Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 24-noyabrdagi 110-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1941, 2009-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 206-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomning
52-bandida:
“v” kichik banddagi “eng kam ish haqi miqdorining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.