1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, raqobatbardosh va eksport uchun moʻljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirish, yangi axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Milliy universitetining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) manbalari hisobiga saqlanadigan Universitet rektorining ilmiy konsultanti lavozimini joriy etsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Belgilansinki, Universitet rektorining ilmiy konsultanti mehnatiga haq toʻlash miqdori mos ravishda Universitet prorektorlari mehnatiga haq toʻlash bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga tenglashtiriladi.
(4 — 10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 09/19/603/3453-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)