1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotdan erkin foydalanishning zamonaviy va shaffof mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019-yil 1-avgustdan boshlab joylarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishni hamda ushbu qaror talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-iyul,
599-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 599-son qaroriga ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishning shaffof mexanizmini yaratish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha tarqatilmasdan turgan yerlar — qishloq xoʻjaligi maqsadiga moʻljallangan, fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslarga vaqtincha tarqatilmagan (zaxira yerlar) sugʻoriladigan yoki lalmikor ekin yerlar, bogʻzorlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa koʻp yillik mevali daraxtzorlar, boʻz yerlar, pichanzorlar, yaylovlar egallagan yerlar;
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
tuproq bonitirovkasi — qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻrtacha agrotexnika darajasida tuproqning sifatini va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini 100 ballik shkala boʻyicha qiyosiy baholash;
yagona elektron axborot markazi agroonline.uz dasturi (agroonline.uz dasturi) — Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 10-avgustdagi 645-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yagona elektron axborot markazining agroonline.uz dasturi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga moʻljallangan yerlar. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, boʻz yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boʻlinadi;
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hamda boshqa subyektlar;
3. Yer kadastriga doir axborot Oʻzbekiston Respublikasining davlat axborot resursi hisoblanadi va undan tegishli vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun moʻljallanadi.
4. Yer kadastriga doir axborotlar oʻzining shakliga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborot;
ochiq yer kadastriga doir axborot.
5. Foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborotga qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ajratilgan yer uchastkasiga oid axborot kiradi va ushbu axborotdan vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar foydalanadilar.
6. Ochiq yer kadastriga doir axborotga bugungi kunda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan tartibda vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi axborot kiradi va ushbu axborotdan vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanadilar.
2-bob. Yer kadastriga doir axborotni shakllantirish va yangilab borish
7. Quyidagilar yer kadastriga doir axborot shakllantirilishi uchun masʼul hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlari deb ataladi);
b) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Suv xoʻjaligi organlari deb ataladi);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Qishloq xoʻjaligi organlari deb ataladi);
g) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (keyingi oʻrinlarda fermerlar kengashlari deb ataladi).
8. Yer kadastriga doir axborotni agroonline.uz dasturi boʻyicha shakllantirish, yangilab borish va undan foydalanish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Yer kadastriga doir axborotda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
a) “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlari tomonidan:
yer uchastkasining yerdan foydalanuvchilari boʻyicha nomi, xoʻjalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari va turlari;
tuproqning unumdorligi (ball boniteti), sifat xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, ularning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari;
sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos orqali yetkazib berish usuli), ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, tomchilatib sugʻorishning joriy qilinganligi;
tuproqning meliorativ holati, yer osti suvlarining satxi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shoʻrlanganlik darajasini pasaytirish boʻyicha joriy yil va kelajakka moʻljallangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sugʻorish tarmoqlari va inshootlarini, nasos stansiyalarini kapital va joriy taʼmirlash dasturlari;
v) qishloq xoʻjaligi organlari tomonidan:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ekilishi belgilangan (ekinlarni joylashtirish rejasi, jumladan, asosiy, takroriy, oraliq va qator orasi) qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari boʻyicha, shu jumladan, urugʻlik ekinlari turlari;
mavjud bogʻlar, tokzor, tutzorlar va boshqa mevali daraxtzorlarning holati (intensiv usulda ekilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar);
mavjud chorva mollari va parrandalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, bosh soni, yoʻnalishi va ixtisoslashuvi), shuningdek, baliqchilik va asalarichilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlar (qaysi yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini tashkil etish taklifi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) fermerlar kengashi tomonidan:
fermer xoʻjaliklari yoʻnalishi (ixtisosligi), shu jumladan, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari;
faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, zarar bilan faoliyat yuritayotgan past rentabelli hamda oʻz faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanib yuqori rentabellik darajasiga erishgan fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
11. Taqdim etilgan yer kadastriga doir axborot yagona elektron axborot markazi tomonidan umumlashtirilgan holda uch ish kuni mobaynida vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytiga kiritish uchun elektron shaklda taqdim etib boriladi.
12. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) lar hokimliklariga axborotlar yagona elektron axborot markazidan yer kadastriga doir yangi axborot tushganidan soʻng uch ish kuni davomida oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini taʼminlaydilar.
Bunda:
yer kadastriga doir axborotdan ushbu Nizomga ilovada keltirib oʻtilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan foydalanish;
ochiq yer kadastriga doir axborotdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
13. Davlat siri hisoblangan yer kadastriga doir axborotni shakllantirishda “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi shart, bunda:
axborot maxfiylik darajasi boʻyicha shakllantirilgan, yer kadastriga doir ochiq axborotdan foydalanish yuqori darajada yengillashtirilgan boʻlishi;
axborot toʻliq va ishonchli tayyorlanishi, yer uchastkasining hozirgi holati aks ettirilishi, axborot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga mos boʻlishi kerak.
3-bob. Yer kadastriga doir axborotdan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish shartlari
14. Yer kadastriga doir axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) ushbu Nizomga ilovada keltirib oʻtilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etishda, qishloq xoʻjaligidagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqishda, qishloq xoʻjaligiga ilgʻor agrotexnologiyalarni, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda, yer hisobotini va davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirishda, qishloq xoʻjalik ekinlari va mevazorlar maydonlarida koʻchatlarning toʻliq ekilishi monitoringni olib borishda, qishloq xoʻjalik ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etishda, parvarishlanayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va mevazorlardan dastlabki kutilayotgan hosilni chamalashda, yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilishda, xoʻjalik faoliyatiga baho berishda, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tahlil qilishda;
suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha davlat, tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishda;
vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muomalaga kiritish, yerlardan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ushbu yerlar qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan tartibda berilishini tashkil etishda.
b) vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlarni oʻrganish, ushbu yerlarda paxta-gʻallachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va boshqa yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha;
yer uchastkasining joylashgan joyi, unga olib keladigan yoʻllar, yer turlari (sugʻoriladigan, lalmikor yerlar, haydaladigan yerlar, boʻz yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraxtlar) maydoni toʻgʻrisidagi;
tuproqning unumdorligi (ball bonitet) va shoʻrlanganligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, uning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari, sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos usuli), tuproqning meliorativ holati, yer osti suvlarining sathi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda.
4-bob. Yakunlovchi qoida
15. Ushbu Nizom talablari buzilganligida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Yer kadastriga doir axborotni shakllantirish, yangilab borish va foydalanish
I. Yer kadastriga oid axborotni agroonline.uz dasturi orqali shakllantirish va yangilab borish
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari
yer uchastkasining yerdan foydalanuvchilari boʻyicha nomi, xoʻjalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari va turlari;
tuproqning unumdorligi (ball boniteti), sifat xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, ularning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari;
sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos orqali yetkazib berish usuli), ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, tomchilatib sugʻorishning joriy qilinganligi;
tuproqlarning meliorativ holati, yer osti suvlarining satxi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shoʻrlanganlik darajasini pasaytirish boʻyicha joriy yil va kelajakka moʻljallangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sugʻorish tarmoqlari va inshootlarini, nasos stansiyalarini kapital va joriy taʼmirlash dasturlari.
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ekilishi belgilangan (ekinlarni joylashtirish rejasi, jumladan, asosiy, takroriy, oraliq va qator orasi) qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari boʻyicha, shu jumladan, urugʻlik ekinlari turlari;
mavjud bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa mevali daraxtzorlarning holati (intensiv usulda ekilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar);
mavjud chorva mollari va parrandalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, bosh soni, yoʻnalishi va ixtisoslashuvi), shuningdek, baliqchilik va asalarichilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlar (qaysi yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi korxonalari, tashkilotlar va muassasalar tashkil etish taklifi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
fermer xoʻjaliklari yoʻnalishi (ixtisosligi), shu jumladan, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari;
faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, zarar bilan faoliyat yuritayotgan past rentabelli hamda oʻz faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanib yuqori rentabellik darajasiga erishgan fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Doimiy har chorakda birinchi oyning 5 sanasiga yangilab boriladi
2-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yagona elektron axborot markazi
Yer kadastriga doir axborotni umumlashtiradi va vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga elektron shaklda taqdim etib boradi.
Har chorakda birinchi oyning 5-kunigacha yangilab boriladi
3-bosqich
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy veb-saytlari
Yer kadastriga doir axborot tushganidan soʻng oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi, bunda: foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborot, ochiq yer kadastriga doir axborotdan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning, shuningdek, ochiq yer kadastriga doir axborotdan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi imkoniyatini yaratadi.