Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 10-bandning
ikkinchi xatboshisidan va
20-banddan “, bunda yuridik shaxs vakolatli vakilining imzosi u ifodalayotgan yuridik shaxsning asosiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 11-bandning
birinchi xatboshisidan “roʻyxatga oluvchining asosiy muhri yoki roʻyxatga oluvchi filialining muhri bilan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3.
21-banddan “transfer-agentning asosiy muhri bilan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4.
34-banddan “va muhrlarining (yuridik shaxslar uchun)” va “va muhrlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5.
35-banddan “va muhrlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.