1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi tasdiqlangan Reglamentning bajarilishi nazorat qilinishini va elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarining yagona elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan ulanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
610-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 610-son qaroriga ILOVA
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash
1. Ushbu Reglament elektr energiyasi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlariga (keyingi oʻrinlarda yagona elektroenergetika tizimi deb ataladi) ulash tartibini belgilaydi va tadbirkorlik subektlarining elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan kirishini taʼminlaydi.
2. Ushbu Reglament tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlariga, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlariga ulash moʻljallanayotgan isteʼmolchilarga tatbiq etiladi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki potensial ishlab chiqaruvchi (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqaruvchi deb ataladi) — oʻz ehtiyoji va (yoki) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga realizatsiya qilish uchun elektr energiyasi (quvvatlar), shu jumladan, energiyaning tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi (quvvatlar) ishlab chiqaradigan yoki ishlab chiqarishni tashkil etish niyatidagi tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar yuridik yoki jismoniy shaxs;
tizim operatori — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning yagona elektroenergetika tizimi, magistral elektr tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining texnologik rejimini tezkor-dispetcherlik boshqaradigan, shuningdek, boshqa davlatlarning elektroenergetika tizimlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydigan boʻlinmasi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, berish, taqsimlash va uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalarning jami (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda);
elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatish uchun moʻljallangan elektr uzatish tarmoqlari, transformator kichik stansiyalari, taqsimlash va elektr tokining yoʻnalishini qayta oʻzgartiruvchi punktlar;
yagona elektroenergetika tizimiga ulashning maqbul nuqtasi — ishlab chiqaruvchining mavjud quvvatini berish uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligining kuchlanish darajasi va oʻtkazish qobiliyati boʻyicha mos boʻlgan ishlab chiqaruvchi joylashgan joyga yaqin joylashgan obyekti;
texnik shartlar — muayyan quvvatlarni elektr tarmogʻining muayyan nuqtasiga ulash uchun zarur texnik talablar sanab oʻtilgan hujjat.
4. Ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, xususiy uylarda energiya ishlab chiqaradigan elektr qurilmalarini oʻrnatgan ishlab chiqaruvchilar ushbu Reglamentda belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yagona elektroenergetika tizimiga ulanish huquqiga egadirlar.
6. Oʻzining elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash uchun ishlab chiqaruvchi elektr tarmoqlariga ulanish moʻljallanayotgan tashkilotdan yangi yoki qoʻshimcha energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni ulashga texnik shartlarni olishi shart.
Oldin ulangan elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash nuqtasini oʻzgartirish zarur boʻlganda ham ishlab chiqaruvchi texnik shartlarni olishga majburdir.
7. Texnik shartlar ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi boʻyicha:
magistral elektr tarmoqlariga ulashda — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ deb ataladi) tomonidan ularda tegishli vakolatlar mavjud boʻlganda;
hududiy elektr tarmoqlariga ulanishda — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tegishli hududiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ deb ataladi) tomonidan;
elektr energiyasi ishlab chiqaradigan korxonalarning elektr tarmoqlariga ulanishda — elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha tegishli korxona, shu jumladan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ (keyingi oʻrinlarda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan korxona deb ataladi) tomonidan;
isteʼmolchilarning elektr tarmoqlariga ulanishda — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning (ulardan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilganda) va/yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan beriladi.
8. Oʻz balansida elektr tarmoqlariga ega boʻlgan isteʼmolchilar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning talabi boʻyicha, ular tomonidan belgilangan texnik imkoniyat mavjud boʻlganda oʻz elektr tarmoqlariga ishlab chiqaruvchilarning elektr qurilmalarini ulashga majburdir.
9. Yagona elektroenergetika tizimining qabul qiluvchi elektr tarmogʻining kuchlanish sinfi va elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlariga ulashning maqbul nuqtasi ishlab chiqaruvchining beradigan mavjud quvvati quyidagicha boʻlganida qabul qilinadi:
10. Ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan kuchlanish sinfi elektr tarmoqlariga ulashga yagona elektroenergetika tizimining texnik imkoniyati boʻlmaganda, shuningdek, elektr energiyasini yagona elektroenergetika tizimiga ulanishning maqbul nuqtasigacha uzatishda elektr energiyasining texnologik yoʻqotilishi darajasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlganda kuchlanishning yuqoriroq sinfli elektr tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar berilishi mumkin.
11. Elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash, oldin ulangan elektr qurilmalari quvvatlarini koʻpaytirish yoki ulanish nuqtasini oʻzgartirish uchun ishlab chiqaruvchi ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektr tarmogʻi egasiga buyurtmanoma beradi, ushbu buyurtmanoma uning veb saytida va/yoki interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida boʻlishi kerak.
Yagona elektroenergetika tizimiga ulanishga buyurtmanoma elektr tarmogʻi egasining veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida pochta orqali yoki chopar bilan yuborilishi mumkin.
ishlab chiqariladigan barcha elektr energiyasidan oʻz isteʼmoli uchun foydalanilgan va ishlab chiqaruvchining elektr qurilmasi yagona elektroenergetika tizimiga ulanmagan, shuningdek, yagona elektroenergetika tizimi bilan elektr aloqasi boʻlmagan hollarda;
himoya qurilmalari oʻrnatish orqali yagona elektroenergetika tizimiga elektr energiyasi berish imkoniyati istisno qilingan holda elektr energiyasini yoxud elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha oʻz qurilmalaridan, yoxud yagona elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlaridan isteʼmol qilingan hollarda texnik shartlarni olish talab etilmaydi.
Bunda ishlab chiqaruvchi (maishiy isteʼmolchilar — aholi bundan mustasno):
tarmoqlar egasini elektr qurilmalaridan oʻz isteʼmoli uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanish toʻgʻrisida xabardor qiladi;
belgilangan tartibda “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishiladigan elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqadi;
elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha elektr qurilmalarini “Oʻzenergoinspeksiya” koʻrikdan oʻtkazganidan va ulardan foydalanishga ruxsatnoma olinganidan keyin ishga tushiradi (ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan hollar bundan mustasno);
elektr qurilmalarining zarur texnik holati va elektr xavfsizligi taʼminlanishi uchun javob beradi.
20 kVt gacha quvvatni beradigan ishlab chiqaruvchilar uchun elektr taʼminoti loyihasini “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishish va “Oʻzenergoinspeksiya”dan elektr qurilmalaridan foydalanishga ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
13. Agar hududiy elektr tarmogʻiga 20 kVt dan 500 kVt gacha quvvatli ishlab chiqaruvchi ulansa, ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — tarmoqlar egasi tizim operatorini xabardor qiladi va unga ulanishga buyurtmanoma nusxasini maʼlumot uchun yuboradi.
14. 500 kVt dan ortiq quvvatli ishlab chiqaruvchini ulashda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — tarmoqlar egasi tizim operatoriga buyurtmanoma nusxasini kelishish uchun yuboradi.
15. 20 kVt gacha quvvatli barcha ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash moʻljallanayotgan elektr tarmoqlari egasi buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida uni oʻrganadi va ishlab chiqaruvchiga elektr tarmogʻiga ulanish uchun texnik shartlarni beradi yoxud unga asoslangan rad javobini yuboradi.
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalari ish rejimi va ishning texnologik parametrlari ular ulanishi moʻljallanayotgan elektr tarmoqlari ish rejimi va parametrlariga mos emasligi, shuningdek, ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan texnik shartlarni berish uchun zarur maʼlumotlar mavjud emasligi rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
16. 500 kVt va undan yuqori quvvatni berish imkoni boʻlgan barcha ishlab chiqaruvchilar uchun tarmoqqa ulanishning imkoniyati boʻlishi mumkin boʻlgan variantlari, shuningdek, koʻrib chiqiladigan har bir variant uchun texnik shartlar tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash asosida ishlab chiqiladi.
17. 20 kVt dan 500 kVt gacha quvvatni berish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha ishlab chiqaruvchilar uchun tarmoqqa ulanishni oʻrganish oʻrniga tarmoqqa ulanishda taʼsirni baholash yetarlidir. Oʻrganish bilan baholash oʻrtasidagi asosiy farq elektr tarmogʻi rejimlarini zaruriy tahlil qilish ish hajmidan iboratdir.
18. Tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash bunday ishlarni oʻtkazish uchun vakolatli boʻlgan ixtisoslashgan tashkilot (loyiha tashkiloti) yoki tarmoqlariga ulanish moʻljallanayotgan tashkilot tomonidan bajariladi. Tarmoqqa ulanishni oʻrganish va baholash bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar ishlab chiqaruvchining hisobiga qoplanadi.
Elektr tarmogʻi egasi buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ishlab chiqaruvchiga tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash uchun vakolatli boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar roʻyxatini beradi va/yoki bajariladigan ishlar qiymatini koʻrsatgan holda tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qiladi.
Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar egasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatdan ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlashga yoxud litsenziyaga ega boʻlgan va ishlarning bunday turini bajarish vakolatiga ega boʻlgan boshqa tashkilotni jalb etish yoki shartnoma tuzish asosida tarmoqlarning egasi xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholashda ulanadigan elektr qurilmasining tarmoqning ishi ishonchliligiga boʻlishi mumkin boʻlgan taʼsiri va tanlangan yechim uchun ushbu Reglament talablariga rioya qilish aniqlanadi.
19. Tarmoqqa ulashga buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda tarmoqning egasi tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrashga, biroq ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki elektr tarmogʻi egasi bilan tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash uchun shartnoma tuzilgan va tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi tomonidan haq toʻlangan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay soʻrashga haqlidir.
20. Tarmoqqa ulanishni oʻrganish natijalarini tayyorlash davri toʻqson kalendar kundan, tarmoqqa ulanishni baholash esa — elektr tarmogʻi egasiga va/yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotga ishlab chiqaruvchidan talab qilinadigan barcha maʼlumotlar taqdim etilgan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash natijalari boʻyicha xulosada, shu jumladan:
tarmoqqa ulanish uchun texnik yechimlar tahlili;
tarmoqqa ulanishning moʻljallanayotgan nuqtalarida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining texnik tavsiflari;
ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaradigan energiya qurilmasiga qoʻyiladigan texnik talablar va ishlatish talablari;
quvvatlarning yagona elektroenergetika tizimiga balansini taʼminlash va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (yuklama jadvalini tartibga solishda ishtirok etish va shu kabilar) yuzasidan energiya ishlab chiqaruvchi energiya qurilmasiga qoʻyiladigan talablar;
tarmoqqa ulash uchun zarur boʻlgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini qurishga xarajatlarni (ishlab chiqaruvchining yoki elektr tarmogʻi egasining talabi boʻyicha) baholash haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
21. Tarmoqqa ulanishni oʻrganuvchi yoki baholovchi tashkilot tarmoqqa ulanishni taʼminlash va yagona elektroenergetika tizimi uchun salbiy oqibatlarsiz ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaruvchi qurilmasini ishlatish uchun zarur hisob-kitoblarni (xavfsizlikning tahlili, yagona elektroenergetika tizimining dinamik va turgʻun barqarorligi, quvvatlar oqimlari hisob-kitobi, qisqa tutashuvlar rejimlari, reaktiv quvvatni boshqarish, elektr energiyasi sifati parametrlarini aniqlash va shu kabilar) bajarishi zarur.
23. Agar oʻrganish yoki baholash natijalari boʻyicha ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr qurilmalari parametrlari elektr tarmogʻining chegaraviy parametrlari oshishiga olib kelmasa, unga ulanish moʻljallanayotgan tarmoqlar egasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan natijalar olingan paytdan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda:
500 kVt va undan ortiq quvvatni berishda — tizim operatoriga buyurtmanomalar nusxasini va oʻrganish yoki baholash natijalarini kelishish uchun yuboradi;
20 kVt dan 500 kVtgacha quvvatni berishda — ishlab chiqaruvchiga ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalariga ulanishga texnik shartlarni beradi.
Tizim operatori buyurtmanomani hamda oʻrganish va baholash natijalarini ular tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi, ushbu ulanishni kelishadi yoki ulanish moʻljallanayotgan tarmoqlar egasiga xulosani yuborgan holda asoslangan rad javobini beradi.
Ulanish moʻljallanayotgan tarmoqlar egasi tizim operatorining xulosasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ishlab chiqaruvchiga ushbu ulanish tizim operatori bilan kelishilgan holda ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalariga ulanishga texnik shartlarni beradi yoki tizim operatori bilan kelishilmaganda ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalari tarmogʻiga ulanishga asoslangan rad javobini beradi.
24. Texnik shartlarda ulanishning maqbul nuqtasi tarmoqqa ulanish uchun bajarilishi zarur boʻlgan ishlar (tarmoqni kengaytirish va/yoki uning oʻtkazish qobiliyatini koʻpaytirish) hisobga olingan holda oʻrganish yoki baholash yakunlari boʻyicha berilgan xulosadagi taklif qilingan variantlardan elektr tarmoqlari egasi tomonidan tanlanadi.
Ishlab chiqaruvchi oʻrganish yoki baholash yakunlari boʻyicha taklif etilgan ulanishning boshqa variantini tanlash maqsadida ushbu tanlovni iqtisodiy asoslab elektr tarmoqlari egasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu holatda elektr tarmoqlari egasi ishlab chiqaruvchining murojaati olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida ishlab chiqaruvchiga ulanishning maqbul nuqtasi qayta koʻrib chiqilishi hisobga olingan holda elektr qurilmalariga ulanishga texnik shartlarni beradi yoki ishlab chiqaruvchiga ulanishning maqbul nuqtasini oʻzgartirish boʻyicha asoslangan rad javobini yuboradi.
25. Texnik shartlarda:
yangidan ulanadigan yoki qoʻshimcha quvvatni berishga ruxsatnoma;
ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalari tarmoqqa ulanish nuqtasi;
ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalari tarmoqqa ulanishi uchun quriladigan elektr uzatish havo yoki kabel tarmoqlarining kuchlanish sinfi;
ayrim hollarda — tashqi elektr taʼminoti sxemasining variantlarini ishlab chiqish zarurligi;
yagona elektroenergetika tizimining barqarorlik shartlariga sutkalik yuklamalarni qoplash jadvalini tartibga solishda ishtirok etish boʻyicha asoslangan talablar;
qisqa tutashuv toklarining hisoblab chiqilgan miqdori, releli himoyaga, avtomatikaga, aloqaga, ortiqcha kuchlanishdan izolyatsiya qilish va himoya qilishga qoʻyiladigan talablar;
ulanish nuqtasida kuchlanishning normal darajasini saqlash uchun reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish boʻyicha talablar;
ishlab chiqaruvchining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini yagona elektroenergetika tizimining elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan integratsiyalash zarurligi bilan birgalikda elektr energiyasini hisobga olishga qoʻyiladigan talablar;
yetkazib beriladigan elektr energiyasi sifatiga qoʻyiladigan talablar;
davlat standartlariga muvofiq barqarorlashtiruvchi qurilmalarni va elektr energiyasi sifati nazorati asboblarini oʻrnatishga qoʻyiladigan maxsus talablar;
himoya avtomatikasi vositalariga yoki avariya vaziyatlarida ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalarini uzish qurilmalariga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar;
ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ishlatishni tashkil etish boʻyicha talablar;
loyihalashtirish va ishlarni bajarishning amaldagi normalari hisobga olingan holda texnik shartlarga amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Ayrim hollarda texnik shartlarga ushbu ulanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa texnik talablar ham kiritilishi mumkin.
26. Agar texnik shartlarning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin tarmoqqa ulanish uchun zarur boʻlgan elektr tarmoq xoʻjaligi obyektlarini qurish boʻyicha ishlar bajarilmagan boʻlsa, texnik shartlar oʻz kuchini yoʻqotadi.
27. Tarmogʻiga ishlab chiqaruvchini ulanishi moʻljallanayotgan tarmoqlar egasi texnik shartlarni bermagan yoki ularni berishda ushbu Reglament talablari buzilgan hollarda ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga murojaat qilish huquqiga ega.
28. Ishlab chiqaruvchining yagona elektroenergetika tizimiga ulanishi bilan bogʻliq elektr tarmogʻi xoʻjaligining yangi obyektlarini loyihalashtirish va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish ishlab chiqaruvchining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
29. Texnik shartlar talablarini bajarish ishlab chiqaruvchilar, loyiha, qurilish-montaj va sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Agar texnik shartlar berilgan sanadan boshlab uch yil oʻtgandan keyin yagona elektroenergetika tizimiga ulanish uchun infratuzilmani qurish boshlanmasa, texnik shartlar oʻzining huquqiy maqomini yoʻqotadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari boʻyicha qurilayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha obyektlarga nisbatan ushbu talab tatbiq etilmaydi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi yoki boshqa vakolatli davlat organi tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha elektroenergetika obyektlari qurish uchun tanlov eʼlon qilinganda tanlov hujjatlariga:
elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonaning joylashgan joyi, turi va quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, uning boshqa asosiy parametrlari;
yagona elektroenergetika tizimiga ulanishning maqbul nuqtalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va elektr qurilmalariga ulanish boʻyicha boshqa zarur maʼlumotlar;
ushbu Reglamentning 25-bandiga muvofiq elektr qurilmalariga ulanishga texnik shartlar ilova qilinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi yoki boshqa vakolatli davlat organi yagona elektroenergetika tizimiga ulanishning maqbul nuqtalari toʻgʻrisidagi texnik shartlar va maʼlumotlar tanlov hujjatlarida mavjud boʻlishini taʼminlash uchun javob beradi.
Tanlov hujjatlarini tayyorlashga xarajatlar elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha elektroenergetika obyektlari qurilishining qiymatiga kiritilishi va tanlov hujjatlarida koʻrsatiladigan shartlarda tanlov gʻolibi tomonidan qoplanishi kerak.
3-bob. Ishlab chiqaruvchilarning elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish tartibi
31. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqaruvchining buyurtmasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash loyihasi ishlab chiqiladi.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan ishlab chiqaruvchilarning elektr qurilmalariga ulashda — “Oʻzenergoinspeksiya” bilan;
0,4 — 6 — 10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda — “Oʻzenergoinspeksiya”ning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishadi.
33. Yakka tartibdagi uyda yashaydigan jismoniy shaxs hisoblangan ishlab chiqaruvchining 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda ulash loyihasini “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boʻlinmalari bilan kelishish talab qilinmaydi.
34. Texnik shartlarni bergan tashkilotlar va “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boʻlimi u kelishish uchun taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ulash loyihasini kelishadilar yoki uni kelishishni rad etadilar.
35. Ulash loyihasining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga va texnik shartlarga muvofiq emasligi ulash loyihasini kelishish rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Ulash loyihasini boshqa sabablarga koʻra kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Ulash loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar loyiha tashkiloti tomonidan bartaraf etilgandan keyin takroran koʻrib chiqish va kelishish ulash loyihasi kelishish uchun takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
37. Texnik shartlar talablari bajarilgandan keyin ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulashning ishga tushirish sxemasi tuziladi.
Ishga tushirish sxemasi ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiladigan tashkilot tomonidan tuziladi.
38. Ishga tushirish sxemasi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalari ulanadigan elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishiladi.
Operativ boshqaruvdagi va tizim operatorining yuritishidagi elektr tarmoqlariga ulashda ishga tushirish sxemasi qoʻshimcha ravishda tizim operatori bilan kelishiladi.
39. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari tamom boʻlganidan keyin ishlab chiqaruvchi ulanadigan elektr qurilmalarining tayyorligini tekshirish uchun tarmoqlariga ulaniladigan tashkilotga murojaat qiladi.
Tarmoqlariga ulaniladigan tashkilot ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya”ni yoki uning hududiy boʻlinmasini ulanadigan elektr qurilmalarining tayyorligini tekshirish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi, shuningdek, ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boʻlinmasi bilan kelishgan holda tekshirish oʻtkaziladigan sanani ishlab chiqaruvchiga maʼlum qiladi.
40. Murojaat tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boʻlinmasining vakolatli vakili, shuningdek, tarmoqlariga ulaniladigan tashkilotning vakili joyning oʻziga chiqib ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchining yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini, belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini, tayyorlangan ekspluatatsiya xodimlari va tegishli hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
41. Tekshirish natijalari boʻyicha bir kun muddatda ushbu Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha elektr qurilmalarini koʻzdan kechirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga topshiriladi.
42. Yakka tartibdagi uyda yashaydigan jismoniy shaxs hisoblangan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlarning bajarilishini tekshirish va elektr tarmoqlariga ulash tarmoqlar egasining vakolatli vakili tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boʻlinmasi vakili ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga “Oʻzenergoinspeksiya”ning ruxsatnomasini olish talab qilinmaydi.
43. Fikr-mulohazalar mavjud boʻlmagan taqdirda tekshirish dalolatnomasi asosida u rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boʻlinmasi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma beradi (ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan holat bundan mustasno).
44. Texnik shartlar talablari bajarilmasligi, elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda amaldagi normalar va qoidalardan chetga chiqilganligi, tayyorlangan ekspluatatsiya xodimlari va zarur hujjatlar mavjud emasligi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Boshqa sabablar boʻyicha elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgandan keyin elektr qurilmalarini ishlatishga ruxsatnoma berish takroriy murojaat tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
48. Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr tarmogʻi egasiga buyurtmanomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
5-bob. Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash, elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasini tuzish va yagona elektroenergetika tizimiga ulash
49. Ulash sxemasini tekshirish va ishlab chiqaruvchining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash yangidan ishga tushiriladigan energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalari ishga tushirilishiga ruxsatnoma olingandan keyin ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari, elektr energiyasining yagona sotib oluvchisi, tarmoqlariga ulaniladigan tashkilot, shuningdek, Byuro tomonidan ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bajariladi.
50. Yagona elektroenergetika tizimiga elektr energiyasini yetkazib berishga shartnoma ishlab chiqaruvchi bilan elektr energiyasining yagona sotib oluvchisi yoki uning roziligi bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tegishli boʻlinmasi — tarmoqlarning egasi oʻrtasida tuziladi.
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini isteʼmolchining elektr tarmoqlariga ulashda elektr energiyasi yetkazib berishda shartnoma tuzish tartibi ulash sxemasidan kelib chiqib bevosita texnik shartlarda belgilanadi.
51. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi turar joyini 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash elektr energiyasining yagona sotib oluvchisi bilan kelishgan holda tarmoqlar egasi va Byuroning vakolatli vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini yetkazib berishga shartnoma tuzish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash, shuningdek, hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalashda Byuro vakilining ishtiroki masalalarini elektr energiyasining yagona sotib oluvchisi bilan kelishish tarmoqlarning egasi tomonidan taʼminlanadi.
52. Elektr energiyasini yetkazib berishga shartnoma Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda Byuro, “Oʻzenergoinspeksiya” va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan namunaviy shakl boʻyicha tuziladi.
ushbu Reglamentning 38-bandiga muvofiq kelishilgan ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalarini ulashning ishga tushirish sxemasi;
ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan holatdan tashqari elektr qurilmalarini ishlatishga ruxsatnoma mavjud boʻlganda;
ishlab chiqaruvchining elektr energiyasini hisobga olish asboblari tekshirilgan va plombalanganda;
ushbu Reglamentning 52-bandiga muvofiq tuzilgan elektr energiyasi yetkazib berishga shartnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, loyihani yagona elektroenergetika tizimiga ulashni kelishish, energiya ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish, shuningdek, ishlab chiqaruvchining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi.
55. Ishlab chiqaruvchilarning energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentiga 1-ILOVA
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Harakatlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ishlab chiqaruvchi
Texnik shartlarni berish uchun tarmoqlar egasiga buyurtmanoma berish.
zaruratga koʻra
2-bosqich
“HET” AJ
(20 kVt dan 500 kVt ni ham oʻz ichiga oladigan quvvatga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchini ulashda)
Ulanishga buyurtmanoma nusxasini xabardor qilish uchun tizim operatoriga yuborish.
Tarmoqqa ulashni baholash uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.
uch kun mobaynida
“HET” AJ
(500 kVt dan ortiq quvvatga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchini ulashda)
Ulanishga buyurtmanoma nusxasini kelishish uchun tizim operatoriga yuborish.
Tarmoqqa ulanishni oʻrganish uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.
Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasini koʻrib chiqish, kelishish yoki asoslangan rad javobini “HET” AJga taqdim etish.
oʻn kun mobaynida
4-bosqich
Ixtisoslashtirilgan tashkilot
Tarmoqqa ulanishni oʻrganish yoki baholash va xulosani “HET” AJga taqdim etish.
bir yuz yigirma kun mobaynida
5-bosqich
“HET” AJ
Oʻrganish yoki baholash yakunlari boʻyicha berilgan xulosadagi takliflardan ulash variantini ishlab chiqaruvchi bilan kelishish.
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlarni berish.
xulosa olingan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida
6-bosqich
Maxsus loyiha tashkiloti
Ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash loyihasini ishlab chiqish.
Ulash loyihasini texnik shartlarni bergan tashkilotga va “Oʻzenergoinspeksiya”ga kelishish uchun yuborish.
shartnomada belgilangan muddatlarda
7-bosqich
Texnik shartlarni bergan tashkilot,
Oʻzenergoinspeksiya
Ulash loyihasini kelishish.
oʻn kun mobaynida
8-bosqich
Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr qurilmalarini ishlatadigan tashkilot
Ishga tushirish sxemasini tuzish.
Ishga tushirish sxemasini tarmoqlar egasi va tizim operatori bilan kelishish.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.
Ulanadigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini va belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish toʻgʻrisida “Oʻzenergoinspeksiya”ga va tarmoqlar egasiga murojaat yuborish.
ishlab chiqaruvchi
tomonidan belgilagan muddatlarda
9-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya” va tarmoqlar egasi
Tekshiruv oʻtkazish.
Belgilangan shakl boʻyicha tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish.
oʻn kun mobaynida
bir kunda mobaynida
10-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”
Tekshirish dalolatnomasi asosida ishlab chiqaruvchiga elektr qurilmalarini ishlatishga ruxsatnoma berish.
uch kun mobaynida
11-bosqich
Ishlab chiqaruvchi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot, tarmoqlar egasi va “Oʻzenergoinspeksiya”
Sinovlar oʻtkazish va foydalanishga topshirish.
Belgilangan shakl boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish.
tomonlar tomonidan kelishilgan muddatlarda
12-bosqich
Ishlab chiqaruvchi, tarmoqlar egasi, Byuro
Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi boʻyicha ulash sxemasini tekshirish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va elektr energiyasi yetkazib berishga shartnoma tuzish.
besh kun mobaynida
* 20 kVt dan 500 kVt ni ham oʻz ichiga oladigan quvvatga egalik qiluvchi ishlab chiqaruvchini ulashda chiqarib tashlanadi.
Izoh. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchini “IES” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ tarmoqlariga ulashda tizim operatoriga buyurtmanomalar nusxalari yuborilmasdan “HET” AJ bilan kelishish zarur.
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentiga 2-ILOVA
_____________________________________________ (ulanish moʻljallanayotgan elektr _____________________________________________ tarmoqlari egasiga)
ARIZA
____________________________________________________________________________________________ (yuridik shaxs uchun — ishlab chiqaruvchining nomi/jismoniy shaxs uchun F.I.O.)
_____________________________________________________________________ning elektr qurilmalarini Sizning elektr tarmoqlaringizga ulash uchun texnik shartlarni berishingizni soʻrayman.
1. Ishlab chiqaruvchini tavsiflaydigan maʼlumotlar:_________________________________________________
(quvvat va kutilayotgan
____________________________________________________________________________________________ yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish, texnik tavsiflar, pasport maʼlumotlari, ____________________________________________________________________________________________ joylashgan joyi (aholi punkti bilan bogʻliq holda kartografiya materiali), loyihalashtirish, ____________________________________________________________________________________________ qurish va foydalanishga topshirish muddatlari, ish rejimi va energiya tizimining ____________________________________________________________________________________________ sutkalik jadvalini tartibga solishda ishtirok etish imkoniyati).
2. Bir vaqtning oʻzida ____________________________________________________________________ davrida
(sutkalar, mavsumiy, energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni
_______________________________________________________ isteʼmolchi rejimida ishlashga ruxsat berish
taʼmirlash vaqtida va shu kabilar)
3. Isteʼmolchini tavsiflaydigan maʼlumotlar: isteʼmol qilinadigan quvvat _____ kVt; elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha elektr qabul qilgichlarning toifaviyligi: _______________.
Ishlab chiqaruvchi _____________________________________________________________________________
(F.I.O., ishlab chiqaruvchi vakolatli shaxsning lavozimi, imzosi)
Aloqa qiladigan shaxs: F.I.O. ________________________________________
telefoni: ____________________________
Izoh. 2-band isteʼmolchining rejimida ishlangan taqdirda toʻldiriladi.
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentiga 3-ILOVA
Elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish DALOLATNOMASI
ushbu Dalolatnomani ishlab chiqaruvchining murojaatiga (xatning raqami va sana) muvofiq ____________________________________________________________________________________________
(texnik shartlarni bergan tashkilotning nomi)
tomonidan 20____ yil “____” ____________da ______- raqami bilan berilgan texnik shartlarni bajarish doirasida ___________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning nomi, asosiy elektr qurilmalari roʻyxati, manzil)
1. Koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalari roʻyxati va tavsifi: ____________________________________________________________________________________________
(kabellar, simlarning turi, quvvati, kuchlanishi, soni, uzunligi, markasi va kesimi,
___________________________________________________________________________________________. liniyalar tavsifi va shu kabilar)
2. Oʻrnatilgan hisobga olish asboblari (oʻlchov komplekslari, hisobga olish tizimi):
____________________________________________________________________________________________ (oʻrnatish joyi, hisobga olish asboblari va oʻlchov transformatorlari turi, ____________________________________________________________________________________________ transformatsiya koeffitsiyentlari va boshqalar) ____________________________________________________________________________________________
3. Rele himoyasi, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi qurilmalari:
____________________________________________________________________________________________ (himoya turlari va avtomatika, asbob-uskunalar turlari va boshqalar) ____________________________________________________________________________________________
4. Koʻrik davomida taqdim etilgan hujjatlar:
____________________________________________________________________________________________ (hujjatlar nomi va rekvizitlari) ____________________________________________________________________________________________