1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlari asosida davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlarini berish, diplom va uning ilovasidagi axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ilgʻor xorijiy amaliyotda foydalaniladigan namunalar koʻrinishiga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari va ularning tavsiflari 1-ilovaga muvofiq;
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari ilovalarining davlat namunalari 2-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim muassasalarida beriladigan akademik maʼlumotnomaning davlat namunasi va tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari va ilovalarining davlat namunalari 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari hamda ushbu diplomlar ilovalari blankalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmalari asosida muhofazalangan maxsus qogʻozlarda tayyorlab berilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari, ularning ilovalari hamda akademik maʼlumotnoma blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari, ularning ilovalari hamda akademik maʼlumotnoma blankalari kompyuterda toʻldiriladi va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarga topshirish uchun (dublikat berish holatlari bundan mustasno) tekin tarqatiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uch oy muddatda bakalavr va magistr diplomlariga individual QR-kod qoʻyish tizimi hamda uning dasturiy taʼminoti ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Bunda, QR-kod tizimi hamda uning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Vazirlar Mahkamasining “1999/2000 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 1999-yil 2-iyundagi 282-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
607-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qaroriga 1-ILOVA
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari va ularning tavsiflari
I. BAKALAVR DIPLOMI
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr diplomi davlat namunasining
TAVSIFI
Bakalavr diplomining muqovasi tomonlari 148x210 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan toʻq havorang sunʼiy charmdan tayyorlangan koʻrinishga ega.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida BAKALAVR DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplomning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida besh xil: matn qismi uchun qora (S0 M0 Y0 K100) va toʻq havorang rang (S95 M55 Y16 K51), tasviriy elementlar uchun esa havorang rang (S31 M4 Y2 K0) va och havorangda (S19 M3 Y1 K0) bosiladi.
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 80x82 mm oʻlchovda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi havorang boʻyoqda (S23 M2 Y1 K0) tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och havorangdagi (S19 M3 Y1 K0) mayda milliy naqshlik fondan iborat. Sahifaning yuqori qismida fon ustidan 20 mm enlikda havorang (S31 M4 Y2 K0) hoshiya tushirilgan.
Diplomning ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BAKALAVR DIPLOMI” hamda “REPUBLIS OF UZBEKISTAN BACNELOR'S DIPLOMA” soʻzlari va V lotin harfi va olti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam toʻq havorangda (S95 M55 Y16 K51) muhrlanadi (bosiladi).
Imtiyozli diplomlar uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BAKALAVR DIPLOMI” va “REPUBLIC OF UZBEKISTAN BACHELOR'S DIPLOMA” soʻzlari pastiga oltin boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “IMTIYOZLI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yozilgan.
Har bir sahifaning ikki tomonidan sakkiz qirrali yulduz ichida yarim oy va besh qirrali yulduz oltin rangda tasviri joylashtiriladi. Sakkiz qirrali yulduzlar tomonlari 10x10 mm dan iborat boʻlgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan.
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi magistr diplomi davlat namunasining
TAVSIFI
Magistr diplomining muqovasi tomonlari 148x210 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan toʻq qizil sunʼiy charmdan tayyorlangan koʻrinishga ega.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida MAGISTR DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplomning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida besh xil: matn qismi uchun qora (S0 M0 Y0 K100) va toʻq kizil rang (S15 M100 Y75 K60), tasviriy elementlar uchun esa havorang rang (S1 M12 Y18 K0) va och havorangda (S0 M3 Y16 K0) bosiladi.
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 80x82 mm oʻlchovda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi qaymoqrang boʻyoqda (S1 M12 Y18 K0) tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och qaymoqrangdagi (S0 M2 Y10 K0) mayda milliy naqshlik fondan iborat. Sahifaning yuqori qismida fon ustidan 20 mm enlikda qaymoq rangdagi (S0 M2 Y10 K0) hoshiya tushirilgan.
Diplomning ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAGISTR DIPLOMI” hamda “REPUBLIS OF UZBEKISTAN MASTER'S DIPLOMA” soʻzlari va M lotin harfi va olti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam toʻq qizil rangda (S15 M100 Y75 K60) muhrlanadi (bosiladi).
Har bir sahifaning ikki tomonidan sakkiz qirrali yulduz ichida yarim oy va besh qirrali yulduz oltin rangda tasviri joylashtiriladi. Sakkiz qirrali yulduzlar tomonlari 10x10 mm dan iborat boʻlgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan.
Akademik maʼlumotnoma qatʼiy hisobotda turuvchi hujjatdir.
Uni qalbakilashtirish qonun boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Akademik maʼlumotnoma
TAVSIFI
Akademik maʼlumotnomaning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AKADEMIK MAʼLUMOTNOMA” soʻzlari yozilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, pastroqda lotin yozuvida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻzi, “shahar nomi”, “taʼlim muassasasi nomi”, “AKADEMIK MAʼLUMOTNOMA” soʻzlari yozilgan.
Akademik maʼlumotnoma “AKADEMIK MAʼLUMOTNOMA” soʻzning pastiga “VA” lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam muhrlanadi (bosiladi).
Akademik maʼlumotnoma 5 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;