ehtiyojni hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olib, mehnat bozori konyunkturasining tez oʻzgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini taʼminlaydigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat berilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481922" id="-4481922">9. Qoʻkon shahar hokimligi Universitet faoliyatini 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyish uchun uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash boʻyicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, oʻqituvchi va talabalar uchun turar joy binosini qurishda, zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan taʼminlashda Muassis bilan hamkorlik qilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481925" id="-4481925">10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetda taʼlim sifatini va qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481926" id="-4481926">11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481929" id="-4481929">12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481930" id="-4481930">13. 2022-yil 1-avgustga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481931" id="-4481931">Universitet barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481933" id="-4481933">Universitetga jalb etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar yagona ijtimoiy toʻlovni va jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni toʻlashdan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481934" id="-4481934">Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, elektron doskalar, proyektorlar, multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7158810" id="-7158810">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar <a href="/mact/-5445273#-5451427">roʻyxati</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481936" id="-4481936">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda chetdan olib kelingan tovarlardan Universitet tomonidan maqsadli foydalanilishi boʻyicha nazorat oʻrnatsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5990861" id="edi-5990861"><a href="/mact/-4477887?ONDATE=17.08.2019 00#-4481938">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5990861" id="-5990861"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5990865" id="-5990865">Belgilansinki, chetdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirib olinadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5990870" id="-5990870">(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939878">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481940" id="-4481940">14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481941" id="-4481941">15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4481942" id="-4481942">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4481943" id="-4481943">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4481944" id="-4481944">2019-yil 17-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4481945" id="-4481945">683-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4481881" id="-4481881">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/683/3588-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
