Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1.
3-banddagi “ularning oila aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 22-band “a” kichik bandining
uchinchi xatboshidagi “nogironini” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxsni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“g) xizmat muddatidan qatʼi nzar, xizmat (harbiy xizmat) vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador boʻlish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar”;
“j) ichki ishlar organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega boʻlib, shundan 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat (harbiy xizmat) qilgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilari bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi “j1” kichik band qoʻshilsin:
“j1) ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jinoyat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi boʻlgan farzandlari, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, shuningdek, ushbu holatlardan olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar”;
5.
36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“36. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida stansionar sharoitda belgilangan tartibda davolanadi”.