Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlariga hamda aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish tadbirlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi tomonidan berilgan 300 mlrd soʻm miqdordagi foizsiz budjet ssudasining 260 mlrd soʻmini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “Ozmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qarorining 8-bandi
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 300 mlrd soʻm miqdordagi foizsiz budjet ssudasining 260 mlrd soʻmini 2019-yil 1-iyulgacha, qolgan 40 mlrd soʻmini 2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda qoplashi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 1-martdagi 185-son qarorining
5-bandidagi “endokrinologik kasalliklarga” soʻzlari “endokrinologik va gemofiliya kasalliklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.