Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 29-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3135, 2019-yil 4-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/3135/2571-son) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “maktabgacha taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
birinchi xatboshi “davlat maktabgacha” degan soʻzlardan keyin “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b)
toʻrtinchi xatboshi “davlat maktabgacha taʼlim” degan soʻzlardan keyin “tashkilotlari” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
3.
18-banddagi “davlat maktabgacha taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Nizomning
1-ilovasidagi “muassasasi”, “muassasasining”, “muassasalari”, “muassasa” degan soʻzlar tegishlicha “tashkiloti”, “tashkilotining”, “tashkilotlar”, “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.