Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Urugʻlar sifatini nazorat qilish vazifalari Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi zimmasiga yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligining respublika davlat urugʻchilik inspeksiyasi belgilangan tartibda tugatilsin.
2. Sertifikatlashtirish va urugʻlar sifatini nazorat qilish davlat markazi oʻn kun muddatda asbob-uskunalarni, binolar va inshootlarni, transport vositalarini, shuningdek xodimlarni belgilangan tartibda balansga qabul qilsin.
3. Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan inspeksiya uchun ajratilgan mablagʻlarning butun hajmini Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat markaziga oʻtkazsin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻrsatib oʻtilgan Markazning yangi tuzilmasi va shtat jadvalini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.